O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligi Xo’jayli tumani tuman Pedagogika kolleji “Badiiy ijodiy faoliyat” fanidan uslubiy qo’llanma
1-Mavzu: Qog’oz va karton turlari. Qog’oz va kartonlardan trafat, shablon va muxr tayyorlash texnikasi. REJA: 1. Qog’oz turlari. 2. Qog‘oz va kartonni qayta ishlash jarayonida trafaret, shablon va muhr tayyorlash tcxnikasi. Qog'oz va kartondan faqat poligrafiya sanoatidagina emas, balki xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida keng foydalaniladi. Sellyuloza qog'oz sanoati qog'oz va kartonning ikki yuzga yaqin turini ishlab chiqaradi. Yuqorida aytib o'tilganidek texnikada qog'ozning telegraf va magnitlangan magnitofon lentalari, foto sezgir qog'ozlar, elektr o'tkazmaydigan qog'ozlar, nam o'tkazmaydigan fibra va shu kabi xilma-xil turlaridan foydalaniladi. Qog'ozdan qurilishda ham keng foydalaniladi. Masalan, qog'ozdan g'isht, to'siqlar uchun plitalar tayyorlanadi. Qog'ozga kitoblar, gazetalar bosilishini, unga ruchka, qalam bilan yozilishini barcha yaxshi biladi. Shuning uchun mehnat ta’limi o'qituvchisi bolalarning e'tiborini ko'proq qog'ozning turmushda tez-tez uchratadigan yoki qo'l mehnati darslarida foydalanadigan turlariga jalb qilishi lozim.
Gazeta qog‘ozi — eng arzon va ko'p tarqalgan qog'oz turidir. Sifatiga ko‘ra, unchalik pishiq emas, namlikni va yelimni yaxshi singdiradi.
Yozuv qog‘ozi — sathi silliq, yelim singdirilgan, namlikni kamroq singdiradi. Narsalarni konstruksiyalash, muqovalash, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda juda qulay.
Chizmachilik qog‘ozi — eng pishiq va qalin qog'oz. Lattadan tayyorlanadi, uning oliy navi qo'lda quyiladi. Undan karnaval niqoblari, lito va shu kabilarni yasashda foydalaniladi.
Rasm qog‘ozi — sellyulozadan tayyorlanadi, oliy naviga 25 % latta qo‘shiladi. Qo'l mehnati darslarida, shuningdek, chizmalar chizishda foydalaniladi.