Analitik guruhlash - bu belgilar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni tasvirlovchi guruh-lashdir.
Analitik guruhlash deb ikki va undan ortiq belgilar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni ta’riflovchi guruhlash ataladi.
Analitik guruhlashda ikki toifadagi belgilar ishtirok etadi: biri - omil belgilar, ikkinchisi - natijaviy belgilar. Natijaviy belgi deb boshqa belgilar ta’siri ostida o’zgarayotgan belgi ataladi, omil belgi esa unga ta’sir etayotgan, uni o’zgarishiga sabab bo’layotgan belgi yoki belgilardir.
Analitik guruhlash odatda omil belgi yoki belgilar asosida tuziladi, har qaysi guruh esa natijaviy belgilar bilan ta’riflanadi.
Oddiy yoki bir o’lchamli guruhlash bir belgi asosida, murakkab yoki ko’p o’lchamli guruhlash ikki va undan ortiq belgilar asosida tuzi-ladi.
Guruhlash bir yoki bir necha belgilar asosida tuzilishi mumkin. Bir belgi asosida tuzilgan guruhlash oddiy yoki bir o’lchamli, ikki va undan ortiq belgilar asosida qurilgan guruhlash murakkab yoki ko’p o’lchamli guruhlash deb ataladi. Bir omil belgi asosida tuzilgan analitik guruhlash o’rganilayotgan omil bilan natijaviy belgi orasidagi bog’lanishni aks ettirsa ham, ammo bu bog’lanish sof holda yuzaga chiqmaydi, chunki omilning o’zi boshqa omillar ta’siri ostida shakllanadi va shu sababli natijaviy belgi o’zgaruvchanligi bevosita o’rganilayotgan omil ta’siridan tashqari yana yot «shovqun» ga ham bog’liqdir.
Statistik guruhlashning yuqoridagi turlari dastlabki har bir ob’ektga tegishli ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. SHuning uchun birlamchi guruhlash deb yuritiladi. Lekin bunday birlamchi guruhlashlar bilan bir qatorda ularning natijalarini qayta ishlash yo’li bilan tuziladigan ikkilamchi guruhlash ham mavjuddir. Bu usulga odatda birlamchi guruhlash natijalari maqsadga muvofiq bo’lmasa, yoki ularni taqqoslash maqsadiga moslashtirish zarurati tug’ilganda murojaat qilinadi. Ikkilamchi guruhlash ikki yo’l bilan amalga oshiriladi.:
birlamchi guruhlar oraliqlarini ixchamlashtirib maqsadga muvofiqlashtirish;
umumiy yig’indiga nisbatan ayrim guruhlarning salmog’ini ixtisoslashtirish.