1. To’gri ma’lumot berilgan javobni aniqlang. A topinambur suttikandoshchalar oilasiga kiradi



Yüklə 19,96 Kb.
tarix21.04.2022
ölçüsü19,96 Kb.
#55900
Botanika saralash testt


1.To’gri ma’lumot berilgan javobni aniqlang.

A) Topinambur suttikandoshchalar oilasiga kiradi.

B) Baobab sho’radoshlar oilasiga kiradi

C) Tikan daraxt gledichiya deb ham nomlanadi.

D) Nor piyoz, Suvorov piyozi, Oshanin piyozi xushmanzara tur hisoblanadi.
2. Arxegoniyga ega 2uylik o’simliklarni ko’rsating.

1) dala qirqbo’g’imi gametafiti; 2) oddiy qarag’ay; 3) archa; 4) funariya; 5) zuhrasoch gametafiti; 6) terak; 7) turkiston ismalog’I; 8) gazanda; 9) sershox qirqbo’g’im gametafiti; 10)tol

A) 2,5,8 B) 2,4,5 C)3,10 D)2,3,9
3. Suttikandoshchalar oilachasiga mansub o’simliklardan nechta turkum keltirilgan?

1) kakra; 2) qora jusan; 3) andiz; 4) qoqio’t 5) maxsar; 6) karrak; 7) topinambur;

8) bo’yimadaron

A) 6ta B) 5ta C) 3ta D) 4ta

4. Floemaning o’tkazuvchi to’qima (a) va ksilemaning mexanik to’qima (b) tarkibiy qismlarini aniqlang.

1) o’tkazuvchi nay; 2) yo’ldosh hujayralar; 3) lub tolalari; 4) traxeidlar; 5) yog’ochlik tolalari; 6) elaksimon naylar

A) a-6; b-4 B) a-3; b-1 C) a-3; b-5 D) a-2; b-5
5. Ko’sak meva hosil qiladigan oddiy (a) va murakkab (b) gulqo’g’onga ega o’simliklarni aniqlang.

1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak;

4) lola; 5) bangidevona 6)go’za

A) a- 2,3,4; b- 1,6 B) a-1,3,4; b- 5,6

C) a-3,4; b-1,5,6 D) a- 2,3; b- 5,6
6. Funariyaning boshqa yuksak sporali o’simliklardan farqini aniqlang.

1) jinsiy bo’g’inda rizoidlarining bo’lishi; 2) o’tkazuvchi to’qimaning rivojlamaganligi; 3) hayotida jinsiy bo’g’in ustunlik qilishi; 4) sporadan shoxlangan yashil ipchalarni hosil bo’lishi; 5) gametafitning poya-bargli bo’lishi; 6) zigotadan jinssiz bo’gin boshlanadi; 7) urug’lanishning suvda amalga oshishi.

A) 1,3 B) 5,6 C) 2,4 D) 6,7
7. Loladoshlar oilasiga kiradigan o’simliklarning mevasiga mos keladigan to’g’ri fikrni aniqlang.

A) Ko’sak meva, ko’p urug’li, chatnamaydi.

B) Urug’lari mevapallaga birikib turadigan, dukkak meva.

C) Ko’p urug’li ho’l yoki quruq meva.

D) Rezavor meva yoki bitta meva bargdan hosil bo’lgan ko’sak meva
8. O’simliklarning meva nomlari to’g’ri juftlangan javobni aniqlang.

1) no’xot qo’zog’i; 2) bangidevona ko’sagi; 3) tarvuznin rezavor mevasi; 4) qovunning qovoq mevasi; 5) lavlagining ildiz mevasi; 6) nokning olma mevasi

A) 1,4,6 B) 1,4,5 C) 2,4,6 D) 2,3,6
9. Zuhrasoch qirqqulog’ining sporofiti uchun mos javobni aniqlang.

A) jinsiy bo’g’in hisoblanadi, zigota hosil qiladi

B) sporadan rivojlanadi, tuxum hujayra hosil qiladi

C) spora hosil qiladi, poya-bargli o’simlik

D) rizoidli o’simlik, zigota hosil qiladi
10. Poya-bargli yo’sinlar va nemalion uchun umumiy xususiyatlarni aniqlang.

1) fotosintez jarayoni xloroplastda sodir bo’ladi; 2) jinniz ko’payish kuzatiladi; 3) rizoidga ega; 4) ko’p hujayralari arxegoniyga ega; 5) o’tkazuvchi sistemasi rivojlanmagan; 6) vegetativ organlarga ega; 7) jinsiy ko’payishi gametalar orqali kichadi; 8) urug’lanish suv ishtirokida boradi.

A) 2,4,7 B) 3,4,6 C) 1,3,8 D) 2,5,8

11. Gledichiya va archa uchun umumiy bo’lgan tushunchalarni aniqlang.

1) murtak; 2) murtak xalta; 3) urug’; 4) xloroplast; 5) urug’kurtak; 6) tuguncha

A) 2,4,6 B) 1,5,6 C) 2,3,4 D) 1,3,5


12. Quyidagicha tuzilishga ega to’pgullar qaysi o’somliklarga xos?

A) 1-kakra; 2- shashir; 3- sachratqi

B) 1- petrushka; 2- qoqio’t; 3- arpa

C) 1-kungaboqar; 2- shivit; 3- bug’doy

D) 1-javday; 2- bodiyon; 3- qora jusan
13. Ochiq urug’lilar bo’limi (a), bir urug’ pallalilar sinfi (b) va ikki urug pallalilar sinfi (c) ga mansub o’simliklarni aniqlang.

A) a- matur; b- tak-tak; c- qora jusan

B) a- sekvoyadendron; b- qarag’ay; c- tamaki

C) a- ginko biloba; b- qo’ng’irbosh; c- yasmiq

D) a- pixta; b- yasmiq; c- soya
14. “ Dengiz karami” qanday belgilari bilan karamdan farq qiladi?

1) hujayrasi selluloza qobig’iga ega; 2) vegetativ organlarga ega; 3) fotosintez jarayoni xlorofill ishtirokida sodir bo’ladi; 4) sporalari orqali jinssiz ko’payadi; 5) tuban o’simlik; 6) urug’ orqali jinsiy ko’payadi

A) 4,5 B) 1,2 C) 2,5 D) 3,6
15. Xato fikrlar berilgan javobni aniqlang.

1) suv o’tlardan qoplovchi va mexanik to’qima rivojlangan; 2) ulotriks va laminariya zoosporalari orqali jinsiy ko’payadi; 3) bir hujayrali suvo’tlarda fotosintez va xemosintez amalga oshadi; 4) yapon laminariyasini hayot siklida gametalar hosil bo’ladi; 5) suvo’tlarda zoosporalar juft-juft bo’lib qo’shillib zigota hosil qiladi; 6) fillofora va porfira qizil suvo’tlarga mansub; 7) ulva yashil suvo’tlarga mansub

A) 3,6,7 B) 1,2,5 C) 1,4,6 D) 4,5,7

16. Poyasi yon hosil qiluvchi to’qimaga ega bo’lgan (a) va ega bo’lmagan (b) ko’p yillik o’simliklarni aniqlang.

1) qora ituzum; 2) baobab; 3) saksavul; 4) xolmon; 5) besh yaproqli partenosissus; 6) gledichiya 7) g’umay; 8) bosh piyoz

A) a- 2,3,5; b- 4,7,8 B) a-1,4,7,8; b-2,3,5,6

C) a- 2,3,5,8; b-1,4,7,6 D) a- 1,3,7,8; b-2,4,5,6
17. Kladaforaga xos bo’lmagan xususiyatlarni to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.

1) yuksak o’simliklarning tubani; 2) tuban o’simlik; 3) o’sish davrida hujayralari to’xtovsiz bo’linib turadi; 4) qo’ng’ir suv o’t bo’limiga mansub; 5) yirik tallomi shoxlangan; 6) sporofillari sporongiybandda joylashgan

A) 2,4,5 B) 1,3,6 C) 2,3,5 D) 1,4,6
18. Porfira (a), yapon laminariyasi (b), ulva (c) qaysi suvo’tlar bo’limiga mansub?

1) qo’ng’ir 2) qizil; 3) yashil

A) a-3; b-2; c-1 B) a-1; b-3; c-2

C) a-2; b-1; c-3 D) a-1; b-2; c-3


19. Qora ituzum va g’umay uchun umumiy bo’lgan tshunchalarni aniqlang. 1) murtak; 2) 2jinsli gul; 3) qo’sh urug’lanish; 4) yonbargcha; 5) gajak to’p gul; 6) oddiy gulqo’rg’on

A) 2,4,5 B) 1,2,3 C) 3,4,6 D) 1,5,6


20. Qarag’ay toifa o’simliklar bo’limiga mansub o’simliklarni aniqlang.

1) gingko biloba; 2) qarag’ay; 3) sharq sauri; 4) kuksoniya; 5) buk; 6)psilofit; 7) kordait; 8) sekvoyadendron; 9) zuhrasoch; 10) virgin archasi

A) 2,3,9,10 B) 3,4,5,8 C) 1,3,7,8 D) 2,5,6,10
21. G’umayning sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang. a) turkum; b) oila; c) sinf; d) bo’lim. 1) g’umay; 2) jo’xori; 3) boshoqdoshlar; 4) lolasimonlar; 5) bir urug’ pallalilar; 6) magnoliyatoifa; 7) magnoliyasimonlar

A) a-2, b-3, c-5, d-7

B) a-2, b-3, c-4, d-6

C) a-1, b-3, c-6, d-5

D) a-1, b-3, c-5, d-6
22. Qaysi javobda ro’vak to’pgulli o’simliklar to’g’r ko’rsatilgan?

1) shuvoq; 2) sholg’om, 3) terakbargli liftok, 4) rediska, 5) sholi; 6) partenosissus; 7) qashqarbeda; 8) qamish

A) 1,4,5,6 B) 3,5,6,8 C)1,2,5,6 D)1,6,7,8
23. Spora bilan ko’payuvchi o’simliklarda jinsiy ko’payish a’zosi- arxegoniyda…

A) spora yetiladi B) zoospore yetiladi

C) tuxum hujayra hosil bo’ladi

D) spermatazoid hosil bo’ladi


24. Shakli o’zgargan novdalarni aniqlang. 1) g’umay ildizpoyasi; 2)bodring gajaki; 3) sholg’om ildizmevasi; 4) behining guli; 5) no’xotning gajaklari; 6) qirqbo’g’imning sporofili;7) akatsiyaning tikani

A)1,2,4 B) 1,4,7 C)1,5,7 D) 2,3,6


25. Quyidagi o’simliklarning to’pgullariga xos xususiyatlar to’g’ri juftlab ko’rsatilgan javobni belgilang.

a) zubturum; b) piyoz

A) a-gullar bir xil uzunlikdagi bandi bilan gulpoyaning uchki qismiga joylashgan; b-mayda gular uzun gulpoyada bandsiz joylashgan

B) a- yo’g’on va uzun gulpoyada bandsiz gular joylashgan; b- boshoqqa o’xshash lekin asosiy gulpoya osilib turishi bilan farqlanadi

C) a- mayda gular uzun gulpoyada bandsiz joylashgan; b- gular bir xil uzunlikdagi bandi bilan gulpoyaning uchki qismiga joylashadi

D) a- mayda gular uzun gulpoyada bandsiz joylashgan; b- yo’g’on va uzun gulpoyada bandsiz gular joylashgan


26. Ikki uyli o’simliklar keltirilgan qatorni aniqlang.

1) turkiston ismalog’i; 2) terak; 3) gazanda; 4) makkajo’xori; 5) tol; 6) o’rik

A) 4,6 B) 1,2,4 C) 3,5 D) 2,6
27. Barglari poyada qarama-qarshi joylashgan ko’p yillik o’tlar (a) va butalar (b) ni aniqlang.

A) a-shirinmiya, kiyiko’t; b-ligustrum, sebarga

B) a- ligustrum, kiyiko’t; b- nastarin, maymunjon

C) a- yalpiz, kiyiko’t; b-ligustrum, nastarin

D) a- rayhon, kiyiko’t; b-ligustrum, nastarin
28. Maturning sistematik birliklari to’g’ri berilgan javobni belgilang.

1) loladoshlar oilasi; 2) bir urug’ pallalilar sinfi; 3) piyozdoshlar oilasi; 4) ikki urug’ pallalilar sinfi; 5) magnoliyatoifalar bo’limi 6) qarag’aytoifalar bo’limi

A) 3,2,5 B) 1,2,6 C) 1,4,6 D) 3,4,5

29. Qalqoncha to’pgul hosil qiladigan o’simliklar va ular mansub oila to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.

A) o’tloq sebargasi, beda – burchoqdosh

B) behi, na’matak, gilos - ra’nodosh

C) gilos, olcha, nok – ra’nodosh

D) olma, gilos, nok – magnoliyasimon


30. Baobab qaysi bo’lim (a), kamxastak qaysi sinf (b) ga mansub?

A) a- lolasimonlar; b- magnoliyasimonlar

B) a- ikki urug’pallalilar; b- lolasimonlar

C) a- magnoliyatoifalar; b- magnoliyasimonlar



D) a- magnoliyatoifa; b- lolasimonlar
Yüklə 19,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin