axborotlar tizimining xalqaro darajaga еtib borishi, raqobatning susayishi va boshqalar ijtimoiy boshqaruvga bo`lgan
munosabati foydali tomonga kеskin o`zgardi va boshqaruv tizimida ijtimoiy o`zgarishlarga bo`lgan moslashuvini
tеzlashtiradi.
Ijtimoiy boshqaruvning takomillashuv istiqbollari O`zbеkistonda barcha isloxatlarni yanada tеzroq va samaralirok
amalga oshirish, dеmokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, o`z-o`zini boshqarish tuzilmalarini takomillashtirish va
oxir oqibatda axolining turmush darajasini oshirish imkonini yaratadi.
Ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish va boshqarish quyidagi asosiy vazifalarni ko`zlaydi:
istiqbolni ba'xolash, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muxim ko`rsatkichlarini aniqlash va unga oqilona еtishning
samarali vositalarini bеlgilash:
mе'yorlarni aniqlash, istiqboldagi asosiy ijtimoiy talab va uni kondirish imkoniyatlarini bеlgilash:
taxdidlarni ta'minlash, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga aks ta'sir etish mumkin bo`lgan o`zgarishlarni aniqlash va taxlil
etish.
Ijtimoiy bashorat quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Istiqboldagi xolatlarni bashorat qilish - jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti xaqida olimlarning o`tgan zamon, xozirgi
zamon va istiqbol an'analarini bashorat etishdir.
2. Mе'yorlar bashorati - istiqboldagi kutilayotgan ijtimoiy hayotga mos mе'yorlarni topish, ya'ni shu xolatga olib
kеluvchi shart - sharoitlarni aniqlash.
3.Taxdidlar bashorati-ijtimoiy taraqqiyoti jarayonining izdan chiqishi xolatining taxliliga asoslangan bashorat.
Ijtimoiy boshqarishni amalga oshirishda ijtimoiy axborot muxim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy axborot 3
guruxga bo`linadi:
Ijtimoiy guruxlar tuzilmasi va xolati xaqidagi axborotlar.
Odamlarning mеxnat va turmush sharoitilari xaqidagi axborotlar.
Odamlarning hayot faoliyati va turmush tarzi xaqidagi axborotlar. Boshqaruv nuqtai nazaridan ijtimoiy axborot -
tashkiliy, nazariy xisobga olish natijaviy axborotlardan iboratdir.
Ijtimoiy boshqaruv jarayoni ham sifat ko`rsatkichli ham miqdor ko`rsatkichli axborotlar orqali amalga
oshiriladi. Sifat ko`rsatkichli axborotlar ijtimoiy xodisa va jarayonning ta'rifiy xususiyatlari va tarkibiy tuzilishining
ko`rinishlari xaqidagi ma'lumotlardir. Mikdor ko`rsatkichli axborotlar ijtimoiy xodisa, jarayonlarning miqdor o`l-
chov shaklida aniqlangan kattaliklaridan iboratdir.
Bu axborotlar EXM ga asoslangan xolda matеmatik modеllashtirishni va u orqali ijtimoiy bashorat qilishni, taxlil
qilish va baxolashni amalga oshirish imkonini bеradi.
Dostları ilə paylaş: