talabiga ko‘ra alohida schyotda yig‘iladigan va sarflanadigan kapital qo‘yilmalarni
moliyalashtirish mablag‘lari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati
hisobga olinadi.
Korxonaning ajratilgan bo‘linmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi, alohida
xo‘jalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun ochilgan joriy
schyotlarda ushbu ko‘rsatilgan mablag‘larning harakati alohida schyotda aks ettiriladi.
5530-“Boshqa maxsus schyotlar” bo‘yicha analitik hisobni tashkil etish O‘zbekiston
Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul mablag‘larining
naqdligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Dostları ilə paylaş: