1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar
Teri sezgilari Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo‘lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili — bu retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning birinchisi tegish va tarqalishni tuyish sezgi-lar, ikkinchisi esa silliq yoki g‘adir-budurni tuyish bilan tavsif-lanadi. Odatda, tana aʼzosiga narsalarning tegishini sezish tashqi qo‘zg‘alish kuchayganda siqiqni sezishga aylanadi, u yanada kuchayganda siqiq og‘riq sezgisiga aylanadi.
Tuyish sezgilari organi — teridagi va tashqi shilliq pardalar-dagi tuyish tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iboratdir. Ta-nachalarning ichida, qisman tashqarisida (epiteliyda) tuyish nervi-ning chekka tarmokdari mavjud, ular terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan. Ular barmoqlarning uchlarida, til uchida, labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqa-lardan yuksakroqdir. Qaysi yerda tanachalar siyrak bo‘lsa, demak, u joylarda sezish ko‘rsatkichi shunchalik pastdir.
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tar-mokdari zichligi estsziometr asbobi yordami bilan o‘lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli sirkuldan tashkil topgan bo‘lib, uning o‘za-gidagi darajalar oyokdarning uchlari o‘rtasidagi masofani o‘lchaydi.
Tuyishning anikdik darajalari: a) barmoq uchlarida 1 mm — 2 mmgacha, b) qo‘l kaftida 10 mm, v) orqada 60—70 mm masofa bir yo‘la ikki oyoqcha tegayotganligini sezish mumkin (masofa kamaysa, sezgir-lik pasayadi).
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po‘stining orqadagi mar-kaziy pushtasida joylashgan deb taxmin qilinadi.
Tuyish sezgilarining tashqi, yaʼni fizik sababi — bu biron-bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Harorat sezgilari issiq yoki sovuqni sezish bilan tavsiflanadi. Maxsus tanachalarning ichida issiqni yoki sovuqni sezuvchi nervlar-ning chekka tarmokdari joylashgan bo‘ladi.
Ularning tashqa sababi — biron-bir haroratga ega bo‘lgan qattiq, suyuq va gazsimon jismlarning tanaga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni farqlash qo‘zg‘atuvchi harorati bilan badan harorati o‘rta sidagi nisbat bilan belgilanadi. Masalan, qo‘zg‘atuvchining harora-ti badan haroratidan past bo‘lsa sovuqni, agarda yuqori bo‘lsa issiq-ni sezamiz, his qilamiz.