1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   222
Суғурта иши (3)

Risklarni klassifikatsiyalash 
Xavflilik manbalariga ko‘ra risklarni 
klassifikatsiyalash. Sug‘urtalovchining javobgarlik hajmiga qarab risklarni 
klassifikatsiyalash. Tadbirkorlik risklari va ularni aniqlash mezonlari. Sug‘urtaga 
qabul qilinadigan va sug‘urtaga qabul qilinmaydigan risklar. Risklarni vujudga 
kelishiga ko‘ra klassifikatsiyalash. Risklarni diversifikatsiyalash shartlari. Ob’ektiv 
va sub’ektiv risklar. Ekologik va transport risklari. Risklarni sof va sun’iy risklarga 
ajratamiz. 
Risklar tizimida moliyaviy risklar alohida o‘ringa ega. Ular ko‘p jihatidan 
tadbirkorlik faoliyati bilan ham bog‘liq.
Risklarni sof va sun’iy risklarga ajratamiz. 
Sof risklarga tabiiy, siyosiy, transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, 
ishlab chiqarish va savdo) kiradi. 
Sun’iy risklar tijorat riskining bir qismi bo‘lgan moliyaviy risklar tarkibida 
hisoblanadi.
Risklar paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va 
tijorat risklariga bo‘linadi. Zilzila, suv toshqini, bo‘ron, chaqmoq urishi, yong‘in 
va har xil yuqumli kasalliklar tabiiy risklar hisoblanadi. Atrof-muhitni ifloslanishi 
bilan bog‘liq risklar ekologiya risklari hisoblanadi.
Siyosiy risklar bevosita hukumat tomonidan urush holatlarini e’lon qilinishi
harbiy harakatlar, fuqarolar g‘alayonlari, ish tashlashlar, davlat tuzumining 
o‘zgarishi, qonunchilik hujjatlarining o‘zgarishi ehtimollarini o‘z ichiga oladi. 
Tijorat risklari xo‘jalik yurituvchi sub’etlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni 
amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi bilan faraqlanadi.
Investitsion loyihalarni amlga oshirishda kredit riski, operatsiya riski, huquqiy 
risk, mamlakat riski, transfert riski, bozor riski, foiz riski, likvidlilik riski, 
reputatsiya riski, siyosiy risklar, tadbirkorlik risklari yuzaga keladi. 
Anderrayting jarayoni 


128 
Bu jarayonning o‘zi turli sug‘urta qiluvchilar va sug‘urtaning turli xillari 
uchun har xil bo‘ladi. Biz buni xususiy shaxslarning sug‘urtalash, hayot sug‘urtasi 
va kompaniyalar sug‘urtasi misolida ko‘rib chiqamiz 
Aholi o‘rtasida anderrayting jarayoni nisbatan sodda. Anderrayter risk 
haqidagi asosiy ma’lumotni sug‘urta haqidagi arizadan oladi. Agar ma’lumotlarni 
aniqlashtirish zarurati paydo bo‘lsa, anderrayter arizachiga bu haqda yozib, zarur 
ma’lumotlarni oladi. Sug‘urtalash haqidagi ko‘p sonli arizalarga sug‘urtachining 
bo‘limlari tomonidan ishlov beriladi. Bu mexanik ish bo‘lib, qiyinchiliklar yuzaga 
kelmaydi. 
Ko‘p hollarda anderraytingning funksiyasi sug‘urtalovchidan farq qiluvchi 
uchinchi shaxsga yuklatiladi: masalan, sayohatchilarni sug‘urtalash bo‘yicha 
sug‘urta polisi sayohatlar byurosi agentiga yoki aviaetkazib beruvchilarga sotiladi. 
Sug‘urtalanuvchi ariza shaklini to‘ldiradi va unga shu zahoti namunaviy polis 
taxlamidan sug‘urta polisi beriladi.Uydagi mol-mulkni sug‘urtalashda ham shunga 
o‘xshash holatni kuzatish mumkin: sug‘urta brokeri sug‘urta qilinayotgan ob’ekt 
qiymatining eng yuqori chegarasini hisobga olgan holda sug‘urta polisini berishga 
vakolatli. Bunday hollarda anderrayting kutilmagan (to‘g‘ri kelmaydigan) mijozni 
sug‘urta qilmaslik amaliyotiga duch keladi. Biroq brokerda yoki agentda bunday 
holatlarda narxni oshirish yoki tushirish imkoniyati chegaralangan (yoki undan 
butunlay mahrum qilingan) bo‘ladi.
Hayot sug‘urtasida ish biroz boshqacharoq kechadi. Bunda ham 
axborotlarning asosiy manbasi sug‘urtalash uchun ariza hisoblanadi. Lekin bu erda 
sug‘urtalanuvchining salomatligi bilan bog‘liq ko‘pgina jihatlarga e’tibor 
qaratiladi, shuning uchun sug‘urta qiluvchi, ayniqsa, ariza beruvchi katta
miqdorda sug‘urtalanmoqchi bo‘lsa yoki nasliy kasallikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, 
riskni baholash uchun ekspert-shifokor yordamiga muhtoj bo‘ladi. 
Tibbiy 
tekshiruvlar 
sug‘urtalovchi tomonidan 
ko‘rsatilgan shifokor 
tomonidan o‘tkaziladi, sug‘urtalovchi bunday tekshiruvlar bilan bog‘liq 
xarajatlarni to‘laydi. 
Kompaniyalarni sug‘urtalashdagi anderrayting ancha murakkab hisoblanadi. 
Bu erda sug‘urta ob’ekti sifatida biznesning turli xili chiqadi: ular kichkina 
do‘konchadan yoki fabrikadan o‘z faoliyatini butun dunyo bo‘ylab amalga 
oshiruvchi transmilliy korporatsiyalargacha bo‘lishi mumkin. Anderaytingning 
murakkabligi risk miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, lekin har qanday holatda ham ma’lum 
asosiy prinrsiplarga amal qilinadi. 
Anderrayting jarayonida sug‘urtalovchining asosiy vazifasi sug‘urtaga taqdim 
etiladigan risk bilan bog‘liq omillarni baholash hisoblanadi. Agar sug‘urta ob’ekti 
uncha katta bo‘lmasa, bunda uning uchun ariza shaklini yoki sug‘urtalanuvchi 
bilan yozishmalarni o‘qib chiqish etarli bo‘ladi. Sug‘urtalovchi mahalliy agentdan 
do‘kon yoki fabrikani ko‘zdan kechirib chiqishni iltimos qilishi ham mumkin. 
Ba’zan riskning hamma tafsilotlarini bitta arizada bayon qilib bo‘lmaydi. Bunda 
joyidagi inspeksiya yordamida anderrayter uchun zarur bo‘lgan hamma narsalarni 
riskka taalluqli turli jihatlar bo‘yicha rejalar va hisobotlarni tayyorlab bera 
oladigan brokerning yordami kerak bo‘ladi. Keyin katta miqdorda bo‘lishi mumkin 


129 
bo‘lgan hamma hujjatlar anderrayterga beriladi va sug‘urta shartlari, badal 
(qoplash) miqdori va narxlar bo‘yicha muzokaralar boshlanadi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin