1-мавзу: “Солиқлар ва солиққа тортиш” фанининг предмети


Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solish obyekti



Yüklə 306 Kb.
səhifə9/14
tarix07.01.2024
ölçüsü306 Kb.
#201654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Soliqlar va soliqqa tortish (1)

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solish obyekti.


Tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotilishiga doir aylanmalar deganda yuklab jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar


tushuniladi. Tovarlarning sotilishida o‘zi ishlab chiqargan va chetdan sotib olingan barcha tovarlarning sotilishiga doir aylanmalar soliq solish obyekti hisoblanadi.
Xizmatlar sotilishida quyidagi qiymatlar soliq solish obyekti hisoblanadi:
-yo‘lovchilar va yuk transporti, shu jumladan, gaz, neft, neft mahsulotlari, elektr va issiqlik energiyasini tashish (uzatish)ga doir xizmatlar, tovarlarni yuklab jo‘natish, yukdan tushirish, qayta yuklash, saqlashga doir xizmatlar;
-mol-mulk va ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish xizmatlari;
-vositachilik xizmatlari;
-aloqa, maishiy, uy-joy-kommunal xizmatlar;
-reklama xizmatlari;
-ma'lumotlarni ishlash va axborot ta'minotiga doir xizmatlar va boshqa xizmatlar.
Lotereya biletlarini sotish lotereya tashkilotchisi uchun soliq solish obyekti hisoblanmaydi. Bunda korxonalar (qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar) tomonidan lotereyalar tashkilotchisiga ko‘rsatiladigan lotereya biletlarining sotilishi (tarqatilishi)ga oid xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘iga umumiy belgilangan tartibda tortiladi. Tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ga muvofiq respublika hududiga import qilinadigan ishlar va xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan obyekt hisoblanadi. Markazlashtirilgan manbalar (byudjet pul mablag‘lari, davlat byudjeti tarkibida konsolidatsiyalanadigan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan tashqari), hukumat qarorlari bilan belgilanadigan boshqa manbalar) hisobidan moliyalanadigan obyektlarni qurish chog‘ida tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar obyekt foydalanishga topshirilishiga qadar pudratchining balansida qayd etiladi va pudratchida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydi.
Tugallanmagan qurilish bo‘yicha xarajatlar pudratchida obyektni loyihada nazarda tutilgan ishlarning barcha hajmini bajarish, shu jumladan maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlari, obyektni texnologik va muhandislik uskunalari bilan butlash bo‘yicha foydalanishga topshirish dalolatnomasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan aylanmaga kiritilishi kerak.

    1. Yüklə 306 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin