1.4. Statistika fanining tarmoqlari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Statistika ko`p tarmoqli ijtimoiy fandir. Uning tarmoqlarini shartli ravishda quyidagicha turkumlash mumkin (1.1-chizma).
Statistikaning bunday tarkibiy qismlarga bo`linishi o`rganiladigan ob`ektlar xarakteri bilan belgilanadi.
Statistika fani uchun umumiy xos bo`lgan xususiyatlarni statistikaning umumiy nazariyasi o`rganadi. Agar statistika tarixi shu fanning kelib chiqishi, shakllanishi, tashkil topishi, uning rivojlanish boskichlarini batafsil o`rgatsa, matematik statistika esa tarmoqlararo balanslarni tuzish, korrelyatsion-regression tahlil usullarini qo`llash, ko`p variantli bashorat (istiqbolli) larni tuzish yo`llarini o`rgatadi.
Umumiy nazariy statistika
Ijtimoiy statistika
Iqtisodiy statistika
Makroiqtisodiy statistika
Mikroiqtisodiy statistika
Statistika tarixi
Statistika nazariyasi
Matematik statistika
Aholi statistikasi
Jinoyat va sud statistikasi
Sog’liqni saqlash statistikasi
Mehnat statistikasi
Maorif statistikasi va hokazo.
Mintaqaviy (hududiy) statistika
Xalqaro statistika
Moliya statistikasi
Bozor iqtisodiyoti statistikasi va h.k.
Sanoat statistikasi
Qishloq xo`jaligi statistikasi
Savdo statistikasi
Qurilish statistikasi
Transport va aloqa statistikasi
Kommunal xo`jalik statistikasi
Kichik qo`shma korxona, fermer xo`jaligi statistikasi va h.k.