1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar
4. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari va sezgirlik Sezgilar o‘zlariga adekvat (mos) bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni aks etti-rish shakllaridan biri hisoblanmish bilish jarayonlaridir. Ko‘rish sezgisining adekvat qo‘zg‘atuvchisi havo to‘lqini uzunligi 380 dan 770 millimikron diapazondagi elektromagnit nurlanishidan iboratdir. Bu elektromagnit nurlanishlar ko‘rish analizatorlarida ko‘rish sez-gisini vujudga keltiruvchi nerv (asab) jarayoniga aylanadi. Eshi-tish sezgilari tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlari taʼsirining retseptorlarda aks etishidir. Taktil sezgi-lari mexanik qo‘zg‘atuvchilarning teri yuzasida taʼsiri natijasida hosil bo‘ladi. Karlar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tebranishni aks ettirish sezgilari narsalarningtebranishlarini inʼikos qilish orqali yuzaga keladi. Boshqa turdagi sezgilar ham o‘zlarining maxsus qo‘zg‘atuvchilariga egadirlar. Lekin sezgilarning turli ko‘rinishla-ri faqat o‘zlarining maxsusligi bilangina emas, balki ular uchun umumiy xususiyatlari bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana shu xususiyatlariga sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi.
Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o‘zgartira-di. Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi, tembri, qat-tiqligi bilan tafovutlanadi, ko‘rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farqlanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko‘p turliligi materiya harakati shakllarining turli-tumanliligining aks ettirishidir.
Sezgilarning jadalligi ularning mikdoriy tavsifidan iborat bo‘lib, taʼsir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funk-sional holati bilan belgilanadi.
Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tasniflanishi-dan iboratdir. Sezgilarning davomiyligi ham sezgi aʼzolarining funksional holati bilan, shuningdek, qo‘zg‘atuvchining taʼsir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o‘lchanadi.
Qo‘zg‘atuvchi sezgi asosida taʼsir qilishi bilan darhol sezgi hosil bo‘lmaydi, balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi. Ana shu qisqa vaqt sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri sezgi turlari uchun har xil fursatda kechadi. Masalan, taktil sezgilari uchun latent davri 130 millisekund, og‘riq sezgilari uchun esa 370 millisekundga to‘g‘ri keladi, maza-taʼm sezgisi esa til yuza-siga taʼsir etilgandan so‘ng 50 millisekundgacha vaqt oralig‘ida hosil bo‘ladi.
Qo‘zg‘atuvchi taʼsir qila boshlashi bilan bir davrda hosil bo‘lma-ganidek, qo‘zg‘atuvchining taʼsiri to‘xtashi bilan bir vaqtning o‘zida sezgi yo‘qolmaydi. Vaholanki, sezgilarning inersiyasi (sezgilarning sakdanishi) taʼsiridan keyingi hodisasi deb ataladigan narsada namoyon bo‘ladi.
Ko‘rish sezgisi baʼzi bir inersiyaga ega bo‘lib, ko‘rish sezgisi-ning taʼsiri to‘xtashi bilan darhol yo‘qolib ketmaydi. Qo‘zgatuvchi taʼsirining izi ketma-kst keluvchi obrazlar deb ataladigan hodisa sifatida sakdanib qoladi. Psixologiyada ko‘zningto‘r pardasida rang-ni sezadigan uch xil xususiyatli element bor deb taxmin qilinadi. Qo‘zg‘alish jarayoni hosil bo‘lganda, ular toliqadilar va sezgirlikla-ri ancha kamayadi. Qizil rangga qarab turganimizda ko‘z to‘r pardasi-dagi qizil rangni qabul qiluvchi element boshqalarga nisbatan or-tiqroqtoliqadi, shuning uchun ko‘z to‘r pardasining xuddi shu joyiga qizil rangdan so‘ng oq rang taʼsir etadigan bo‘lsa, qolgan ikkita qabul qiluvchi element ortiqroq sezgirlikka ega bo‘ladi va biz ko‘z qarshimizda ko‘kish yashil rangni ko‘ramiz.
Eshitish sezgilari ham ketma-ket obrazlarga ega bo‘lishi mumkin. Chunki quloqni bitiradigan qattiqovoz yoki tovush bilan birga yuza-ga keladigan noxush sezgi, yaʼni bu «quloq”ning shang‘illashidir. Eshitish analizatoriga bir necha sekund davomida taʼsir etadigan bir qator qisqa tovush impulslaridan so‘ng ular tutash holda yoki bir oz pasaytirilgan tarzda idrok qilina boshlaydi. Agar bu to-vushlarning taʼsirini modellashtirish mumkin bo‘lganda edi, ana shunday hodisani kuzatish imkoni yuzaga kelardi. Bu hodisa tovush impulsiningtaʼsiri to‘xtaganidan keyin uchraydi hamdatovushning impulsi jadalligi va davomiyligiga bog‘liq ravishda bir necha se-kund mobaynida davom etishi mumkin.
Boshqa analizatorlarda ham xuddi shunga o‘xshash hodisalarni ku-zatish mumkin. Masalan, harorat, og‘riqva maza sezgilari ham qo‘zg‘a-tuvchining taʼsiri to‘xtagandan so‘ng bir necha muddat oralig‘ida da-vom etaveradi.
Sezgilar uchun qo‘zg‘atuvchining fazoviy lokalizatsiyasi, qo‘zg‘atuv-chining fazoda o‘rin egallashi bilan tavsiflanadi. Distant, yaʼni masofa retseptori tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz bizga qo‘zg‘atuvchining fazodagi o‘rni haqida maʼlumot beradi. Kon-takt sezgilar: taktil, og‘riq, maza badanning qo‘zg‘atuvchi taʼsir qila-yotgan joyi bilan bog‘liqdir. Bunda og‘riq sezgilarining lokaliza-siyasi, yaʼni badanda joylashgan o‘rni, taktil sezgilarga qaraganda badanga anchagina tarqalgan, lekin unchalik anikdik darajasiga ega emas. Bu holatni yaqqol namoyish qilish uchun quyidagi ko‘rsatkich-larni keltiramiz: 1 kvadrat mmteriga nisbatan barmokdar 120, pan-ja 14, kaft 15, ko‘krak 29, peshana 50, burun uchi 100 va hokazo.
Lokalizatsiya (mahalliy cheklanganlik) psixik funksiyalarning bosh miya katta yarim sharlari qobig‘idagi muayyan hujayralarning ishi bilan bog‘lanishidir. Masalan, ko‘ruv analizatorining ishi aso-san miya qobig‘ining ensa qismining faoliyati bilan bog‘langan, eshitish analizatorining ishi esa chakka bo‘laklari bilan, teri-tuyush hamda harakat analizatorlari bo‘lsa tepa va ensa bo‘laklari bilan bog‘langandir.
Insonni qurshab turgan atrof-muhitning holati to‘g‘risida axbo-rot beruvchi turli ko‘rinishdagi sezgi aʼzolari o‘zlari aks ettirmoq-chi bo‘lgan hodisalarga nisbatan maʼlum darajada sezgir bo‘lishlari lozim. Chunki mazkur hodisalarni ozmi yoki ko‘pmi aniq va ravshan aks ettirish lozim. Binobarin, sezgi aʼzolarining sezgirligi dol-zarb va favquloddagi sharoitda taʼsir qilib sezgi jarayoni hosil qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan minimal darajadagi qo‘zg‘atuvchi bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan sezilarli yoki sezilmas daraja-da sezgi hosil qiluvchi qo‘zg‘atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi mutlaq (absolyut) chegarasi deyiladi.
Kuchli mutlaq (absolyut) chegaradan nimjonroqyoki kuchsizroq qo‘zg‘a-tuvchilar quyi chegaralarni hosil qilmaydi, chunki, ularning taʼsir kuchi to‘g‘risidagi signallar bosh miya po‘stiga borib yetmaydi. Bosh miya po‘sti har bir ayrim olingan «»p” miqdordagi impulslardan hayotiy zaruriysinigina tanlab, so‘ng qabul qilib oladi. Shuning bilan birga miya po‘sti o‘z qo‘zg‘atuvchanlik chegarasini oshirish yo‘li bilan qilingan barcha qo‘zg‘atuvchilarni, shu jumladan, ichki aʼzolar-dan keladigan impulslarni ham ushlab qoladi. Vujudga kelgan bun-day holat biologik jihatdan maqsadga muvofiqdir. Chunki, bosh miya katta yarim sharlari po‘sti barcha tushib kelayotgan impulslarni qabul qilib oladigan va ularning hammasiga javob reaksiyasini bildira oladigan organizmni tasavvur qilish mumkin emas. Maʼlumki, bosh miya katta yarim sharlarining po‘sti organizmning hayotiy manfaat-larini muhofaza qilib turadi, shuningdek, o‘z qo‘zg‘alish chegarasini oshirish bilan faollashmagan (aktuallashmagan) impulslarni po‘stloq ostiga, yaʼni quyi markazlarga uzatadi, buning natijasida organizm ortiqcha reaksiyalardan musaffo bo‘ladi.
Tekshirishlarningko‘rsatishiga qaraganda, po‘stloqosti impuls-lari organizm uchun befarqtura olmaydi. Masalan, tashqaridan taʼ-sir qalayotgan xuddi ana shu kuchsiz po‘stloq osti qo‘zg‘atuvchilari bosh miya katta yarim sharlari po‘stida dominant o‘chog‘ini (hukmron manba-ini) barpo qiladi va gallyusinatsiya hamda «sezgilarning aldanishi-ga” sabab bo‘ladi. Kasallangan odamlar quyi chegaradagi tovushlarni miyaga o‘rnashib qolgan tovushlar to‘plami tariqasida qabul qilish-lari mumkin, ayni chog‘da haqiqiy inson nutqiga befarq bo‘ladi; kuchsiz yorug‘lik nuri har xil gallyusinatsiya ko‘rish sezgilari hosil qilishi mumkin; terining kiyimga tegishidan vujudga kelgan taktil sezgi-lar noto‘g‘ri o‘tkir teri sezgilarini yuzaga keltiradi.
Sezgilarning quyi chegarasi mazkur analizatorlarning mutlaq (absolyut) sezgirligi darajasini aniqlaydi. Mutlaq (absolyut) sez-girlik bilan sezgi chegaralarining meʼyori o‘rtasida teskari mutano-siblik (proporsionallik) mavjud; sezgi chegarasining meʼyori qan-chalik kichik bo‘lsa, mazkur analizatorlarning sezgiligi shunchalik yuksak bo‘ladi.
Mazkur munosabatni ushbu shaklda ko‘rsatish mumkin:
E=1/R
E - sezgirlik, R - qo‘zg‘atuvchining taʼsir chegarasi meʼyorini
anglatadi.
Insondagi hid bilishni bitta hujayrasining chegarasi tegishli hid tarqatuvchi moddalar uchun 8 (sakkiz) molekuladan oshmaydi, maza yoki taʼm sezgisini hosil qilish uchun hid sezgisini yuzaga kelti-rishga qaraganda 25000 marta ko‘proq talab qilinadi.
Insoniyatda ko‘rish va eshitish analizatorlarining sezgirligi juda yuksakdir. S. I. Vavilovning fikricha, ko‘z to‘r pardasiga 2-8 kvant yorug‘lik tushsa, u holda ko‘rish hodisasi yuz beradi. Xuddi shu sababdan to‘la qorong‘ilikda yongan shamni 27 km masofadan ko‘ra olish mumkin. Biroq narsaning tekkanligini sezish uchun ko‘rish va eshitishga qaraganda 100-10000 ml. marta ortiq energiya kerak bo‘ladi.
Analizatorlar sezgilarning yuqori chegarasiga ham egadirlar. Taʼ-sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchiga nisbatan tag‘in adekvat, yaʼni aynan sez-gini hosil qila oladigan qo‘zg‘atuvchining yuqori mutlaq (absolyut) chegarasi deyiladi. Retseptorlarga taʼsir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchini bundan keyin ham ortib borishi retseptorlarda faqat og‘riq sezgisini yuzaga keltiradi.
Mutlaq (absolyut) chegaraning meʼyori sharoitga qarab o‘zgaradi: inson faoliyatining xususiyatlariga, uning yoshiga, retseptorlarning funksional holatiga, qo‘zg‘atuvchining kuchi hamda davomiyligiga va hokazoga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin.
Sezgilar o‘rtasida yuzaga keladigan farqni hosil qilish ikki qo‘zg‘atuvchi o‘rtasidagi minimal farqni farq ajratish chegarasi deb ataladi. Nemis fiziolog olimi Veber odamning o‘ng va chap qo‘lidagi ikkita narsadan og‘irrog‘ini aniqlay olish qobiliyatini tekshirib, shunday xulosaga keladi: farqajratish sezgirligi mutlaq (absolyut) xususiyatga ega bo‘lmay, balki nisbiy xususiyatga egadir.
Masalan, 100 g. 13, 42 gramm.
1000 g. 33, 3 gramm.
Shunday qilib, dastlabki qo‘zg‘atuvchining meʼyori qanchalik kata bo‘lsa, qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchining meʼyori ham shunchalik ko‘p bo‘lishi kerak:
ko‘rish analizatori uchun 1/100.
eshitish analizatori uchun 1/10.
taktil analizatori uchun 1/30.
Mazkur qonunga binoan, asosiy qo‘zg‘atuvchi bilan qo‘shimcha qo‘zg‘a-tuvchi o‘rtasidagi farqni ajratish qonuni faqat o‘rtacha kuchlanishda-gi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan to‘g‘ridir.
Veber tadqiqotiga asoslanib Fexner sezgilar intensivligining qo‘zg‘atuvchi kuchiga bog‘likligini quyidagi formula bilan ifodalab bergan:
5 K 1 & 1 S, bu yerda 5 — sezgi intensivligi, } — qo‘zg‘atuvchining kuchi, K va S konstantalardir. Ushbu qonun, asosiy psixofizik qonun-ga muvofiq, sezgilarning intensivligi qo‘zg‘atuvchi kuchining loga-rifimiga proporsionaldir. Qo‘zg‘atuvchining kuchi geometrik pro-fessiya bo‘yicha ortib borsa, sezgilarning intensivligi arifmetik progressiya bilan ortib boradi (Veber-Fexner qonuni).
Farq ajratish sezgirligi ham farqlash chegarasining meʼyoriga teskari proporsionaldir; farqayirma sezgirligi shunchalik kichik bo‘ladi.
Ayirma sezgirligi sezgirlik turlarining ayrim xususiyatlarini boshqa jihatdan tavsiflash uchun ham qo‘llaniladi. Masalan, shakl-larni, hajmlarni ko‘rish vositasida idrok qilinadigan narsalar-ning ranglarini aks ettirish haqida mulohaza yuritish mumkin.
Sezgilarni o‘lchashni asosan ikki metodi psixologiya fanida hukm surib keladi. Ulardan biri bevosita metod deb atalib, subʼektiv ravishda baholashga asoslanadi. O‘lchashning ikkinchi metodi esa alo-matlarni obʼektiv ravishda baholashga asoslangan bo‘lib, sezgilar-ning bilvosita (bevosita) mavjudligiga qaratilgandir.
Bevosita metod yoki qo‘zg‘atuvchining so‘z bilan baholash metodi quyi-dagicha tuzilishga egadir: sinaluvchiga teri, tovush, yorug‘lik taʼsir qila oladigan qo‘zg‘atuvchi havola qilinadi, dastavval qo‘zg‘atuvchi mi-nimal intensivlikka (jadallikka) ega bo‘ladi, so‘ng ularning kuchi orttirib boriladi. Mazkur tadbirdan keyin sinaluvchi «u qaysi bir sezgi qo‘zg‘atuvchisining dastlab sezganligiga” javob berish so‘rala-di.
Teri sezgirligini o‘lchash uchun maxsus asbob, «esteziometr” qo‘lla-niladi. Eshitish sezgirligini o‘lchash audiometr yordamida amalga oshirilib, tovushlarningturli darajalaridagi intensivligi aniq-lanadi. Baʼzan kichkina temir sharni har xil balandlikdan tashlab ko‘rish orqali ham yuqoridagi maqsad amalga oshiriladi. Ko‘rish sez-girligini aniqlash esa sinaluvchi ko‘ziga yorug‘likning turli-tuman intensivlikda yuborish orqali (goho qorong‘iliqda), quyidan yuqoriga yorug‘lik birligi (yaʼni lyuks) orttirib boriladi. Taʼm va hid bilish sezgirligi ham maxsus asboblar yordamida o‘lchanadi, goho kimyoviy usul ham qo‘llaniladi.
Bevosita metodi obʼektiv alomatlarga asoslanib ish yuritishni taqozo etadi. Sobiq sovet psixologlari, psixofiziologlari G. V. Gershuni, Ye. N. Sokolov, O. S. Vinogradov va boshqalar mazkur me-tod yordamida ko‘p yillar mobaynida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlir. Maʼlumki, sezgilar hech mahal sust bilish jarayoni bo‘lma-gan, binobarin ular vegetativ, elektrofiziologik, nafas olish jarayonlari o‘zgarib boradi, shuning uchun o‘z tabiati bilan reflektor jarayondir. Sezgilardagi reflektor o‘zgarishlar ularning obʼek-tiv ravishda yuz berayotganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Masalan, sezgilarni hosil qiluvchi har qanday qo‘zg‘atuvchi reflektor jarayonlarni ham vujudga keltirishga qodir: qon tomirlarining to-rayishi, teri galvanik refleks (teri elektr qarshiligining ka-mayishi), miyaning elektr aktivligi -chastotasining o‘zgarishi (alfa, ritma, depressiyasi holati) qo‘zg‘atuvchiga qarab ko‘zning yo‘nali-shi, bo‘yin muskullariningtaranglashuvi va boshqalar. Mana bu nar-salarning barchasi sezgilarning paydo bo‘lishini obʼektiv ko‘rsat-kichi bo‘lib hisoblanadi.
Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, sinaluvchiga kuchsiz qo‘zg‘atuvchi bilan taʼsir etilsa, yaʼni subʼektga kuchsiz qo‘zg‘a-tuvchi bilan taʼsir etilsa, u holda subʼektda hech qanday sezgi hosil bo‘lmaydi, shuningdek, sanab o‘tilgan reflektorlarda ham o‘zgarish yuz bermaydi.
Qon tomir yoki elektrofiziologik reaksiyalar kuchsiz qo‘zg‘atuvchi taʼsirida ham aniq namoyon bo‘lishi mumkin, aksincha sezish jarayoni esa amalga oshmaydi. Bu holatni elektroensefalografik reaksiyalar tasdiqlaydi. Tovush qo‘zg‘atuvchiga kelib chiqqan holda G. V. Gershuni inson subsensor diapazonga ega degan ilmiy g‘oyani olg‘a suradi. Bu narsa anglashinilmagan fiziologik reaksiyalar, sezib bo‘lmas qo‘zg‘a-tuvchilarga asoslanadi.
Sezgilarning o‘zgarishi adaptatsiya va sensibilizatsiya holatlari-da o‘z ifodasini topadi.
Adaptatsiya (lot. ayaryu — moslanmoq) — sezgi organlari, yaʼni aʼzolari (analizatorlar)ning taassurot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o‘zgarishidan iboratdir. Adaptatsiya hodisasi da sezgirlik ortishi yoki kamayishi mumkin. Kuchli taʼsirdan kuch-siz taʼsirotga o‘tganda sezgirlik asta-sekin ortib boradi, taʼsirot kuchayganda esa sezgirlik kamayib boradi (ko‘ruv, eshituv, hid bi-lish, teri-tuyush va hokazo).
Odatda, genetik nuqtai-nazardan adaptatsiya uch xil xususiyatli ne-giz (manba) taʼsirida vujudga keladi.
1. Qo‘zg‘atuvchilarning davomli taʼsiri jarayonida sezgilarning to‘la yo‘qolishi tarzidagi adaptatsiya. Doimiy taʼsir qilib turadigan qo‘zg‘atuvchi taʼsir o‘tkazadigan bo‘lsa, bunday holatda sezgi so‘nib qoladi. Masalan, teriga tegib turadigan yengilgina bir yuk tez orada sezilmay qoladi. Yoqimsiz hidli bir joyga kirib qolganimizda bir ozdan so‘ng bu hidni batamom yo‘qolib ketganday his qilamiz. Og‘izda biron-bir narsa ushlab turiladigan bo‘lsa taʼm sezgisining intensivligi bo‘shashadi.
Doimiy va harakatsiz qo‘zg‘atuvchining taʼsiriga nisbatan ko‘rish analizatorlarida to‘la adaptatsiya hodisasini shu bilan tushuntirib berish mumkin. Bunday holatda qo‘zg‘atuvchining harakatsizligini ko‘rish retseptorlari apparatining harakatchanligi bosib yuboradi. Ko‘zni har doim ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda harakatlanib turi-shi ko‘rish sezgisining uzluksizligini taʼminlaydi. Qo‘zg‘atuvchi taʼ-siridan 2—3 sekund o‘tgach, ko‘rish sezgisi yo‘qoladi, yaʼni adaptatsiya hodisasi yuzaga keladi.
2. Kuchli qo‘zg‘atuvchining taʼsiri ostida ham sezgilar zaiflashadi. Masalan, qo‘lni muzdek suvga tutib turgan paytda, sovuq qo‘zg‘atuvchi taʼsiri bilan yuzaga kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Qorong‘iroq xonadan juda yorug‘ joyga kirib qolsak, biz avval boshqa yorug‘likdan «ko‘r” bo‘lib qolib, atrofimizdagi narsalarni ajrata olmaymiz. Maʼlum fursat o‘tgandan so‘ng ko‘rish analizatorilarning sezgirligi keskin surʼatda pasayadi va biz mo‘ʼtadil ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ko‘rish sezgirligining intensiv yorug‘lik qo‘zg‘atuvchisi bilan taʼsir qilganda pasayishdan iborat hodisani yorug‘lik adaptatsiyasi deb yuritiladi.
Ko‘rib o‘tilgan ikki turdagi adaptatsiyani ko‘pincha psixologiya fanida negativ adaptatsiya deb ataladi. Chunki, har ikkala adaptatsiya natijasida ham analizatorlarning sezgirligi keskin pasayadi.
3. Sezgirlikni, kuchsiz qo‘zg‘atuvchi taʼsiri ostida sodir bo‘ladigan, ortib borishini ham adaptatsiya deb atash anʼanaga aylanib qolgan. Aksariyat sezgi turlariga xos bo‘lgan adaptatsiyaning mazkur turi pozitiv adaptatsiya deyiladi.
Qorong‘ilik adaptatsiyasida ko‘rish sezgirligi ortadi. Sokinlik ka nisbatan adaptatsiya eshitish adaptatsiyasi zamirida yuzaga keladi. Masalan, sovuq suvda (sovuq yegan) qo‘l — bir harorat — issiqsay; issiq suvda qo‘l sovuq suvda o‘zgarmaganday tuyuladi. Harorat sezish bilan bog‘liq bo‘lgan pozitiv adaptatsiyalar yuqoridagi xususiyatlarga ega.
Tibbiyot psixologiyasida negativ og‘riq adaptatsiyasining mavjud-ligi to‘g‘risidagi gipoteza (ukolga, ignaga, issiq nurlanishga nisba-tan) ham hukm surishi taʼkidlanib o‘tildi.
Adaptatsiyani hosil bo‘lish xususiyatlari to‘g‘risida maʼlumot: a) taktil (teri) adaptatsiya juda tez hosil bo‘ladi; b) ko‘z adaptatsiyasi bir necha daqiqa; v) hid va taʼm adaptatsiyalari undan ham uzunroq vaqt talab qiladi.
Adaptatsiyaning ahamiyati shundan ibratki, u kuchsiz qo‘zg‘alishni payqashga yordam beradi, kuchli qo‘zg‘alishdan sezgi organini saqlaydi.
Adaptatsiyani tushuntirib berish: 1) tayoqsimon hujayralarga joy-lashgan ko‘rish purpuri aynib ketadi; kimyoviy modda borligi ilmiy jihatdan isbotlanmagan; 2) miyaning po‘stloq qismi sezgirlikni pasaytiradigan «mulohazalovchi” tormozlanish. Tormozlanish — boshqa joylarda qo‘zg‘alishni kuchaytiradi — sezgirlik ortadi, izchil o‘zaro induksiya hodisasi ro‘y beradi.
Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishi sensibilizatsiya deb ataladi. Sezgilar o‘zaro munosabatining fiziologik mexanizmi analizatorlarning marka-ziy qismlari joylashgan bosh miya po‘stidagi qo‘zg‘alishning irradi-atsiya hamda konsentratsiya jarayonlaridir. I. P. Pavlovning taʼlimotiga ko‘ra, kuchsiz qo‘zg‘atuvchi bosh miya katta yarim sharlarining po‘stida oson irradiatsiyalanadigan, yaʼni oson yoyilib ketadigan qo‘zg‘a-lish jarayonini yuzaga keltiradi. Qo‘zg‘alish jarayonining irradia-siyasi natijasida boshqa analizatorlarning sezgirligi ortadi. Kuchli qo‘zg‘atuvchi taʼsir etganda, aksincha, konsentratsiyaga moyil bo‘lgan qo‘zg‘alish jarayoni yuzaga keladi. O‘zaro induksiya qonuniga ko‘ra, bun-day qo‘zg‘alish jarayoni boshqa analizatorlarning markaziy qismla-rini tormozlanishga olib keladi va natijada ularning sezgirligi pasayadi.
Analizatorlar sezgirligining o‘zgarishi shartli reflektor aso-sida, yaʼni ikkinchi signallar tizimiga kiruvchilar taʼsiri bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Tekshiriluvchilarga «limondan nordon”, zahardan achchiq” degan so‘zlarni talaffuz qilish bilan ularning ko‘zla-ri va tillarida elektr sezgirligi yuzasidan o‘zgarishni maydonga keltiruvchi omillar qayd etilgan. Ushbu o‘zgarishlar bizga haqiqiy limon va zahar tabiati bilan taʼsir qilinganda hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alishga o‘xshashlikni vujudga keltiraadi.
Sezgi organlarining sezgirligini o‘zgartirish qonuniyatlarini o‘zlashtirib olganligimizga asoslanib, maxsus ravishda tanlangan qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llash yordami bilan maʼlum bir retsep-torlarni sensibilizatsiyalash, yaʼni ularning sezgirligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Qo‘zg‘atuvchining birin-ketin analizatorga taʼsiri bilan anali-zatorlarga xos sezgining paydo bo‘lishini sinesteziya deyiladi. Si-nesteziya yunoncha birgalikda sezish degan maʼnoni anglatib keladi. Sinesteziya hodisasini har xil turdagi sezgilarda kuzatish mumkin. Ko‘rish va eshitish sinesteziyasi hammadan ko‘ra ko‘proquchrab turadi, unda tovush qo‘zg‘atuvchilarining taʼsiri bilan odamda ko‘rish obrazlari vujudga keladi. Bunday tabiatli sinesteziyalar har xil odam-larda o‘ziga xos ravishda kechadi, lekin ular har qaysi shaxs uchun muayyan darajada doimiy bo‘lishi kuzatiladi. Masalan, ayrim kom-pozitorlar (bastakorlar) — Rimskiy-Korsakov, Skryabin kabilar «rangni eshitish” qobiliyatiga, rassom Chorlyonis, Behzod «rangli mu-siqa” isteʼdodiga ega bo‘lganlar. Eshitish va taʼm sinesteziya hodi-sasi ko‘pincha «o‘tkir taʼm”, «savlatli rang”, «shirin tovush”, «achchiq shamol”, «bahaybat ovoz”, «motamsaro osmon”, «qalb o‘rtar navo”, sin-gari iboralarda o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Chunki ularning mohi-yatida ikkilanganlik xususiyatlari maxsus kuchaytirgich tariqasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sezgirlik mashq qilish orqali rivojlantirilib boriladi. Bun-day o‘zgarish kompensatsiya va faoliyat mazmunida o‘z aksini topa bo-radi. Ayniqsa, ko‘r (ko‘r musiqachi), kar, soqov, haykaltarosh odam-larda, vibratsiya sezgisi bilan shug‘ullanuvchilarda sezgirlik keskin ravishda oshishi mumkin. Psixolog Elen Killer hid sezgisiga nis-batan sezgirlikni maxsus ravishda tadqiq qilib, u o‘ziga xos xususi-yatlar mavjud ekanligini dalillab bergan. Mashq qilish natijasida insonda sezgirlik ortib borishi tadqiqotchilar tomonidan o‘rganil-gan bo‘lib, ular quyidagi ko‘rsatkichlarga egadirlar:
1) notekislik — 0, 0005 mm; 2) bo‘yash (bo‘yoqchi) — 180—40 gacha; 3) po‘lat quyuvchi - 1 60 min.; 4) rassomlar — 1 150 min.; 5) uchuvchi (motor harakati o‘zgarishi) — 1300 dan 1340 gacha; 6) rim mozaika ustaxonasida 20000 rang turi mavjud; 7) ko‘rlarda - taktil sezgi-pachiniyev moddasi yuqori; 8) sog‘lom odamlarda 186 ta taktil retsep-tori; 9) ko‘rlarda esa bu — 270 ta; 10) keyinchalik ko‘r bo‘lib qolgan-larda bo‘lsa — 311 ta.
Shunday qilib, sensibilizatsiya hodisasida sezgirlikning orti-shi quyidagilarga bog‘liqdir:
muayyan, uzoq muddatli organizmdagi o‘zgarishlarga;
muvaqqat xususiyatli ekstra taʼsir yoki favquloddagi holat va vaziyatga;
yosh xususiyatlari, tipologik sharoitlar, endokrin harakati, organizmning umumiy holati, uning toliqishiga;
a) 30 yoshgacha yuqori darajaga erishish mumkin, undan keyin pa-saytirish boshlanadi; b) asab tizimining dinamikasi (B. T. Teplov bo‘yicha); v) endokrin balansi (homilador va boshqa odamlarda); g) organizmda funksional holatning buzilishi yoki insonning charcha-shi.
4) farmologik taʼsirlar (adrenalin, fenamin, benchidrin — kuchayish; pilokarpin — pasayish)ga.
Sezgirlikning o‘sishi ko‘p jihatdan subʼekt ustanovkasiga, nutq-ning ahamiyatliligiga, nutq instruksiyasiga bog‘liqsir.
Sezgilarga bag‘ishlangan eksperimental tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlarda olib borilganligini sanab o‘tish maqsadga muvofiq:
Veber va Fexnerlarning «psixofiziologik qonuni”ning ochi-lishi.
G. Ebbingauzning xotira yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlari ne-gizi.
G. Gelmgolsning sezgi organlari to‘g‘risidagi psixofiziolo-gik ishlari va ishlamalari.
V. Vundtning psixofiziologiyadagi sezgilar va harakatlar bo‘yicha olib borgan izlanishlari.
P. P. Lazerov tomonidan yorug‘lik toni muammosining o‘rgani-lishi.
YE. N. Sokolov, S. V. Kravkov kabi tadqiqotchilar o‘tkazgan taj-ribalar va olingan qonuniyatlarning talqini.