5. Soliqlar va maxsus soliq rejimlari. O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq turlari mavjud:
1) qo’shilgan qiymat solig’i;
2) aktsiz solig’i;
3) foyda solig’i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
5) er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig’i;
8) er solig’i;
9) ijtimoiy soliq.
O’zbekiston Respublikasi hududida yig’imlar belgilanishi mumkin. Shuningdek, yig’imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to’lash tartibi oliq kodeksida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Avtotransport yig’imini hisoblab chiqarish va to’lash tartibi soliq kodeksi bilan tartibga solinsa, davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Soliq to’lovchilarning ayrim toifalari uchun O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilangan:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog’liq holda muayyan muddat uchun belgilangan bo’lib, maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to’lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo’llashni nazarda tutadi.
Mavzuga oid nazorat savollari:
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati deganda nimani tushunasiz?
Soliqlarning ob’ektiv zarurligi nimalarda ko’rinadi?
Soliqlarning xususiyatlarini tushuntirib bering?
Soliq elementlari tarkibiga nimalar kiradi?
Soliq solish ob’ekti deganda nimani tushunasiz?
Soliq solish tamoyillarini aytib bering?
Soliqlarning fiskal funktsiyasini tushuntirib bering?
Qanday maxsus soliq rejimlari bilasiz?
Soliq tizimida qanday soliq turlarini bilasiz?
Soliqlar davlat byudjetining qaysi qismini shakllantiradi va nima sabablardan iborat?
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |