1-мавзу: “Солиқлар ва солиққа тортиш” фанининг предмети


Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi va hisoblash tartibi



Yüklə 306 Kb.
səhifə11/14
tarix07.01.2024
ölçüsü306 Kb.
#201654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Soliqlar va soliqqa tortish (1)

Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi va hisoblash tartibi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ- 532-son qaroriga muvofiq 2007 yilda soliq solinadigan barcha aylanmalar bo‘yicha 20 % miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi saqlanib qolindi.


Shuningdek, import qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 (yigirma) foiz stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.
Quyidagilar nol darajali stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi:

  1. erkin almashtiriladigan valyutaga tovarlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) eksporti, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlariga yetkazib berishlar, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa.

Bevosita O‘zbekiston Respublikasi aeroportlari va havo makonida xorijiy havo kemalariga xizmat ko‘rsatish, shu jumladan aeronavigatsiya xizmati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar, agar ularga erkin almashtiriladigan valyutada haq to‘lansa, eksport xizmatlariga tenglashtiriladi va ularga nol stavkasi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.

  1. "bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha erkin almashtiriladigan valyutaga bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar).

  2. chet el diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek mazkur vakolatxonalarning diplomatiya va ma'muriy-texnik xodimlarining, ular bilan birga yashovchi oila a'zolarining, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lib hisoblanmasalar va respublikada doimiy yashamasalar, chet el tarafi tomonidan o‘zaro muvofiqlik tamoyilining qo‘llanilish sharti bilan shaxsiy foydalanish uchun sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).

  3. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali chet mamlakatlarning yuklarini tashish (tranzit tashishlar) bo‘yicha xizmatlar.

  4. suv, issiqlik, gaz ta'minoti bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar.

Korxonalar nol darajali stavka bo‘yicha soliqqa tortiladigan mahsulotlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini "0" stavkasi bo‘yicha hisoblaydilar va ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiy resurslar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish uchun qabul qiladilar. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Sqqs = Say x S / 100; (1),
bunda: Sqqs - iste'molchilardan undiriladigan soliq summasi; Say - soliqqa tortiladigan aylanma;
S - qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.



Yüklə 306 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin