Reja:
1. Tarbiya haqida tushuncha, maqsadi va vazifalari
2. Tarbiyaning umumiy usullari va uning tavsifi
3. Tarbiyaning metodlari haqida tushuncha.
4. Tarbiya metodlarning vazifasi. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari
Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil e’tish masalalarini o‘rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o‘sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mustahkamlashadi.
Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etish masalalarini o‘rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, ahloqiy, irodaviy estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o‘sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mustahkamlashadi. Tarbiya qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanaladigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Ta’lim qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy Osiyo faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada erishgan yutuqlarga asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil etishi, usullari va ularga qo‘yiladigan talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi. Tarbiya qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanaladigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Ta’lim qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy Osiyo faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada erishgan yutuqlarga asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil etishi, usullari va ularga qo‘yiladigan talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi
-tarbiyaning insonparvarligi va demokratligi
-tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi
-tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning usivorligi
-o‘qituvchining yoshini va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish
-izchillik, tizimchilik, uzluksizligi.
Tarbiya usullarini o‘rganish, taxlil qilish , bu usullardan pedagog jarayonda foydalanish, ko‘nikma va malakalarni e’gallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruxga bo‘lib olamiz:
-Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar.
-O‘z o‘zini tarbiyalovchi usullar.
-Rag‘batlantirish usullari.
-Jazolash usullari
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar.
Bu guruhda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni, ma’naviy va siyosiy g‘oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta’sir e’tish usullari kiradi: -suhbat va hikoya -hikoya -namuna (qush uyasida ko‘rganini qiladi)
Mashq o‘rgatish usullari. Mashq muayyan xatti harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlanish o‘quvchi uchun ongli, ijodiy jarayondir. Mashq natijasida ko‘nikma odat, yangi bilimlar hosil qiladi. O‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi. Axloqiy tajribasi kengayadi. O‘rgatish ijtimoiy xulq atvorni odatiy shaklga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarilishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. O‘rganish bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir Pedagogik talab tarbiyaning e’ng muhim usullaridan biridir. Talab–bu -o‘quvchining turli vazifalarini bajarishi -ijtimoiy xulq atvor mezonlarini ifodalashi -u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo‘lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo‘lishi. -turli ko‘rsatma sifatida namoyon bo‘lishi u yoki bu harakatlar Rag‘batlantiruvchi yoki uni to‘xtatuvchi bo‘lishi. -oqilona harakatlarga undovchi bo‘lishi.
O‘z- o‘zini tarbiyalash usullari. O‘z o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo‘lganda, u o‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mutsaqillik ko‘rsata boshlagan vaqtdan boshlanadi. O‘z o‘zini tarbiyalashda (axloqiy, jinsiy, intementual, xissiy-irodaviy) maslaxat va ko‘nikma lar berilishi lozim. -o‘z o‘zini tahlil qilish -o‘z o‘zini baholash o‘z o‘ziga xolisona berish, qoniqish hosil qilish va x . Rag‘batlantirish va jazolash usullari. O‘quvchi bolalarning har biri o‘sib, ulg‘ayib, kamol topib borayotganidan xursand bo‘lganini sezishi kerak. Shundagina bola o‘zining olg‘a siljib borayotganini ko‘ra biladi, o‘z kuchiga ishonadi.
Rag‘batlantirish quyidagi turlarga bo‘linadi: (maktablarda)
1)O‘quvchining kuchi etadigan, ma’suliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish: bunda bola o‘z qadr qimmati bilan faxrlanadi.
2) maktab (majlislarda)
3) estalik sovg‘alar berish.
4) maqtov yorlig‘i berish
5) stipendiya bilan ta’minlash.
6) hurmat taxtasiga rasmini osish
7) qo‘llab quvvatlash
8) ma’suliyat va jamoaning minnatdorchiligi
9) sinfda birinchi o‘rinda turish
10) musobaqalarda bayroq ko‘tarish gazeta, radioda, televizorda e’lon va x.
Jazolash bu tarbiyalanuvchining harakat va faoliyatiga salbiy baho berish, bu oxirgi tarbiya usuli, (urish, kaltaqlash, jismoniy jazo mumkin e’mas) Turlari. -tanbeh berish - xayfsand e’lon qilish -uyaltirish. Jazo yaxshi o‘ylab qo‘llanishi lozim, qiziq ustida tinimsiz jazolash mumkin emas. Jazo yakka tartibda bo‘lishi kerak ya’ni bitta jazo aybiga mos.
Pedagogik mahorat ta’lim va tarbiya berish sa’nati deyiladi. Pedagogik maxoratga quyidagilar kiradi:
1.Nutq madaniyati
2.O‘qituvchining muomila va munosabati
3. Kommunikativ munosabat (aloqa o‘rnatish) insonning qalbiga kirish qobiliyati.
4.Pedagogik odob (o‘qituvchi ichki va tashqi olami)
5.Pedagogik texnika: -mimika (yuz ko‘z ifodasi) -jets (gavda va qo‘l harakati) -pantomimika (so‘zsiz harakatlari)
6.Nutq texnikasi. -nafas -ovoz -intonasiya (tovushni o‘zgartirish qobiliyati) -diksiya -pauza -ritm -tamp (sur’at)
Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi
Tarbiya metodlari:
-Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).
-Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
-Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish).
-Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar).
qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).
Xalq pedagogikasi namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar yordamida qo‘llanilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (choyxona, to‘y marosimlari), sayillar, oilaviy an’analar (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, shuningdek, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o‘ziga xos tarbiya vositasisanaladi.
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘lik.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi.
Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi.
O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichik va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitusiyasining mohiyati tushuntiriladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Tarbiyaning maqsadi va vazifalari?
2.Tarbiyaning umumiy usullari qaysilar?
3.Tarbiyaning metodlari haqida nimalarni bilasiz?
4.Tarbiya metodlarning vazifasi va o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari?
4-Mavzu