1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha



Yüklə 150,6 Kb.
səhifə7/19
tarix05.05.2023
ölçüsü150,6 Kb.
#108255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar

Eshitish sezgilari
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‘lib, musi-qaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda, tovushlar od-diy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonlar, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan biri aso-siy ton hisoblanadi va tovushning balandligini, kuchini belgilay-di, boshqalari qo‘shiluvchi tovushlar sanalib, ular obertonlar deyi-ladi. Musiqa asboblaridan taralayotgan tovushlarning o‘ziga xosligi fan tilida tembr deb ataladi. Hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) yoki shovqinlardan (undosh tovushlar) tash-kil topgan bo‘ladi.
Eshitish sezgilari organi quloq bo‘lib, tashqi quloq (quloq sup-rasi bilan eshituv yo‘lidan iborat), o‘rta quloq (nog‘ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: bolg‘acha, sandon va uzangidan tashkil topgan), ichki quloq (quloq labirinti o‘zaro birlashgan uchta bo‘lakdan tuzil-gan). Tashqi quloq havo to‘lqinlarini yig‘uvchi karnay vazifasini bajaradi. Nog‘ora parda va unga yopishgan suyakchalar havo to‘lqinlari-ni ichki quloqqa uzatadi. O‘rta quloq maxsus yo‘l orqali og‘iz va burun bo‘shlig‘i bilan tutagggan bo‘ladi. Ichki quloqning yuqori qismi uchta yarim doira kanaldan, o‘rta qismi kameradan va pastki qismi chig‘a-noqdan tashkil topgandir.
Ichki quloqning uchala bo‘limi endolimfa nomli maxsus suyuq-likdan iboratdir. Ichki quloqning asosiy qismi chig‘anoqdan ibo-rat bo‘lib, uning ichida Kortiy organi mavjud, u gumbaz shakliga ega, asosida esa membrana joylashgan. Membrana uzunligi qisqarib bo-ruvchi elastik tolalardan iborat bo‘lib, ular tarang tortilgan tur-larga o‘xshaydi, uning yuqori qismida maxsus tayoqchasimon hujayra-lar mavjud va ular Kortiy dugalari deb yuritiladi. Membrananing tolalari endolimfaga ingichka qillari bor maxsus hujayralar yorda-mida Kortiy dugalari orqali miya katta yarim sharlari po‘stining bo‘lagiga joylashgandir.
A) Eshitish sezgilarining fizik sabablari.
Havo to‘lqinlarining harakati tufayli tovush chiqaruvchi jism-lar tebranganida eshitish sezgilari hosil bo‘ladi. Agarda musiqaviy tovushlar havo to‘lqinlarining tekis, ritmik harakatlari natijasida vujudga kelsa, shovqinlar tovushlar esa ularning notekis \ara-katlaridan tug‘iladi.

Yüklə 150,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin