1-mavzu “Soliq nazariyasi” fanining predmeti, mazmuni va
4. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo‘nalishlari.
Soliq siyosatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi eng avvalo iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohatlarni chuqurlashtirishni huquqiy qonunlar nafaqat iqtisodiy balki ham ijtimoiy hamda siyosiy vazifalarni hal qilish asosiy rol o’ynaydi. Respublikamizni soliq siyosatining huquqiy asoslari mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab kuchga kirganligi bevosita mustaqil soliq siyosatini shakllantirish va davlat vazifalarini bajarishga xizmat qilishi fikrimiz dalilidir. Mustaqil soliq siyosatini yuritish davlatning soliq munosabatlari doirasidagi farmon, qonun va qarorlari ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga asoslangan, har tomonlama mustaqil munosabatlarni va barqarorlashtirish yo’lida shakllanadi va rivojlanadi.
Soliq siyosati moliya siyosatining tarkibi sifatida bozor iqtisodiyotining zaruriy qismi bo’lib hisoblanadi. Soliq siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun u ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi shartdir. Soliq munosabatlarini chuqur o’rganish, undan ilmiy xulosalar chiqarish orqaligina soliq siyosatida katta muvaffaqiyatga erishish mumkin bo’ladi.
Soliq siyosatini soliq va soliq tizimini rivojlantirish maqsadida soliq to’lovlari davlat oldida turgan vazifa va chora-tadbirlarni to’liq moliyaviy resurslar bilan ta’minlash imkoniyati yaratilmas ekan, byudjet taqchilligiga duch kelishga to’g’ri keladi. Bunday nuqsonlarni kelib chiqishning oldini olish va mutaxassislardan tashkil topgan koordinatsion kengashni tashkil etish va ularga soliq munosabatlarini dinamik o’zgarishini kuzatish orqali fikrlar va tavsiyalar ishlab chiqish mas’uliyatini yuklash maqsadga muvofiqdir. Bu esa quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasidagi faolligini oshirishni taqozo etadi, ya’ni:
soliqlarni zamonaviy ijtimoiy muhitni yaratishga qaratilishi;
soliqlarni iste’molchilarga tushadigan og’irligini tinimsiz oqilona soliq munosabatlarini qo’llash orqali engillashtirib borishni;
zamonaviy soliq munosabatlarini yuzaga keltirish orqali faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik sub’ektlarining sonini oshira borishi;
soliq munosabatlari har tomonlama boshqa moliyaviy ko’rsatkichlar va ularni o’sishiga monand olib borishiga zaruriy shart-sharoitlar yaratishni;
xo’jalik sub’ektlari va aholini keng qatlamini soliq qonuniyatlariga amal qilishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berishni. Shunday qilib soliqlarni oqilona tartibga solishda, xalq manfaatlari yo’lidagi ta’sirchanligini oshirishda byudjet taqchilligini oldini olishda soliq siyosati muhim o’rin egalomogi lozim. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni, ya’ni kichik biznes korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, korxonalarni modernizatsiyalash orqali ularni turli faoliyat yurg’izishga qaratish, moliyaviy bozorni barqarorlashtirish, aholining keng qatlamini moddiy qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy muhofazani kuchaytirish va xizmatlarni soliqdan kompleks foydalanish orqali amalga oshirish soliq siyosatini barqarorlashtirishga qaratilishi bilan hal etilishi mumkin.
Soliqlar davlat byudjetining asosiy qismini tashkil etishda manba vazifasini bajarishi bois davlat soliq siyosati orqali soliq munosabatlarini tartibga keltirib turadi shu tariqa davlat soliq siyosatini ishlab chiqishning asosiy tashkilotchisi sifatida maydonga chiqadi. Davlat o’z moliyaviy idoralar faoliyatini soliq siyosatini ishlab chiqishga va amaliyotda qo’llanishiga jalb etadi. Soliq siyosatini ishlab chiqayotganda soliq munosabatlari doirasidagi yutuqlar va kamchiliklarni e’tiborga olish, ularni o’rganib chiqish orqali soliq hisobi, to’lovi va amal qiluvchi soliq elementlarini o’zgarishini e’tiborga olishi zarur.
Chunki, davlatning soliq siyosatini faol yuritishdagi roli bozor iqtisodiyoti munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishda namoyon bo’ladi. Buning uchun davlat o’z soliq siyosatida soliq stavkalarini kamaytirish orqali byudjet barqarorligini ta’minlash, “yuqori soliq stavkalari va soliqlarni to’lashdan ommaviy qochish”, “past soliq stavkalari va soliqlarni ixtiyoriy to’lash” g’oyasini bosh vazifa qilib olishi kerak. Bu esa soliqlar orqali boshqarish usularini takomillashtirish bo’yicha qo’yidagilarni amalga oshirishni taqozo etadi, ya’ni:
soliq bo’yicha imtiyozlarning samaradorlik darajasini oshirish uchun qo’yidagi tadbirlarni amalga oshirishni;
moliyaviy sanktsiya hamda ma’muriy jarimalar tekshirish natijasida aniqlangan, byudjetga etkazilishi mumkin bo’lgan zarar miqdoriga nisbatan qat’iy belgilangan foizlarda undirib olinishi.
Shularni inobatga olgan holda soliq siyosatini iqtisodiytni rivojlantirishdagi ta’sirchanligini yanada oshirishga erishish mumkin bo’ladi.Respublikamizning mustaqillikka erishishi, o‘zining mustaqil soliq tizimini shakllantirishni ham taqazo etardi. Shundan kelib chiqib, mustaqillikning dastlabki yillaridan e’tiboran mustaqil soliq tizimini shakllantirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirila boshlandi va ushbu islohotlarning samarasi o‘laroq hozirgi paytga kelib respublikamizda bir qadar o‘ziga xos bo‘lgan soliq tizimi shakllantirildi. O‘ziga xos bo‘lgan soliq tizimining shaklantirilishini soliq siyosatining samarasi sifatida e’tirof etish mumkin. Respublikamiz davlatchilik shaklidan kelib chiqib respublikamizda respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan umumdavlat soliqlari va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishga qaratilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar amal qiladi. Soliqlarning byudjetlar o‘rtasida taqsimlanishi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi bilan mustahkamlangan bo‘lib, unga muvofiq respublikamiz soliq tizimida amal qiladigan har bir soliq turi u yoki bu byudjetga tushishi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ayrim umumdavlat soliqlari mahalliy byudjetlarga to‘liqligicha biriktirilishi yoki ulardan tushumlar respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Ushbu tizim bir necha yillardan buyon mahalliy byudjetlar kamomadini bartaraf etish maqsadida amaliyotda samarali qo‘llanilib kelinmoqda.
Shu o‘rinda yuridik shaxslarni soliqqa tortishning muhim tartiblariga alohida to‘xtalib o‘tish zarur. Respublikamiz soliq qonunchiligida hozirgi vaqtda soliqqa tortishning umumbelgilangan tizimi bilan bir qatorda, amaldagi barcha soliqlar o‘rniga birgina soliqni to‘lashni ko‘zda tutuvchi soliqqa tortishning alohida tartiblari ham mavjud. Bu tartib quyidagilar uchun ko‘zda tutilgan:
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
- soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimidan foydalanayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari;
- qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalari;
- lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar;
- tadbirkorlik faoliyatining alohida turlari bilangina shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (bilyardxonalar, qisqa muddatli avtomobil saqlash joylari, bolalar o‘yin avtomatlari).
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibidagi o‘ziga xoslikni mamlakatimiz soliq tizimining muhim xususiyati sifatida e’tirof etish lozim. Chunki respublikamiz soliq qonunchiligiga muvofiq bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim bo‘lgan sohalar alohida tartib bo‘yicha soliqqa tortilib kelinmoqda.
Shuningdek, mamlakatimiz soliq tizimining muhim xususiyatlari sifatida soliq to‘lovchilarga nisbatan ko‘zda tutilgan imtiyozlarni ham qayd etish mumkin. Jumladan eksport faoliyatini rag‘batlantirishga, xorijiy investitsiyalar kirib kelishini rag‘batlantirishga qaratilgan, aholining ijtimoiy shart-sharoitini hisobga olgan holdagi imtiyozlarni ularning ifodasi sifatida keltirib o‘tish mumkin.
Iqtisodiy adabiyotlarda soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ikki yo‘nalish: korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati va aholining turli ijtimoiy guruhlari uchun soliq siyosati kabi yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganiladi.46 Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida davlat soliq siyosatining asosiy yo‘nalishi bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan qator ilmiy asoslangan soliqlarni joriy etish va shu orqali mavjud soliq tizimini tubdan qaytadan tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Soliq siyosatining keyingi yo‘nalishi esa joriy etilgan soliqlarni samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida soliq munosabatlarini amalga oshiruvchi tegishli muassasalarning tashkil etishga qaratildi. Xususan, dastlab Vazirlar Mahkamasi qoshida Soliq bosh boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lsa, 1994 yilga kelib bu boshqarma Davlat Soliq Qo‘mitasiga aylantirildi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Bundan ko‘rinadiki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida soliq siyosatida asosan tashkiliy jihatlarga e’tibor qaratildi, ya’ni soliqlarni joriy etish va soliq siyosatini bevosita amalga oshiruvchi tegishli muassasalar shakllantirildi.
Bu davrdagi soliq siyosatining asosiy xususiyatlaridan biri soliqlarning ko‘proq fiskal ahamiyat kasb etishida, ya’ni ko‘proq e’tibor davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratildi.
Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo‘nalishlariga katta e’tibor beriladi:
1) har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo‘jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni bozor munosabatlariga kirib borishiga har tomonlama yordamlashish;
2) ijtimoiy-zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlatni kerak bo‘lgan moliyaviy manbalar bilan ta’minlash;
3) bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish;
4) aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash va ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan oshirib borish. Bunda «iste’mol savatchasi» ma’lumotlarini e’tiborga olish.47 Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirish, bilvosita soliqqa tortish samaradorligini ta’minlash, resurs soliqlariga ko‘proq e’tibor qaratish, soliq tizimining soddaligiga erishish, davlat xarajatlarini optimallashtirish kabilarni qayd etish mumkin.
Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ko‘p bora ta’kidlanmoqda. Bunda birinchi navbatda ularning daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog‘ini kamaytirish lozimligi alohida ahamiyatga ega. Buning natijasida, korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar ulushining ko‘payishi evaziga uning aylanma mablag‘lari miqdorini ko‘paytirib borish va optimal darajasini saqlash, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadida ko‘proq investitsiya kiritish, xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish imkonini beradi.
Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortilishini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan soliq stavkalarini kamaytirish va aholi daromadlarini soliqqa tortishning uch bosqichli tizimidan ikki bosqichli tizimiga asta sekin o‘tish kontseptsiyasini davom ettirish vazifasi turibdi.
Bevosita soliqlar bo‘yicha soliq yukini izchil kamaytirish soliq siyosatining samaradorligini YaIM ga nisbatan ular tushumining barqaror kamayishi tendentsiyasi ham isbotlaydi. Soliq tizimini takomillashtirishda ustuvor ahamiyat bilvosita soliqqa tortishga qaratilgan. Bilvosita soliqlar tovarlarga nisbatan qo‘shimcha bo‘lgani holda, pirovard natijada ishlab chiqaruvchining moliyaviy holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi hamda ishlab chiqarishni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmaydi.
Resurs soliqlari yer, suv va boshqa tabiiy boyliklardan samarali foydalanishni ta’minlovchi amaliy vosita bo‘lgani holda bozor iqtisodiyotida tabiiy resurslardan foydalanish va kelajak avlodlar uchun saqlash borasida muhim rol o‘ynaydi.
Soliqqa tortish tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri soliq tizimini tartibga solish, soliq turlarini kamaytirish, hisob-kitob mexanizmini soddalashtirish va ular bo‘yicha to‘lov davriyligini kamaytirish hisoblanadi.
Soliq siyosati choralarini ishlab chiqishda eng muhim vazifalardan biri davlat xarajatlarini o‘z vaqtida va mo‘ljallangan hajmda moliyalanishi uchun soliq tushumlarining etarliligi hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, soliq yukini kamaytirish borasidagi siyosatni byudjetning xarajatlar qismini optimallashtirish choralari bilan qo‘shib olib borilishini taqozo etadi.48