“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 235
J: Dp = ((Bpp - Kvp) x Sr) : Bsp
Bunda
Dn – (qayta sug‘urtachining ishlab topilmagan mukofot zahirasidagi ulushi)
Bpp – (sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta shartnomasining brutto
mukofoti) = 500 000 so‘m
Kvp – (sug‘urta shartnomasi bo‘yicha olingan komission mukofot) = 100 000
so‘m
Sr – (sug‘urtalovchi tomonidan shakllantirilgan ishlab topilmagan mukofot
zahirasi) = 300 000 so‘m
Bsp – (sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bazaviy sug‘urta mukofoti) = 800 000
so‘m.
Demak
Dn = ((500 000 – 100 000) x 300 000) : 800 000 = 150 000 so‘m
Masala 3. Sug‘urtalovchi odatda sug‘urta zahiralarini hisoblashda bir vaqtning
o‘zida qayta sug‘urtaga berilgan shartnomalar bo‘yicha qayta sug‘urtachining
mazkur zahiradagi ulushini ham hisoblab boradi. Bu hisob har bir alohida sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha hisoblanadi. N sondagi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qayta
sug‘urta shartnomasining brutto mukofoti -400 000 so‘m, qayta sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha olingan komission mukofot – 90 000 so‘m, sug‘urtalovchi
tomonidan shakllantirilgan ishlab topilmagan mukofot zahirasi – 200 000 so‘m,
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bazaviy sug‘urta mukofoti – 700 000 so‘m.
Qayta sug‘urtachining ishlab topilmagan mukofot zahirasidagi ulushini
toping?
Masala 4. Yong‘in natijasida zavodning tayyor mahsulot sexi yonib ketdi.
YOng‘indan keyingi qolgan mulklar: bino qiymatining 15 foizini tashkil qiluvchi
bino poydevori. Sex 6 yil oldin qurilgan bo‘lib, uning balans qiymati 100 mln.
so‘mdan tiborat.YOng‘indan keyin sex hududini tozalash uchun texnika va ishchi
kuchi jalb qilindi va buning uchun 500 ming so‘m sarflandi. Amaldagi
amortizatsiya qiymati – 2.2 foiz. Sug‘urta hodisasi natijasida zavodga etkazilgan
zarar qiymatini aniqlang.