“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
276
KIRISH
Oliy ta’limda tayyorlanayotgan mutaxassislarning sifat darajasi ko‘p
jihatdan mustaqil ishlarni tashkil etish holatiga bevosita bog‘liq. Chunki barcha
fanlar bo‘yicha mustaqil ta’limga ajratilgan mavzular ham bevosita o‘rganilishi
shart. Keltirilayotgan jihat “Sug‘urta ishi”, “Sug‘urta biznesi”, “Hayot sug‘urtasi”
“Sug‘urta ma’murchiligi” faniga ham taalluqlidir. Mamlakatimizdagi iqtisodiy
taraqqiyotning
bugungi
bosqichida
aksiyadorlik
jamiyatlari
faoliyatini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bugungi kunda bu fanni chuqur
o‘rganish iqtisodiy islohotlarga hamohanglikni ta’minlaydi. Shundan kelib chiqqan
holda mustaqil ishlashni samarali tashkil etish dolzarb masalalardan biridir.
Yuqoridagilar asosida “Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti” fanidan mustaqil
ta’limni tashkil etishda alohida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini o‘rganishni
maqsadga muvofiq, deb topdik. Bunda barcha talabalar uchun mavzu bir xil bo‘lib,
“Sug‘urta kompaniyasi (“O‘zbekinvest hayot” AJ misolida)” deb nomlanadi.
Mustaqil ta’limni bunday tartibda tashkil etishdan maqsad sug‘urta
kompaniyalarining ish yuritish faoliyati bilan bevosita tanishish, ular faoliyatini
tahlil qilish hamda tegishli aniq xulosalar shakllantirishdan iborat.
Alohida vazifalar sifatida esa belgilangan rejadagi topshiriqlarni to‘liq
bajarish hamda mazmunli taqdimot qilish ekanligini keltirishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: