1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə1/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#209092
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
маъруза статистика


1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish

    1. Statistika predmeti.

    2. Statistika tafakkur, ehtimollar, kata sonlar qonuni, statistik qonuniyatlar

    3. Statistik to’plam mazmuni va xususiyatlari




    1. Statistika predmeti

Statistika deganda ma’lumotlar to’plash jarayoni ham ularni qayta ishlab, xolisona va aniq talqin etish qoidalari ham tushuniladi. Ana shu mazmunda statistika - ham fan, ham faoliyat sohasi, ham kasb turidir. U uyushtirilgan bilim tarmog’i ham, maqsadlarni amalga oshirish uchun kuchli qurol ham, kasbkorlik faoliyati sohasi ham hisoblanadi. Ko’zga ko’ringan iqtisodchi olim E.Keyn shohidlik qilishicha, ma’muriy muassasalarda ishlarni tasniflashga oid amerika ma’lumotnomasida statistika quyidagicha ta’riflanadi: “Statistika faktlarni xulosalar yasash uchun asos sifatida to’plash, tasniflash va miqdoriy baholash haqidagi fandir”1 SHu jihatdan u tasviriy statistika nomi bilan ham yuritiladi.
Predmet so’zi bir necha lug’aviy ma’noga ega. Bu:
-bizdan tashqarida va ongimizga bog’liq bo’lmagan mavjudot, moddiy buyum, narsa;
-o’rganiladigan hodisa, voqea, fakt;
-fikr yuritish ob’ekti, fikrlash mazmunini tashkil etuvchi biror narsa yoki qandaydir xarakat yo’nalgan narsa;
-fan mazmunini belgilovchi bilimlar doirasi;
-mavzu, sabab.
Statistika predmeti deganda statistika o’rganadigan ob’ekt, uning jihatlari va rivojlanish qonuniyatlari, statistik fikrlash, tushuntirish mazmunini tashkil etuvchi voqealar, ularning mohiyatidan kelib chiqadigan sabab-oqibat bog’lanishlar, statistika fanining mazmunini yoritib beradigan bilimlar doirasi nazarda tutiladi. Bu masalaga statistika qo’llanish sohalari ham aloqadordir.

Tasviriy statistika - bu ma’lumotlar to’plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish yo’llaridir.


Demak, tasviriy statistika deganda axborotlar to’plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish yo’llari nazarda tutiladi. Uning diqqat markazida ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash turadi. Tasviriy statistika ma’lumotlarni samarali to’plash, tartibga solish va umumlashtirilgan statistik axborotlar olish usullarini ishlab chiqish va amalda qo’llash bilan shug’ullanadi. Bu ishda EHM dan foydalanish muhim masala hisoblanadi. SHuning uchun iqtisodchi mutaxasislar, statistiklar EHM yordamida axborotlar to’plash, ishlash va saqlash qoidalarini chuqur bilishlari lozim.
SHunday qilib, statistika atamasi ko’p qirrali tushuncha bo’lib, hozirgi kunda u quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:
-statistika deganda turmushimizning turli tomonlari - iqtisodiy, madaniy, siyosiy, ma’naviy, sotsial-psixologik, ijtimoiy-demografik va hokazo hodisalar hamda atrof-muhit holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Bunday mazmunda bu so’z ko’proq davriy matbuot sahifalarida va axborot vositalarida ishlatiladi;
-ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash jarayoni ham statistika deb yuritiladi;
-statistik ko’rsatkichlarni hisoblaydigan va saqlaydigan, axborot xizmatlarini ko’rsatadigan maxsus tashkilotlar nazarda tutilganda ham statistika so’zi foydalaniladi. Masalan, gazeta saxifalarida “statistika bergan ma’lumotlarga ko’ra” degan ibora tez-tez uchrab turadi;
-yirik korxona va idoralarda xo’jalik faoliyat haqidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va hisobotlar tuzish bilan shug’ullanadigan bo’lim nomi ham statistika deb yuritiladi;
-statistika deb maxsus ilm-fan yo’nalishi ham ataladi;
-statistika deganda turli ilmiy-texnika sohalarida gipotezalar yasash, baholash va yechimlar qabul qilish jarayonida statistik uslubiyatni tadbiq qilish ham tushuniladi;
-nihoyat, matematikada turli mezonlar va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar statistika deb yuritiladi.




    1. Yüklə 0,87 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin