3. Federal zaxira tizimining monetary instrumentlari FZTning tashkiliy tuzilishi: Federal Rezerv Aktini yozganlar xususiy sektor va xukumat, bankirlar, tijoratchilar o‘rtasida mintaqaviy to‘siqlarni tarqatib yuborishni maqsad qilishgan edi. Kuchlarning dastlabki tarqalishi FZTning quyidagi subyektlarni o‘z ichiga olishiga olib keldi: FZT banklari, FZT direktorlar kengashi, Federal ochiq bozorlar qo‘mitasi (FOBQ), Federal maslahat kengashi va 2500 atrofidagi a’zo banklar.
Federal Rezerv maqsadi
Uchta asosiy maqsadni belgilab qo'ydi Federal zaxira to'g'risidagi
Bandlikni maksimal darajaga ko'tarish,
Narxlarni barqarorlashtirish va
Uzoq muddatli foiz stavkalarini mo'tadil qilish.
Nazorat va tartibga soluvch
Moliya tizimining barqarorligini saqlash
Moliyaviy xizmatlarni ko'rsatish
Iqtisodiyot bo'yicha tadqiqotlar olib boorish
O‘n ikkita FZB quyidagi funksiyalarni bajaradi
Cheklarning kliringi;
Yangi naqd pul emissiyasi;
Eskirgan pullarni muomaladan chiqarish;
O`z viloyati banklariga diskont ssudalarni berilishi va ularni boshqarmasi;
Banklarning uyushmasi va ularning faoliyatini kengaytirish borasidagi takliflar baxosi;
Biznes vakolatchilari va FZT o`rtasidagi vositachilik;
Bank xolding kompaniyalari va ma’muriyat vakolati bilan shtat bank-ishtirokchilarining nazorati
Biznes olib borilishi ma’lumoti haqidagi shartlarni yig`ilishi;
Monetar siyosatni olib borish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqilishi uchun professional iqtisodchilarni ishlatilishi;
FZTni 7ta ishtirokchidan tashkil topgan, Boshqaruv Kengashi boshqaradi Vashingtonda shtab kvartirasi joylashgan. Xar bitta boshqaruvchi AQSH prezidenti orqali tayinlanib Senat tomonidan tasdiqlanadi. Prezident nazoratini FZTustidan cheklash maqsadida va ularni boshqa siyosiy ta’sirlaridan cheklash uchun, boshqaruvilar 14 yillik uzaytirilmaydigan muddat bilanishlaydilar, shunda xar bir boshqaruvchining muddati har yanvarda tugaydi. Boshqaruvchilar (ko`pchiligi iqtisod mutaxassislari) Federal zaxiraniturli xil viloyatlarini taqdim etishlari kerak. Bir viloyat ikkinchisi ustidan nazorat qilolmasligi uchun. Boshqaruv Kengash Raisi 7ta boshqaruvchi ichidan saylanib, keyingi 4yil davomida shu lavozimni egallaydi. yangi Rais tayinlanishi bilan, eski Rais faoliyati tugash muddati kelmagan bo`lsa ham, kengashdan ketishi zarur.
FZT nafaqat AQSHda balki butun dunyo bo`yicha eng katta iqtisodchilar shtatiga ega. Tadqiqotchi - iqtisodchi shtati 1000ga yaqin odamdan iborat bo’lib, yarmidan ko`pi iqtisodchilar. Ulardan 500tasi iqtisodchi bo’lib, 250tasi boshqaruv Kengashida, 100tasi Nyu-York FZBda, qolganlari boshqa FZBlarida ishlaydilar.