Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq imtiyozlari.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi:
sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilishga doir operatsiyalar, shu jumladan sug‘urta bo‘yicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan bunday operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar;
ssudalarni berish va o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar;
pul omonatlari, joriy hisobvaraqlar, to‘lovlar, o‘tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga tegishli operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar;
xorijiy valyuta va qonuniy to‘lov vositalari bo‘lgan pullar muomalasiga tegishli operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar, numizmatika maqsadlarda foydalaniladiganlaridan tashqari;
qimmatli qog‘ozlar muomalasiga tegishli operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar, ularning tayyorlanishi va saqlanishiga doir operatsiyalardan tashqari;
maxsus vakolat berilgan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yig‘imlar undiriladigan xatti-harakatlar;
bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida saqlanishi, kasallar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
dafn qilish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari;
intellektual mulk obyektlarini xarid qilish huquqi uchun patent bojlari, ro‘yxat yig‘imlari va ruxsatnoma to‘lovlari;
protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va nogironlarga ortopedik protez qo‘yish xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari, davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari mahsulotlari;
pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markalangan otkritkalar va konvertlarning sotilishi;
aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha xizmatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy- texnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish kengashi qoshidagi Fan va texnologiyalar markazining ilmiy-texnika dasturlari doirasida davlat kontraktlari bo‘yicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari;
shahar yo‘lovchi transportining xizmatlari (taksi, shu jumladan yo‘nalishlar oralig‘ida qatnaydigan taksidan tashqari), shuningdek umumiy yo‘nalishdagi temir yo‘l va avtomobil transportida (taksi, shu jumladan
yo‘nalishlar oralig‘ida qatnaydigan taksidan tashqari) shahar atrofiga yo‘lovchilarni tashishga doir xizmatlar;
Dostları ilə paylaş: |