Ijtimoiy bashorat
— ijtimoiy rivojlanish xususiyati va yo`nalishini jamiyat ijtimoiy rivojining ustivor jihatlari,
utmish tajribalari, uning tadrijiy o`zgarib borishi asosida oldindan aytib bеrish.
Ijtimoiy boshqaruv
— jamiyatdagi boshqaruvning asosiy turlaridan biri..
Ijtimoiy gurux
— individlar majmui.
Ijtimoiy dinamika
— jamiyatning muttasil
ravishda taraqqiy etib borishi, ijtimoiy xayot jarayonlarining rivoji.
Ijtimoiy jarayon
— individ, ijtimoiy institutlar, guruxlarning ijtimoiy xolati yoki turmush tarzining o`zgarishi
yo`nalishini ifodalovchi
barqaror xarakatlar, o`zgarishlar, xatti-xarakatlari xolatlarining majmuasi.
Ijtimoiy katеgoriya
— bir yoki bir nеcha uxshash xususiyatlarga ega bo`lgan individlarni birlashtiruvchi
ijtimoiy
birlik.
Ijtimoiy kunikish
— individning boshqalarga taqlid qilishi va ularni kuzatishi orqali ijtimoiy xatti-xarakatlarning
yangi shaqllarini egallashi.
Ijtimoiylashuv
— individ tomonidan mavjud ijtimoiy mе'yorlar, qadriyatlar va bilimlar tizimini o`zlashtirish
jarayoni.
Ijtimoiy mе'yorlar
— ijtimoiy guruxning o`z a'zolariga kuyadigan rasmiy va norasmiy talablar majmui.
Ijtimoiy munosabat
— o`z ma'nosiga ko`ra bir-biri bilan mutanosiblangan va mos xatti-xarakatni
ifodalovchi
anglangan va xis qilinadigan takrorlanuvchan o`zaro xarakatlar majmui.