1. Mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2



Yüklə 92,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix21.12.2023
ölçüsü92,08 Kb.
#188683
1   2   3   4   5   6   7
1. Mavzu Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja Rivojlanish ps (1)

nazariy vazifalari

-
insonning butun hayot yo„li davomida psixik rivojlanishiga ta‟sir etuvchi va 
harakatga keltiruvchi kuchlar, mexanizmlarni o„rganish; 
-
ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish; 
-
psixik rivojlanish davomida yosh xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va bilish 
jarayonlarini o„rganish; 
-
ma‟lum tarixiy davrda shaxs rivojlanishi hamda shaxs sifatida shakllanishini 
tadqiq etish.
Rivojlanish psixologiyasining 
amaliy vazifalari
:
-
insonning psixik funksiyalarining yosh davriga mos me‟yorlarni va ijodiy 
qobiliyatning mavjudligini aniqlash; 
-
psixologik rivojlanishda bolaning rivojlanishi, psixologik salomatligini nazorat 
qilish va tizimlashtirish; 
-
yosh va tibbiy diagnostika
-
inson hayotining inqirozli davrlarida yordamni amalga oshirish. 
Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Rivojlanish psixologiyasi boshqa fanlar bilan uzviy aloqador. Jumladan:
Pedagogika va rivojlanish psixologiyasi- 
pedagogika ta‟lim va tarbiya qonunlari, metod va 
usullari haqidagi fan. U ta‟lim va tarbiyaning maqsad va vazifalarini, ularning shaxs taraqqiyoti 
va jamiyat hayotidagi o‟rnini ochib beradi. Bolaga ta‟lim va tarbiya berishga oid vazifalarni hal 
etishda pedagogika qanday qilib ta‟lim-tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun 
aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar 
ta‟limi va tarbiyasida o‟yin usullaridan foydalanish kerakligini ta‟kidlaydi. Psixologiya esa 
buning sababi ushbu yosh davrida o‟yin yetakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi.
Tibbiyot va rivojlanish psixologiyasi
- tibbiyot inson salomatligi va kasalliklarini
kasalliklarning oldini olish va ularni da‟volash, shuningdek, salomatlikni mustahkamlash 
haqidagi fan. Bolalarda uchraydigan ko‟pgina kasalliklarning manbayi psixologik xarakterga
egadir. Masalan, tadqiqotlarning ko‟rsatishicha, bronhial astma bilan og‟rigan kasalliklarning 
ko‟pchiligiga bolaligidan ota-onalari emotsiyalarni erkin ifodalash, tashabbus ko‟rsatish 
imkoniyatini chegaralaganlar.

Yüklə 92,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin