4.Sug‘urta tashkilotlarini investitsion faoliyati va uning mazmun-mohiyati.
30
Prikaz Ministerstva Finansov Respubliki Uzbekistan, zaregistrirovan №1565 ot 22.04.2006 «Ob utverjdenii polojeniya o poryadke
opredeleniya predelno dopustimogo razmera obyazatelstv po otdelnim riskam, svokupnogo razmera obyazatelstv i normativov platejesposobnosti
straxovshchikov»
119
Sug‘urta faoliyatining joriy taxlil pul mablag‘lari tushumi orqali o‘ziga
olyotgan majburiyatlar adektivliligini belgilaydi.
5.
Har qanday investitsion loyixani amalga oshirishda asosiy risk sifatida
xizmatlar bozorda kuchli raqobatchining bo‘lishidir. Umuman olganda kompaniya
uchun quyidagi turdagi risklar mavjud bo‘lib ular loyixani amaliyotga joriy
etishda o‘z ta’sir doiralarini o‘tkazishlari mumkin.
Siyosiy risklar –bu turdagi risklar davlatdagi siyosiy jarayon bilan bevosita
bog‘liq bo‘lib o‘z ichiga quyidagilarni oladi;
xarbiy xarakatlar natijasida faoliyat ko‘rsata olmaslik;
kutilmagan xodisalarning ro‘y berishi natijasida vaqtinchalik faoliyatni
yurita olmaslik.
soliq qonunchiligida o‘zgarishlar.
O‘zbekiston Respublikasi siyosiy axvolning tinchligiga qaramasdan
ko‘rinishdagi risklar davlatimizga chegaradosh bo‘lgan davlatlardagi notinch axvol
sababli mavjud bo‘lib qoldi.
Risk darajasini kamaytirish tadbirlari.
davlat organlari bilan kompaniya aksiyadorlari o‘rtasidagi aloqani
mustaxkamlash.
ishbilarmon muxitini yaratishuqiy risklar – bu risklar qonunchilik bazasining
nomukammalligi, xujjatlarni to‘g‘ri tuzish, rasmiylashtirilmasligi bilan bevosita
bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sub’ektlari uchun barcha
qonunchilik bazasi mukammal ishlab chiqilganligiga qaramasdan bu turdagi riskni
inobatga olmaslik mumkin emas. Buning asosiy sababi byurokratiyaning
mavjudligi.
Ammo kompaniya faoliyatini Davlat qo‘llab quvvatlayotgani bu turdagi
risk darajasini pasayishiga olib keladi.
Risk darajasini kamaytirish chora tadbirlari bo‘lib;
xujjatlarni aniq shakllarini yuritish;
xujjatlarni rasmiylashtirishda bu soxa mutaxasislarini jalb etish;
yukori malakali yurist va tarjimonlar uchun qo‘yshimcha moliyaviy
resurslarni ajratish.
Texnik risklar - bu turdagi risklar ishlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar
va texnik loyixaning mavjud emasligidan vujudga keladi.
Asbob uskunalarga tender e’lon qilingandan boshlab, tovar etkazib
beruvchining texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malakali mutaxasislar
mavjudligiga xam inobatga olinadi. Bu sezilarli ravishda texnik risk darajasini
kamaytirishga xizmat qilishi mumkin. Ishlab chiqarish riski – bu turdagi risk taklif
etilayotgan xizmatning sifati pastligi, yuqori malakali mutaxasislarning mavjud
emasligi bo‘lishi mumkin. SHuni ta’kidlash lozimki, kompaniya loyixasini
amaliyotga joriy etish uchun etarli darajada yuqori malakali mutaxasislarga ega
bo‘lsa, bu turdagi risk darajasini kamaytirishga xizmat qiladi.
Riskni kamaytirish darajasini bo‘yicha chora tadbirlari:
120
Loyixani amalga oshirishda aniq qalendar rejalashtirish va boshqarishni
yo‘lga qo‘yish;
Taklif etilayotgan xizmatlar ustidan doimiy nazoratni o‘rnatish;
YUqori malakali kadrlarni tayyorlab borish.
Ekologik risklar – bu turdagi risklar atrof muxitni ifloslanishi, atmosfera va
suvga xar xil chiqindilarning chiqishi natijasida yuzaga keladi. Biz
shug‘urlanayotgan soxa uchun bu turdagi risk darajasi ancha pastdir. Marketing
riski – bu turdagi risklar bozorni yaxshi o‘rganilmaganligi, baxo siyosatining
to‘g‘ri yuritilmaganligi marketing strategiyasini noto‘g‘ri ekanlaganligi bilan
bog‘liq.
Risk darajasini kamaytirish;
Kuchli marketing xizmatini joriy etish;
Marketing strategiyasini ishlab chiqish;
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;
Egiluvchan tarif siyosatini ishlab chiqish.
Moliyaviy risklar – bu turdagi risklar moliyaviy natijalarini yo‘qotilgan,
istemolchining
to‘lovga
layoqatsizligidan,
talabning
qatiyemasligidan,
raqobatchilar
tomonidan
narxni
kamaytirishlar,
oborot
mabag‘larining
etishmasligini kelib chiqishni mumkin.
Riskni darajasini kamaytirish chora-tadbirlari.
Istemolchilar talabini o‘rganish;
Sifat ustida to‘liq nazoratni o‘rnatish;
Investitsion va kredit resurslarini yangi yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha
chora-tadbirlarni ko‘rish;
Investitsion – moliyaviy strategiyani ishlab chiqarish.
Tabiiy risklar – bu turdagi risklar tabiatda xar xil baxtsiz xodisalarning ro‘y
berishi, er qimirlashi, suv toshishi sel kelishi, yong‘in chiqishi, epidemiya
tarqalishi bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan
«Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida investitsiya faoliyati xamda
investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanish tartiblari ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu
qonunning 4-moddasida investitsiyalarni amalga oshirish shakllari xaqida to‘xtalib
o‘tilgan, ya’ni investorlar investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari
mumkin:
- yuridik shaxs tuzish yoi ularning ustav jamg‘armalarida (kapitallarida) ulushli
ishtirok etish, jumladan mol-mulkni yoki aksiyalarni olish;
- qimmatli qog‘ozlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari
tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish;
- konsessiyalari, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib
olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalarni olish;
- mulk xuquqini, shu jumladan ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda
savdo va xizmat ko‘rsatish soxalari ob’ektlariga, turar joylarga mulk xuquqini,
shuningdek erga xamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan
foydalanish xuquqini qonun xujjatlariga muvofiq olish.
121
Investorlar investitsiyalarni qonun xujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa
shakllarda xam amalga oshirishlari mumkin.
Investor investitsiyalash maqsadi, yo‘nalishi, turi va xajmini mustaqil
ravishda belgilaydi, buni amalga oshirish uchun shartnoma asosida, qoida tariqasida,
tanlov savdosini o‘tkazish yo‘li bilan yuridik va jismoniy shaxslarni investitsiya
faoliyati ishtirokchilari sifatida jalb etadi.
Agar qonun xujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, investor,
o‘ziga zarur bo‘lgan mol-mulkni yuridik va jismoniy shaxslardan o‘zaro kelishuv
asosida belgilanadigan shartlarda xajmi va nomenlaturasini cheklamagan tarzda
olishga xaqli.
Investor qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xuquqlarga xam ega
bo‘lishi mumin.
Qonunning 14-moddasiga asosan investitsiya faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
- investitsiya faoliyatining qonunchili negizi takomillashtirish;
- soliq to‘lovchilar va soliq solish ob’ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir
imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo‘llash;
- asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;
- normalar, qoidalar va standartlarni belgilash;
- monopoliyaga qarshi choralarni qo‘llash;
- kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o‘tkazish;
- erga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish
shartlarini belgilash;
- investitsiya loyixalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;
- O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ivestitsiya
loyixalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish;
- investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun xujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa shakllarda xam amalga oshiriladi.
2002 yilning 5 aperldagi Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining VIII-sessiyasida qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi
qonunning 6-moddasida - sug‘urtalovchilar maxsus vakolatli davlat organi
belgilaydigan tartib va shartlarda investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishlariga
ruxsat berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2000 yilning 28
iyunida 66-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi xududida
sug‘urta tashkilotlarining zaxiralarini joylashtirish to‘g‘risidagi vaqtinchalik
nizomi”ni 952-raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan edi. Ushbu nizom 2000 yilning
5 avgustidan yuridik kuchga kiritilgan bo‘lib 2005 yil 31 deabrgacha amal qildi.
Bu nizomning o‘z kuchini yo‘qotish Moliya Vazirligi tomonidan zamon
talablariga javob beradigan, rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan xolda
yangi nizomni ishlab chiqilishini talab etdi. 2006 yilda sug‘urta kompaniyalarining
o‘z rezervlarini tashkil etish va investitsiyalash, kompaniyalarning tshlov
qobiliyatini aniqlash bo‘yicha ikkita nizom qabul qilindi:
122
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 2006
yil 22 aperlda №1565-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Aloxida sug‘urta
tavakkalchiliklari bo‘yicha majburiyatlar, jami majburiyatlarning yo‘l qo‘yiladigan
eng ko‘p xajmini va sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati me’yorlarini aniqlash
tartibi to‘g‘risida nizom”, 2006 yil 2 maydan kuchga kirgan;
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 2006
yil 6 mayda №1571-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Sug‘urtalovchilar
tomonidan sug‘urta zaxiralarini shakllantirish xamda joylashtirish tartibi va shartlari
to‘g‘risida nizom”, 2006 yil 16 maydan kuchga kirgan.
Ushbu nizomda sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati davlat
tomonidan tartibga solingan. Jumladan, unda Respublika iqtisodiyotida ustav va
sug‘urta mablag‘lari qismini investitsiyalash qonunchilik yo‘li bilan belgilanishi va
quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta kompaniyalari yuqoridagi №1565 nizomga
o‘z mablag‘larini diversifikatsiya, qaytuvchanlik. Foydalilik va likvidlilik prinsiplari
asosida joylashtiradilar.
2006 iyil 22 aprelda qabul qilingan №1565 nizom sug‘urta kompaniyalari
tomonidan
olinishi
mumkin
bo‘lgan
majburiyatlarining
chegaralari,
sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati masalalarini o‘z ichiga qamrab olgan. Ushbu
nizomda keltirilgan ayrim muxim masalalarga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq
xisoblanadi.
Nizomga ko‘ra aloxida sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi
majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p xajmi o‘z mablag‘lari va sug‘urta
zaxiralarining 10%dan oshmasligi lozim. Sug‘urtalovchi ushbu me’yordan ortiq
majburiyatni, qabul qilingan majburiyat bo‘yicha ortiqcha tavakkalchilikni mazur
Nizomga muvofiq ravishda qayta sug‘urtalangan xolda qabul qilishi mumkin.
Aloxida tavakkalchilik bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari to‘langan
sug‘urta muofotiga proporsional tarzda aniqlanadi, agarda sug‘urta shartnomasida
aloxida tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari xajmi
ko‘rsatilmagan bo‘lgan taqdirda.
Mazkur Nizom maqsadida sug‘urtalovchining jami majburiyatlari deganda
biz, 5 ta eng katta tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchi majburiyatlarining eng
ko‘p xajmi tushiniladi. Umumiy sug‘urta tarmog‘ida sug‘urtalovchining jami
majburiyatlari xajmi o‘zlik mablag‘lari miqdorining ikki barobaridan oshmasligi
shart.
Dostları ilə paylaş: |