Investitsiya
faoliyatidan
daromad
Sug‘urta faoliyatidan
daromad
Су
ғу
рт
а
м
уко
ф
о
тл
ар
и
с
ум
м
ас
и
Qayta cug‘urtalash
bo‘yicha zararlarni
qoplash summasi
Komission va brokerlik
rag‘batlantiruvi summasi
Sug‘urta
mukofotlari
Birgalikda
sug‘urtalash
mukofotlari
Qayta
sug‘urtalash
mukofotlari
Ko‘chmas mulk
Nizom jamg‘arma-
sidagi ulushlar
Bank depozitlari
Qimmatli qog‘ozlar
Kreditlar
Boshqa
investitsiyalar
108
Sug‘urta tashkiloti daromadlarini guruhlashning turli variantlari mavjud. Ular
ichida manbalarga ko‘ra, olingan daromadlarni uch guruhga bo‘lishga asoslangan
variant keng qo‘llaniladi (1-rasm):
a) sug‘urta faoliyatidan olingan daromadlar. Sug‘urta operatsiyalarini
amalga oshirishdan olingan daromadlar sug‘urtachi daromadlarining asosiy manbai
hisoblanadi.
Bu daromadlarning asosiy qismi sug‘urta shartnomalari bo‘yicha undirilgan
mukofotlar hisobiga shakllantiriladi. Sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlari
hajmiga sug‘urta majburiyatlari portfelining tarkibi va tuzilishi, tarif siyosati,
marketing strategiyasi hamda boshqa qator omillar o‘zaro bog‘liqlikda ta’sir etadi.
Masalan, ishlab chiqilgan marketing strategiyasini unga mos bo‘lgan tarif
siyosatisiz amalga oshirib bo‘lmaydi, o‘z navbatida, muvaffaqiyatli amalga
oshirilgan marketing strategiyasi sug‘urta portfeli balanslashuvini ta’minlaydi va
aksincha.
Sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlariga bozor kon’yunkturasi,
inflyasiya sur’ati, me’yoriy qonunchilik bazasi, amaldagi soliqqa tortish tizimi,
sug‘urta bozorining monopollashganlik darajasi, kredit foizi dinamikasi,
mamlakatdagi ijtimoiy himoyaning holati va boshqa qator omillar ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar ta’sirining qandayligidan qat’iy nazar
amaliyotda sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlari oqimi ortishi yoki
kamayishi hodisasi kuzatiladi.
O‘zaro kelishuv shartnomasiga muvofiq sug‘urta tashkiloti sug‘urta
riskining ma’lum ulushi bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu jarayonda
u sug‘urta operatsiyalarini birgalikda sug‘urtalash mexanizmi orqali sug‘urta
mukofotining mos bo‘lgan qismi o‘z hisobiga o‘tkazilishidan ham daromad olishi
mumkin.
Sug‘urta tashkilotining yana bir daromad manbai qayta sug‘urta tizimida
qatnashish orqali mukofotlar ulushini undirishdir. Bu ulushning qanday kattalikda
bo‘lishi qayta sug‘urtalashning rivojlanganlik darajasi, unga bo‘lgan talab, qayta
109
sug‘urtalovchilarning kasbiy etukligi kabi omillar hamda birlamchi sug‘urta
bozori ko‘lami, sug‘urta risklarining hajmi kabilarning ta’siriga bog‘liqlikda
kechadi.
Sug‘urta tashkiloti qayta sug‘urtalashni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lsa,
u sug‘urta hodisasi yuz berganda shartnoma shartlariga binoan qayta
sug‘urtalashga o‘tkazilgan risklar bo‘yicha zarar qoplamasidagi ulushini ham
undirib oladi.
Sug‘urta tashkiloti vositachilik vazifasini ham bajarishi mumkin. Masalan,
riskni qayta sug‘urtalashga o‘tkazish jarayonida sug‘urtachi vositachilik haqini
undirib oladi. Sug‘urta tashkiloti ayrim holatlarga ko‘ra, riskni boshqa
sug‘urtachiga siylov etishi orqali vositachilik va brokerlik rag‘batlantirishlarini
olishdan ham daromad ko‘rishi mumkin.
Teng ulushdagi qayta sug‘urtalash shartnomasida qayta sug‘urtachiga tantem
to‘lovlari ham nazarda tutilishi sug‘urtachining qayta sug‘urtalovchining foydasida
o‘z ulushiga ega bo‘lishi shaklidir.
B) investitsiya joylashtiriluvidan olingan daromadlar. Sug‘urta tashkilotining
ushbu faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq emas.
Sug‘urtachining investitsiya joylashtirish imkoniyati sug‘urta mukofotlari
hisobidan yuzaga keladi. Odatda, sug‘urta mukofotlari ma’lum vaqt oralig‘ida
sug‘urtachi ixtiyorida bo‘lishi davrida amaldagi me’yoriy qoidalarga asoslanib,
daromad aktivlariga joylashtirilishi unga investitsiya daromadlarini keltiradi.
Investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha uzoq muddatga hayotni sug‘urtalash zaxiralari
ko‘proq manfaatlidir.
Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan oladigan daromadlari
tarkibi:
- bank jamg‘armalari foizlari;
- aksiyalardan dividend foizlari;
- qimmatli qog‘ozlardan daromadlar;
- ko‘chmas mulkdan olingan daromadlar kabilardan iborat bo‘ladi.
Bu faoliyatning ahamiyatli jihati shundaki, sug‘urtachi o‘z mijozlariga bonus
to‘lovlarini aynan investitsiya joylashtiriluvidan oladigan manbalari hisobidan
to‘laydi.
Investitsiya bozorlari rivojlangan mamlakatlarda ushbu faoliyatdan
sug‘urtachining olgan daromadlari ayrim sug‘urtalash turlari bo‘yicha sug‘urta
operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga kelgan zararlarni qoplash imkoniyatini
bermoqda.
Shu nuqtai nazardan sug‘urta tashkiloti investitsiya faoliyatini samarali olib
borishi uning daromad manbalari tarkibida muhim ahamiyat kasb etadi.
V) sug‘urta tashkilotining boshqa daromadlari. Sug‘urtachi sug‘urta
operatsiyalarini amalga oshirishi va investitsiya joylashtiriluvidan tashqari boshqa
faoliyatdan ham daromad olishi mumkin.
Bunday daromadning manbalari:
- depo mukofotlar hisobiga o‘tkazilgan foiz summalari;
- regress tartibida olingan summalar;
110
- asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan
foyda;
- ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar;
- sug‘urta zaxiralarining qaytim summalari;
- o‘qitish, maslahat ishlarini olib borish bo‘yicha undirilgan to‘lovlar
hisoblanadi.
Sug‘urtachining sug‘urta xizmatlarini sotuvidan tashqari olgan
daromadlari asosan o‘z filiallariga ish qog‘ozlarini (hisobot blanklari va shu
kabilarni) tayyorlab berish, ularning yangi «mahsulot»ini reklama qilish kabilar
hisobiga olinadi. Ayrim hollarda ular ijara munosabatlari orqali ham
shakllantiriladi. Sug‘urtachining sotuvdan tashqari daromadlarini hajmi sug‘urta
tashkilotining kattaligiga bog‘liqdir.
Sotuvdan tashqari daromadlarni olish uchun amalga oshirilgan xarajatlarni
sug‘urta faoliyatiga yoki sug‘urtadan boshqa faoliyatga taalluqli ekanligini
aniqlash murakkab kechadi. SHuningdek, sug‘urta tashkiloti ma’lum bir sug‘urta
turi bo‘yicha sug‘urtalashni amalga oshirmayotgan bo‘lsa-da, uni yo‘lga qo‘yish
yuzasidan xarajatlarni sotuvdan tashqari daromadlari hisobiga bajaradi.
Ma’lumki, sug‘urtada risklar transformatsiyasi jarayonida hamda bosh
tashkilot va filiallar (yakuniy moliyaviy natija balansi yoki hisob raqamiga
egaligiga ko‘ra) o‘rtasida mas’uliyat taqsimotining mexanizmi turlichadir.
Sug‘urta faoliyati – sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida
sug‘urtalanuvchining zararini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos iqtisodiy
faoliyat turidir. Sug‘urta hodisasi yuz berishi yoki bermasligiga ko‘ra qoplama
to‘lashning ilmiy asoslanganlik (o‘rganilgan, hisoblangan, aniqlangan) me’yorini
belgilash va ko‘rilgan zararni sug‘urta tashkilotining zaxira fondidan to‘lash
maqsadga muvofiqdir.
Sug‘urta hodisasining yillar bo‘yicha yuz berishi ehtimolligi turlichadir.
Ayrim aniq bir yilda bu hodisalarning soni ko‘p bo‘lishi ham mumkin. Aynan shu
yil bo‘yicha sug‘urta tashkilotining faoliyati zarar bilan tugashi mumkin. Zaxira
fondining mablag‘i etishmasligi holatida sug‘urta tashkilotida qolgan daromad
hisobidan uning har yilgi zaxira fondiga ajratma me’yorini qayta ko‘rib chiqish
zarur. Statistik ma’lumotlarga asoslanib, qayd etish kerakki, sug‘urtaning ko‘p
turlari bo‘yicha amalga oshirilgan sug‘urta qoplamasi undirilgan mukofotlari
summasiga nisbatan past foizlarni tashkil etadi. SHunga asoslanib, tariflarni
oshirish emas, balki uning tarkibini o‘zgartirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzishda qayta sug‘urtalovchi (xalqaro
terminda «sedent») qayta sug‘urtalash mukofotining ma’lum qismini yoki
hammasini deponentga o‘tkazishi nazarda tutilishi mumkin. U shartnoma davri
tugashi hamda sug‘urta hodisasi yuz bermagan taqdirda mazkur mukofotlar
hisobidan olingan depo foizlari bilan birgalikda qayta sug‘urtalovchi hisobiga
o‘tkaziladi. Uning hajmi (foizda) shartnomada qayd etilgan bo‘ladi.
Shunday kafolat berilishi qayta sug‘urtalash mukofotlarini moliyaviy zaxira
sifatida ishlatish imkoniyatini oshiradi.
Fuqarolik qonunchiligiga binoan sug‘urta tashkiloti o‘z mijozi manfaatlarini
111
himoya qiluvchi vakil sifatida sug‘urta hodisasiga sababchi bo‘lgan aybdor
shaxsga regress da’vo qilish huquqiga ham egadir. Odatda regress tartibidagi
summa sug‘urtachi o‘z kafilligini bajarib bo‘lganidan keyin undiriladi. Bunday
faoliyat natijasida undirilgan summa sug‘urta tashkilotining sug‘urta ta’minoti
to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun manba hisoblanadi.
Sug‘urta tashkiloti xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatida o‘z faoliyatida
foydalanilayotgan asosiy fondlarini sotish huquqiga egadir. SHunda faoliyat
bo‘yicha sug‘urtachining foydasi asosiy fondni sotishdan olgan tushum summasi
bilan mulkning balans (qoldiq) bahosida hisobdan chiqarish summasi o‘rtasidagi
farq sifatida aniqlanadi. Sug‘urta tashkilotining mulki ijaraga berilishi mumkin.
Masalan, ko‘chmas mulk ob’ektlari hamda asosiy fondlardan ayrim hollarda ijara
ob’ekti sifatida foydalaniladi. Bu faoliyat natijasida undirilgan ijara to‘lovi ham
sug‘urtachining daromadi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |