Hozirgi kunda dasturiy ta’minotni quyidagi o’zaro bog’langan guruhlar orqali
ifodalash mumkin:
• operatsion sistemalar (MS DOS,
Windows naqllari, Unix, Linux, Nova,
Mandriva, Machintosh, Doppix) va qobiq-dasturlar (Norton Commander, Far
manajer, Windows Commander, Total Commander);
• dasturlash sistemalari (BASIC, Visual Basic, Paskal, Delphi, C, C++);
• uskunaviy sistemalar (redaktorlar, sozlovchilar, makroassemblerlar);
• integrallashgan dasturlar paketi (matn muharrirlari, matn
protsessori, elektron
jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqarish sistemalari);
• mashina grafikasi sistemalari (ilmiy, muxandislik, o’quv, animatsion, ijodiy);
• ma’lumotlar omborini boshqarish sistemalari
(FoxPro, Access, Paradox);
• amaliy dasturiy ta’minot (buxgalterlik, nashriyot,
avtomatik loyixalash
sistemalari, elektron jadvallar).
Ko’pincha amaliy dasturlarni
ilovalar (rus. prilojeniya) deb ham atashadi.
Barcha ilovalar alohida dastur sifatida yoki integrallashgan (birlashtirilgan)
sistemalar sifatida qaralishi mumkin. Odatda, ekspert sistemalar, matematik
hisoblash, modellashtirish va tajriba natijalarini qayta ishlash dasturlari, shuningdek
ofis sistemalari integrallashgan sistemalardan iborat.
Keng tarqalgan va qulay
integrallashgan sistemaga misol sifatida
Microsoft Office integrallashgan
sistemasini olish mumkin. Microsoft Office integrallashgan sistemasi o’z ichiga
matn protsessori, elektron jadval, ma’lumotlarni boshqarish sistemasi, taqdimot
hosil qilish dasturi, elektron pochta bilan ishlash dasturi va boshqa dasturlarni o’zida
mujassamlashtirgan. Bu integrallashgan sistemadagi biror
dastur yordamida hosil
qilingan ma’lumotlarni sistema ichidagi boshqa dasturlarga osongina bog’lash
mumkin.
Sistema dasturlarining bir bo’lagi sifatida yordamchi dasturlar –
utilitlar (lotin.
– foydali) ishlab chiqilgan. Bu dasturlar operatsion sistemaning imkoniyatini
oshirishga xizmat qilishi yoki alohida vazifani bajarishi ham mumkin.
Utilitlarning ba’zi ko’rinishlari:
• kompyuter qurilmalarini
boshqaruvchi va
testdan o’tkazuvchi dasturlar;
• kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi
drayver dasturlar;
• axborotni zichroq yozilishini ta’minlovchi
arxiviator dasturlar;
• kompyuterning ishiga zarar keltiruvchi va foydalanuvchi ishiga hala beruvchi
dasturlardan himoyalovchi
antivirus va
antispam dasturlar;
• kompyuterlar orasida ma’lumot almashishni ta’minlovchi
kommunikatsiya
dasturlari;
•
kompakt disklarga yozishni ta’minlovchi dasturlar
;
• nompyuterni
multimedia imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar va hokazo.
Bundan tashqari, dasturiy ta’minot tarqatilishi va targ’ib qilinishi bo’yicha
quyidagi asosiy turlarga ajratiladi:
•
Dostları ilə paylaş: