1. Mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2



Yüklə 92,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix21.12.2023
ölçüsü92,08 Kb.
#188683
1   2   3   4   5   6   7
1. Mavzu Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja Rivojlanish ps (1)

Eksperiment metodi.
Sun‟iy xosil qilingan psixologik sharoitda namoyon bо„luvchi 
psixik faoliyatni tahlil qilishdan iboratdir. Eksperimentator yoki tajriba o‟tkazuvchi psixik 
faoliyatning о„ziga keraqli xodisasini maxsus tarzda xosil kiladi hamda uning namoyon bо„lish 
sharti va harakterini belgilaydi. Tajriba metodi о„z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga 
ajratiladi. 
Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qо„llaniladi. Bu metodning 
ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F.Lazurskiy yaratgan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab 
chiqarish jamoalari a‟zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, о„qituvchilarning ish 
qobiliyatlari, о„zaro munosabatlarini, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini xal qilish 
nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini о„rganishda sinaluvchilarning о„zlari bexabar 
bо„lishi, ta‟lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi lozim. 
Laboratoriya (klinika) metodi kо„pincha individual (ba‟zida guruh yoki jamoa) shaklida 
sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yо„l-yо„riqlar, tavsiyalar, kо„rsatkichli 
va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasi о„zgarishlarni aniqlaydigan 
asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslamalar mavjud. Kо„pincha 
elektron va radio о„lchagichlar,sekundomer,refleksometr, elektroensefalogramma kabilardan 
foydalaniladi. 
Laboratoriya metodi yordamida diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning 
xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zо„riqish singari murakkab psixik holatlar 
tekshiriladi. Kо„pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, xaydovchi, operator
elektronlar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (xaloqat, portlash, izdan chiqish, shovqin 
kо„tarilishi) ning modellari yaratiladi. Asboblarning kо„rsatishi bо„yicha о„zgarishlar, rivojlanish 
dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-irodaviy zurikish, jiddiylik, tajanglik sodir 
bо„layotganini ifodalovchi ma‟lumotlar olinadi. 
3. Psixologik-pedagogik eksperiment - о„quvchilarning psixologik xususiyatlarini tabiiy 
sharoitda maxsus usullar yordamida о„rganishdir. 
Mazkur eksperiment о„quvchilarni maxsus uyushtirilgan ta‟lim sharoitida maqsadga 
muvofiq ulardan о„zgarishlarni kuzatishni taqozo etadi. Bu eksperiment aniqlovchi va tarkib 
toptiruvchi bosqichlardan iborat bо„lib, maxsus uyushtirilgan ta‟lim tarkib toptiruvchi 
eksperiment jarayonida olib boriladi. U qóyidagi tuzilishga ega: eksperimentator yoki tadqiqot 
olib boruvchi, sinaluvchilar, faraz, reja, yо„l-yо„riq, tajribaning bir-biriga bog„liq bо„lgan va 
bog„liq bо„lmagan, о„zgaruvchan, nazorat qilinadigan va qilinmaydigan qismlardan iborat. 


Eksperimental tadqiqotning asosiy bosqichlari: farazni ilgari surish, metodikani tanlash
eksperimentni rejalashtirish, olingan ma‟lumotlarni ishlab chiqish, tahlil etish va izohlashdan 
iboratdir. 
4. 

Yüklə 92,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin