15. Qishloq joylarini rivojlantirish va diversifikasiyalashga, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosat



Yüklə 24,07 Kb.
tarix16.12.2022
ölçüsü24,07 Kb.
#75505
15 amaliy mashg'ulot


15.Qishloq joylarini rivojlantirish va diversifikasiyalashga, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosat
Reja:
Qishloq joylarini rivojlantirish va diversifikasiyaash siyosati. 2. Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish yo’nalishlari va ko’rsatkichlari.
3..Qishloq joylarida infratuzilmani rivojlantirish dasturi.

Keysning nomi: “O’zbekistonda aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arish ko’rsatkichlari”.


Keysning maqsadi: Talabalarda aholi pul daromadlarini bilish, ularni mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining muhim ko’rsatkichi ekanligi ko’rsatish, iste’mol va jamg’arma darajasini belgilab beruvchi omillar, ularni amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Talabada iqtisodiy ko’rsatkichlarni topish va tahlil qilish ko’nikmasini rivojlantirish..
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
Aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arma tushunchalarini iqtisodiy mazmunini aniqlaydilar;
So’nggi besh yil uchun ishlab chiqarish va daromad darajasi, YaIM (real daromad), iste’mol, jamg’arma ko’rsatkichlarni aniqlaydilar;
Yillar kesimida iste’molga va jamjamg’arishga o’rtacha moyillikni, me’yoriy moyillikni hisoblaydilar.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak:
iste’mol, shaxsiy daromad, real daromad, jamg’arish, iste’molga o’rtacha moyillik, iste’molga me’yoroiy moyillik, jamg’arishga o’rtacha moyillik, jamg’arishga meyoriy moyillik.
Talaba amalga oshirishi kerak:
- mavzuni mustaqil o’rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; ishlab chiqarish va daromad darajasi, YaIM (real daromad), iste’mol, jamg’arma ko’rsatkichlarni topadi; ma’lumotlarni taqqoslaydi; daromad nuqtasini aniqlaydi; o’z nuqtai nazariga ega bo’lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o’quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Talaba ega bo’lmog’i kerak:
kommunikativ ko’nikmalarga; taqdimot ko’nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko’nikmalariga; raqamlarni tahlil qilish va formulalar bilan ishlash ko’nikmalariga.

Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:


Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, topshiriqli bo’lib, aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arma ko’rsatkichlari asosida bayon etilgan.
Keysning asosiy obyekti shaxsga yo’naltirilgandir.
Bu tashkiliy institusional keys bo’lib, ma’lumotlar, topshiriqlar va savollar asosida tuzilgan.
Hajmi o’rtacha, tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan o’quv mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan.
Didaktik maqsadlarga ko’ra keys iqtisodiy ko’rsatkichlarni, raqamlarni topishga, ularni taqqoslashga, tahlil qilishga, formulalar bilan ishlashga va baholashga qaratilgan.

KEYS – STADI


O’zbekistonda aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arma ko’rsatkichlari
Kirish
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Milliy mahsulot harakat shakllari ichida milliy daromad ahamiyatli o’rin tutib, u aholi farovonligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arish ko’rsatkichlarining tahlili, uning darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, iste’mol va jamg’arma darajasini belgilovchi omillar, shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi, shaxsiy daromadning jamg’armaga ketadigan ulushi iqtisodiy fanlarni o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: «Iqtisodiyotimizning jadal va mutanosib rivojlanib borayotgani aholi hayot darajasi va sifatini izchil oshirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar hajmi o’tgan yili 23,2 foizga oshdi. Aholining jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlar esa 10,2 foizga ko’paydi. Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu boradagi ko’rsatkich 10,6 foizdan 52 foizga o’sdi. Bu Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlaridagi eng yuqori ko’rsatkichlardan biridir. Bu haqda so’z yuritganda, sobiq ittifoq hududidagi boshqa mamlakatlardan farqli ravishda, O’zbekistonda daromadlar darajasi bo’yicha aholining keskin tabaqalanish holati mavjud emasligini alohida ta’kidlash lozim. 
Eng ko’p va eng kam daromad oladigan aholi o’rtasidagi farq 2000 yildagi 53,3 barobardan bugungi kunda 7,8 barobarga tushdi. Bu o’rinda jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning mezoni hisoblangan bu ko’rsatkich xalqaro me’yorlarga ko’ra, 10 barobar qilib belgilanganini aytib o’tish lozim. Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng foydalaniladi. Misol uchun, O’zbekistonda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko’rsatkichi 0,40 dan 0,296 ga pasaydi. Bu natija, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan xalqaro standartlar nuqtai nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy farovonligi muttasil o’sib borayotganidan dalolat beradi. Odamlarning daromadlari ortishi bilan oilalarning moddiy ahvoli ham sifat jihatdan o’zgarib bormoqda. Tadqiqotlarga qaraganda, bugungi kunda yurtimizdagi oilalarning 94 foizi xolodilniklar, 84 foizi turli oshxona elektr jihozlariga, 63 foizi kir yuvish mashinalari, yarmidan ko’pi kompyuter, changyutgich, mikroto’lqinli pechlarga ega, uchdan bir qismi esa kondisionerlardan foydalanmoqda. Mustaqillik yillarida aholining televizorlar bilan, ayniqsa, mutlaqo yangi avlod televizorlari – plazma ekranli rangli televizorlar bilan ta’minlanishi 1,6 barobar, yengil avtomobillar bilan ta’minlanishi 3,5 marta oshgani ham oilalarimizning farovonligi yuksalib borayotganining yaqqol tasdig’idir. Bugungi kunda deyarli har ikki oiladan biri shaxsiy transport vositasiga ega va bu mashinalar aynan yurtimizda ishlab chiqarilgani barchamizga mamnuniyat va g’urur bag’ishlaydi.Keys stadi”ga asoslanagan o’qitish texnologiyasining asosiy maqsadi ham talabada aholi real daromadlari, iste’moli va jamg’arish ko’rsatkichlari haqidagi fikrlarini rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vazifalarni bajarish jarayonida o’rganilgan o’quv mavzusi bo’yicha bilimlarni mustahkamlashga, ko’rsatkichlarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko’nikmalarini egallashga, ijodiy va o’rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo’yicha aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arma haqida bilim va va ularni topish, taqqoslash ko’nikmalarga ega bo’lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko’nikmalarni qayta topshirish;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;
o’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.

AHOLI REAL PUL DAROMADLARI, ISTE’MOLI VA JAMG’ARMA KO’RSATKIChLARI


Milliy mahsulot harakat shakllari ichida milliy daromad ahamiyatli o’rin tutib, u aholi farovonligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg’arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi.
Talabalar uchun topshiriqlar

topshiriq: Yuqorida ko’rsatib o’tilgan manbalardan foydalangan holda jadvalni to’ldiring


2-topshiriq: O’zbekistonda aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’armalarining o’zgarishini foiz hisobida topish va jadvalni to’ldirish.





Ko’rsatkichlar



Yillar

2009

2010

2011

2012

2013

2016

Real pul daromadlari



















Iste’mol sarflari



















Jamg’armalari



















Topshiriqni bosqichma – bosqich hal etish va tahlil qilish bo’yicha talabalarga uslubiy ko’rsatmalar
Talabalarga yo’riqnoma

Ish bosqichlari

Maslahatlar va tavsiyanomalar.

1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish

Avvalo keys bilan tanishing. “Aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arma ko’rsatkichlari” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o’qib chiqish lozim. O’qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang.

2. Berilgan topshiriq bilan tanishish

Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o’qib chiqing. Siz uchun muhim bo’lgan satrlarni belgilang. Bir abzasdan ikkinchi abzasga o’tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o’qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo’ying. topshiriq tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu topshiriqda “Hozirgi paytda aholi real daromadlarini oshirish, iste’mol va jamg’arishga moyilligi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini ko’rsatuvchi muhim omil ekanligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart sharoitlarini aniq ko’rsatkichlar yordamida aniqlashtirilishi lozimligi, bu ko’rsatkichlarning tahlili mamlakat iqtisodiy barqaror rivojlanayotganligini ko’rsatuvchi omil ekanligi aniqlang.

3. Topshiriqni bajarish

Topshiriqlar va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
Birinchi topshiriq: Real daromad, iste’mol va jamg’arma ko’rsatkichlarini jadval bo’yicha ishlashi.
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.
Iste’molchilik sarflari deganda nimani tushunasiz?
Shaxsiy daromad nima?
Jamg’arish deganda nimani tushunasiz?

Ikkinchi topshiriq: O’zbekistonda aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’armalarining o’zgarishini foiz hisobida topish va jadvalni to’ldirish.


Aholi real daromadlari deganda nimani tushunasiz?

2. Iste’mol sarflari va jamg’armalarini belgilab beruvchi omillar.


Birinchi va ikkinchi topshiriqlar nimani topishga qaratilganini aniqlang. Topshiriqning asosiy mazmunini ajratib oling. Sizdan qanday makroiqtisodiy ko’rsatkich so’raliyotgani aniqlang, uni topish yo’llarini toping va eng maqbulini ko’rsating.



4. Topshiriqni yechish usul va ma’lumotlarni jadvalga kirgizish

Ushbu topshiriqdagi jadvalni to’ldirish uchun statistik ma’lumotlarni toping haqqoniyligini tekshiring va jadvalni to’ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting

Keys. Iste’mol narxlari indeksi.


AQSh iste’molchilari narx industrial inflyasiyasi ko’rsatkichlaridan biri bo’lib hisoblanadi va iste’mol mahsulotlari va hizmatlari darajasini o’lchash bilan o’lchanadi. Ko’rsatkichlar har oyda AQSh mehnat Departamenti statistika idorasi tomonidan 1919 yildan beri nashr qilinadi. Indeks keng iste’mol mollari narxining o’zgarishlarini kuzatish asosida, shaxarlarga yaqin joylarda, iste’molchilarning o’rta daromadlariga qarab hisoblanadi. Oyning oxirida chop etilgan yetakchi ko’rsatkichlar AQSh ning keng tarqalgan inflyasiyasini o’lchash usullaridan biri bo’lib hisoblanadi, ammo bunday indeks nafaqat umum narx indeksi sifatida balki xayot darajasini aniqlash usuli bo’lib xizmat qiladi.

Savollar.


INI va YaIM deflyatorini solishtiring.
INI hisoblashdan maqsad nima.

Keys. YaIM va yashash darajasi.


Asosiy savolimiz: YaIM axolining turmush darajasini o’lchashning yetarli usulimi? Ko’p hollarda YaIM statistikasiga asosan iqtisodiy holat yaxshilangan ko’rinsada, ko’pchilik aholi hayotida bu narsa sezilmayapti. Bundan tashqari YaIM o’sishiga diqqat qaratish kuchli qarshilikka olib kelmoqda. Siyosiy liderlar iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishni o’zlarining vazifalari deb bilidilar. Shu bilin birgalikda axoli ulardan xavoni ifloslantirishga qarshi kurashishi va shovqini kamaytirishga ,suvning sifatini oshirishni talb qilmoqdalar. Shu bilin birgalikda bu maqsadlarga yo’naltirilgan tadbirlar YaIMning kamayishiga olib kelishi mumkun.

Savollar.


Axoli turmush darajasini o’lchashning ko’rsatkichi sifatida YaIM ko’rsatkichlarining nomukammaligi nimada?
Ba’zi mamlakatlar (masalan Avstraliya,Koreya) o’zining statistikasiga “yashil YaIM” ko’rsatkichini joriy qilishini sababi nimada?


Yüklə 24,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin