O‘z funksiyalarini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi quyidagi vakolatlarga ega:
davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirish;
davlat statistika kuzatuvlari shakllarini tasdiqlash va idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishish;
jismoniy va yuridik shaxslardan, yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlarini, so‘rash, olish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish;
statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi sub’ektlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
statistika ma’lumotlarining ishonchliligi va to‘liqligini belgilangan tartibda tekshirish;
xalqaro statistika va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
statistika sohasidagi seminar va yig‘ilishlarni, xalqaro tadbirlarni, tashkil qilish va ishtirok etish.
Dostları ilə paylaş: |