Kt 6920-«Hisoblangan foizlar» schyoti.
Foiz summasi bank muassasalariga o‘tkazib berilganda
Dt 6920-«Hisoblangan foizlar» schyoti,
Kt 5110-«Hisob - kitob» schyoti.
Bank kreditlarining analitik hisobi kredit turlari va kredit bergan banklar va alohida
muddatida qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha yuritiladi. Bank kreditlarining hisobi 4- jurnal
- orderda olib boriladi.
Korxonalarda ishchi va xizmatchilarga
yakka uy - joy qurish, dalabog‘ uylarini
qurish, ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha savdo tashkilotlari
bilan hisob - kitob qilish uchun banklardan kredit olish keng rivojlanmoqda. Bu
operatsiyalar bo‘yicha xodimlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar 4710-«Kreditga
sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» va 4720-«Berilgan qarzlar bo‘yicha
xodimlarning qarzi» schyotlarida yuritiladi. Bu schyotlar aktiv bo‘lib, debetida xodimlarga
berilgan qarzlar, kreditida ushbu qarzlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Bu operatsiyalar
quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi:
Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha topshiriq - majburiyatni to‘lash uchun bankdan
kredit olindi,
Dt 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi»,
Kt 6810 yoki 7810-schyoti.
Ishchi va xizmatchilar kreditga olingan tovarlar bo‘yicha o‘z qarzlarini qaytarganda,
Dt 5010 yoki 6710,
Kt 4710-schyoti.
Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha banklardan olingan qarz aytarilganda,
Dt 6810 yoki 7810,
Kt 5110-«Hisob - kitob schyoti» schyoti.
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi, dalabog‘ qurilishi uchun banklardan kredit
olinganda,
Dt 5010 yoki 5110,
Kt 6810 yoki 7810-schyoti.
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi va dalabog‘ uylarini qurish uchun kredit
berilganda,
Dt 4720-«Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi»,
Kt 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» yoki 5110-«Hisob-kitob schyoti»
schyotlari. Ushbu qarzlar qaytarilganda,
Dt 5010 yoki 6710,
Kt 4720-schyot.
Bankdan olingan qarz to‘langanda, Dt 6810 yoki 7810, Kt 5110-schyot.
Yuqorida aytib o‘tilgan
kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilarga foizsiz
kreditlar ham berilishi mumkin. Bu kreditlar qurilish, kapital ta’mirlash,
uy-joylarini
kengaytirish uy-ro‘zg‘orlari bilan ta’minlanish uchun korxonaning bo‘sh mablag‘lari
hisobidan beriladi. Bunday kreditlar berilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi
rasmiylashtiriladi:
Dt 4790-«Xodimlarning boshqa qarzi»,
Kt 5010 yoki 5110-schyot. Ushbu kreditlar qaytarilganda aksincha rasmiylashtiriladi.
Korxonalar boshqa korxona va tashkilotlardan qarz olishi mumkin. Qaytarish
muddatiga qarab bu kreditlar qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (bir
yildan ortiq muddatga) bo‘lishi mumkin. Korxonaning qarz beruvchilar bilan bo‘ladigan
hisob-kitob operatsiyalari 6820-«Qisqa muddatli qarzlar» va 7820-«Uzoq muddatli
qarzlar» schyotlarida hisobga olinadi.
Bu schyotlar passiv bo‘lib, mamlakat ichidagi va xorijdagi qarz beruvchilardan davlat
va xorijiy valyutalarda olingan kreditlar va boshqa jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha hisob-
kitoblar holati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Bunday qarzlar olingan vaqtda
Dt 5110, 5210 – schyotlar,
Kt 6820 va 7820-schyotlari. Bunday qarzlar qaytarilganda aksincha provodkalar
beriladi. Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar, xususan
aksiyalar, obligatsiyalar chiqarib sotish yo‘li bilan chetdan mablag‘lar jalb qilish,
shuningdek berilgan veksellar bo‘yicha qarzlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar 6830-
«To‘lanadigan obligatsiyalar», 6840-«To‘lanadigan veksellar», 7830-«To‘lanadigan
obligatsiyalar» va 7840- «To‘lanadigan veksellar» schyotlarida hisobga olinadi.
Bu schyotlar passiv bo‘lib qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar
chiqarib sotilsa yoki
veksellar berilsa,
Dt Pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar,
Kt 6830 yoki 6840- schyotlar.
Qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga
Dt 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti,
Kt 6920-«Hisoblangan foizlar» schyoti.
Ushbu foizlar to‘lansa
Dt 6920- schyoti,
Kt 5010, 5110- schyotlari.
Dostları ilə paylaş: