1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar
7-MAVZU: Diqqatning funksiyalari, turlari, asosiy xususiyatlari 1. Dominanta (lot. syuggppapz—hukmronlik qiluvchi) —muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo‘zg‘atuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘a-lish markazi. Domingnta mavjudligida undan boshqa nerv markazla-ri tormozlangan bo‘ladi. Dominanta markaziy asab tizimiga kelgan har qanday qo‘zg‘alish, impulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash eva-ziga o‘z faoliyatini yana kuchaytiradi.
Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy to-monidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil qiladi. Do-minanta diqqatning fiziologik asosidir.
Nerv jarayonlarining induksiyasi - oliy nerv faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat: MNSining biror markazida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u boshqa markaz-larda tormozlanishning kelib chiqishiga, tormozlanish esa qo‘zg‘a-lishning kelib chiqishiga sabab bo‘lishdan iborat qonuniyat.
Nerv tizimi jarayonlarning konsentratsiyasi - markaziy asab tizimidagi qo‘zg‘alish yoki tormozlanish jarayonlarining vaqt o‘tishi bilan dastlabki paydo bo‘lgan uchastkasiga to‘planish qonuni.
Diqqatning ko‘lami — bir davrning o‘zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo‘lgan obʼektlarning miqdori.
Diqqatning ko‘chuvchanligi — faoliyat jarayonida diqqatning on-gli ravishda bir obʼektdan ikkinchi obʼektga ko‘chirilishi. Diqqat-ning ko‘chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvi-dagi alohida ahamiyatga egadir.
Diqqatning taqsimlanishi — diqqatning bir vaqtning o‘zida bir qancha obʼektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alo-hida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o‘qituvchining ish ja-rayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir.
Diqqatning barqarorligi — diqqatning o‘z obʼektiga kuchli yo‘naltirilishi va faol to‘planishidan iborat ijobiy xususiyati.
Parishonlik — diqqatni maʼlum bir obʼektga qarata olmas-likdan iborat salbiy xususiyat. Parishonlik vaqtincha holat bo‘lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati bo‘lishi ham mumkin. Pa-rishonlikning ikki turi mavjud bo‘lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo‘lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan obʼekt ustiga kuchli to‘plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko‘ra kelib chiqishi ham mum-kin.
Kasbga xos diqqat — maʼlum bir kasbga ko‘p yil ishlash natija-sida shu kasbning talablari va obʼektiv xususiyatlariga mos ravish-da tarkib topgan diqqat turi. Masalan: chorrahada ko‘cha harakatini boshqaruvchiningdiqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatningtaqsimlanishini, ikkinchisi esa markaz-lashuv xususiyatlarini talab qiladi.
Ixtiyoriy diqqat — ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiqirodaviy va asabiy faollik ko‘rsatgan holda muayyan obʼektga yo‘nalishi va unga to‘planishdan iborat diqqat turi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat — diqqatning muayyan obʼektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so‘ngra uning ahamiyati tushu-nilgan sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomoni-dan kiritilgan.
Diqqat chalg‘ishi — maʼlum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir obʼektdan boshqa bir obʼektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishi-dan iborat salbiy xususiyati.
Diqqatning hajmi — diqqatning bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan mustaqil obʼektlar miqsori bilan belgila-nadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil obʼektga tengdir. Diqqatning obʼektlari o‘rtasida qancha-lik yaqin bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng bo‘ladi va aksincha.
Diqqat obʼekti — ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo‘naltirilgan va faol to‘plangan narsa yoki hodisa. Diqqat obʼekti faqat obʼektiv narsalar emas, balki subʼektiv hodisalar, o‘z his-tuyg‘ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo‘lishi mumkin.
Ixtiyorsiz diqqat - ongimizning oldindan belgilangan maq-sadsiz ravishda muayyan obʼektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishi-dan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat obʼektlari narsa va hodi-salarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.
Diqqatsizlik - diqqatni obʼektga yo‘naltira va to‘play ol-maslik, atrofdagi kishilarga nisbatan eʼtiborsizlik yoki iltifot-sizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.
Diqqatning o‘zgarib turishi — idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning maʼlum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat baʼzan daqiqaga 25-30 marta ham o‘zgaradi. Diqqatning o‘rtacha o‘zgarish-tebranish chastotasi 2—3 sekundga tengdir.
Ko‘ruv diqqati — narsa va hodisalarni ko‘ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo‘ladigan diqqat turi.
Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat - ongimizning muayyan obʼektga ixtiyorsiz ravishda yo‘naltirilsa-da, uning ustiga maʼlum vaqt barqaror holda, to‘planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi; diqqat to‘plangan obʼektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy diqqatga aylanishi.
Ichki diqqat - ongimizning o‘z subʼektiv taassurotlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.
Tashqi diqqat - ongimizning obʼektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilish, ularda faol to‘planadigan diqqat turi.
Retikulyar formatsiya — bosh miya tepa qismidagi (uzunchoq miya, Voroliyev ko‘prigi, o‘rta miya) nerv hujayralari bo‘lib, ular o‘z tuzi-lishiga ko‘ra, qalin to‘rni eslatadigan o‘simtalarga egadir. Ko‘zg‘ov-chilar taʼsir ostida turli retseptorlardan bosh miyaga signallar olib boradigan sezuvchi nervlarning o‘simtalari. R. F. gatutashgan bo‘lib, mavjud singal R. F. ni ham qo‘zgaydi. R. F. da xos bo‘lgan qo‘zg‘alish, o‘z navbatida, bosh miya qobig‘idagi turli markazlarni qo‘zg‘aydi. Bosh miyadagi qo‘zg‘alish esa R. F. ning faoliyatini yo kuchaytiradi, susay-tiradi. Demak, R. F. ning har bir hujayrasi sezgi organidan ko‘p signallar qabul qilib olib, bosh miya va orqa miya faoliyatiga umumiy holda taʼsir ko‘rsatib turadi.
Bedor holat — bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv mar-kazlarining qo‘zg‘alishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina maʼlum bir faoliyat turini amalga oshira oladi.
Qo‘zg‘alish markazi - markaziy asab tizimining qo‘zg‘alish ja-rayoni ro‘y bergan uchastkasi.
Ergograf (yunon. yeg§op) - mushaklarning ishini grafik usul-da ifodalashda qo‘llaniladigan, ayniqsa, toliqish jarayonini o‘rga-nishda qo‘llaniladigan asbob.
Vigillik (lot. uts”P - hushyor, sinchkov) - ziyraklik; diqqatni yangi obʼektlarga, ayniqsa subʼektiv taassurotlarga tez to‘play olish qobiliyati.
Diqqat depressiyasi (lot. skrgezyu - pasayish) - turli tashqi va ichki omillarga ko‘ra obʼektda to‘planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi.
Alfa-ritmasining ekzaltamiyasi (lot. yexagagyu - kuchayish) -bioelektrik potensiallar amplatudasining kuchayishi; signallarga javob bershida tomirlarning torayishi o‘rniga ularda kengayish-ning yuz berishi.
Kuch qonuni (I. P. Pavlov) - kuchli qo‘zg‘ovchilar kuchli, kuch-sizlar esa kuchsiz reaksiya berish holati.
30. Paradoks fazasi - kuchli qo‘zg‘atuvchilarga qaraganda kuchsiz
qo‘zg‘atuvchilarning kuchli reaksiyasining vujudga keltirishi (pato-
logik holatlar nazarda tutiladi).
Oriyentir refleksiningelektrofiziologiksimptomlarining barqarorlashuvi - ixtiyoriy diqqat buzilganda maqsadga muvofiq topshiriqberish va oqilona instruksiya yoki ustanovka berish hamda vaziyatga qarab uni o‘zlashtirish orqali insonda oriyentirovka ref-leksini qaytadan tiklashdan iborat korreksion faoliyat.
Diqqat korreksiyasi (lot. soggespo - tuzatish) - insonda diqqat patologik holatga (buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslub-lardan foydalanib tuzatish.