1-мавзу: “Солиқлар ва солиққа тортиш” фанининг предмети


RЕJА Qo‘shilgan qiymat solig‘i haqida umumiy tushunchalar. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solish obyekti



Yüklə 306 Kb.
səhifə8/14
tarix07.01.2024
ölçüsü306 Kb.
#201654
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Soliqlar va soliqqa tortish (1)

RЕJА





  1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i haqida umumiy tushunchalar.
  2. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solish obyekti.


  3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq imtiyozlari.
  4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi va hisoblash tartibi.





    1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i haqida umumiy tushunchalar.

Davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan to‘ldirish g‘oyasi XX asr boshlarida vujudga kelgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘i ilk bor Germaniyada 1919-yilda Vilgelm fon Simens tomonidan «Veredelte Umsatzteuer» nemischa mukammallashgan aylanma soliq nomi bilan joriy etilgan. Bu soliq turi ilk bor qo‘shilgan qiymat solig‘i nomi bilan fransuz iqtisodchisi M. Lore tomonidan 1954- yilda taklif qilingan va 1960-yilda Kot–d–Ivuar Respublikasi joriy etilib, ushbu mamlakat soliq tizimiga soliq turi sifatida kiritilgan. Dunyo mamlakatlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i undirish tartibi dastlab 1954- yilda fransuz iqtisodchisi M. Lore tomonidan tavsiya etilgan, bu soliq turi bilan bog‘liq fikrlar XX asrning boshlarida vujudga kelgan va jahonning


48 dan ortiq mamlakatlarida joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992-yilda joriy etilgan bo‘lib, bu soliqni huquqiy tartibga soluvchi soliq qonunchiligi hujjati bo‘lib 1991-yil 15- fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi qonun va unga muvofiq ishlab chiqilgan 1992-yil 30-martdagi «Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi» yo‘riqnoma hisoblanadi. Soliq qonunchiligiga muvofiq 1992-yilda dastlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 30 % miqdorida belgilangan. Qo‘shilgan qiymat solig‘i egri (bilvosita) soliq bo‘lib, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo‘shilgan qiymatning bir qismini byudjetga ajratilishidir.



    1. Yüklə 306 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin