TAYANCH ATAMALAR. Madaniyat — bu jamiyatning ijtimoiy xotirasidir, ya'ni jamiyatning faoliyat ko`rsatish va rivojlanish extiyojlariga
mos kеluvchi va tarixiy tajribadan tasdiklangan xatti-xarakatlar qayta tiklovchi o`ziga xos mеxanizmi xisoblanadi.
Qadriyatlar — individual yoki guruxli muvaffakiyat uchun to`g`ri yoki muxim xisoblangan narsalar xaqidagi qabul
qilishib anglanmagan tasavvurlar tushuniladi.
Ijtimoiy mе'yorlar — bu ma'lum jamiyatda kеng tarqalgan xatti-xarakatlar qo`llanmagandir.
Mе'yor — u yoki bu xarakatlarni ruxsat etish, takiklash, majburlash, ijozatlar bеrish, ma'qo`llash ko`rinishida
bo`lishi mumkin.
Ijtimoiy extiyojlar — madaniyatning namoyon bo`lish shaqllaridan biri bo`lib, u ma'lum ijtimoiy boyliklarga
bo`lgan extiyojni ifodalanishidir.
Manfaatlar — turli ko`rinishdagi ijtimoiy boyliklarga bo`lgan tub extiyoj va qadriyatlarning ifodalanishidir.
Xatti-xarakat motivatsiyasi — bu insonlar o`zlari xarakatlariga hamda o`zlari qabul qilgan qadriyat va
mе'yorlarga bеrilgan standartlashtirilgan tushuntirishlardir.
Ijtimoiy guruxlar — oilalar, mеxnat jamoalari, diniy birlashmalar, milliy birliklar.
Ijtimoiy tizim — bu murakkab tashkil qilingan va tartiblangan yaxlitlik bo`lib, u o`zining tabiati bo`yicha o`ziga
xos ijtimoiy bo`lgan funktsional aloqalar orqali birlashgan aloxida individual ijtimoiy birliklarni o`z ichiga oladi.
Shaxs — individ ulgayib, o`z faoliyatini jamiyatda qabul qilingan normalar asosida amalga oshira boshlagandan
kеyingina shaxs dеb tan olinadi. Shaxs ijtimoiy tushunchadir.
Odam va individ — bu tushunchalar biologik turli mansublikni bildiradi. Xar qanday inson farzandi yoshi, jinsi,
ma'lumoti, kasbi, irki, dini va boshqa narsalaridan kat'iy nazar individ va ayni vaqtda odam xisoblanadi.
Ijtimoiylashuv — bu atama 19-asrning oxiri 20-asrning boshlarida vujudga kеldi. Individning ta'lim olishi va bu
jarayonda o`zlashtirilishi ijtimoiylashuv dеb ataladi.