9-Mavzu: Pap’e – mash’e usulidan sabzavot va mevalar,o’yinchoqlar tayyorlash
Reja:
1.PAPYE-MASHYE USULIDA O'YINCHOQLAR YASASH
2. Papye-m ashye usulida «lagan» yasash
Papye-mashye so'zi fransuz rassomining ism va familiyasidir. Rassom birinchi bo'lib xamir va qog'ozni aralashtirib plastilinga o'xshash massa hosil qilgan, bu massani qo'lda g'ijimlash orqali tayyorlanadi. Tayyorlash usuli quyidagicha: 1 qavat o'rov qog'ozi yoki gazetaga oldindan tayyorlangan suyuq xamirni surib chiqamiz va xam ir surilgan qog'ozni qo'lim izda g'ijimlab maydalab bir xil massa bo'lguncha ezg'ilaymiz. Tayyor bo'lgan massani bo'laklarga bo'lib xohlagan o'yinchoqni yasashimiz mumkin. O'yinchoq yasash davomida barcha haykaltaroshlik usullaridan foydalanishimiz mumkin bo'ladi. G'ijimlash usuli orqali ko'pincha archa bezaklari yasaladi. Bunda yasalayotgan o'yinchoq ichiga sim dan ilgak joylashtiriladi. Yasalgan o 'y in ch o q qurigandan so'ng qum qogoz bilan ishqalanib, silliqlanadi. So'ngra oq guash yoki tish pastasi bilan bo'yab olinadi. Qurigandan so'ng akvarel bo'yoq bilan bo'yaladi va ustidan lak beriladi. Bu usul orqali sabzavotlar, mevalar, hayvon, parrandalar, qushlar, gullar va boshqa narsalarni yasash mumkin. Papye-m ashye usulida «lagan» yasash Hozir papye-mashye usulida lagan yasashni ko'rib chiqamiz. Suvni yaxshi shimadigan ikki xil rangdagi yupqa qog'ozni olib. uni mayda bo'lakchalarga bo'lamiz va yelim, suv tayyorlab olamiz. Lagan sirtiga vazelin yoki moy surtiladi. Oq yupqa qog'oz bo'laklarini suvga botirib lagan ustiga tekis qilib suv bilan yopishtiramiz. Navbatdagi qog'oz qavati esa, boshqa oq rangdagi qog'oz bo'- laklaridan yelimlanadi. Bu o'z navbatida qog'oz qavatlarini yanglishib ketishdan saqlaydi. Bu holat 6—7 m arotaba takrorlanadi, oxirgi qavatni yopishtirish oq rangdagi qog'oz bilan tugatilishi kerak. So'ng 3—4 kun yasalgan buyum yaxshilab quritilgandan keyin sirtidagi qog'oz qolip ajratib olinadi. Qolipning ichki qismini tekislab, unga xohlagan nusxani, masalan, g'o'za guli va boshqalami chizamiz.
Dostları ilə paylaş: |