1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja


 Investitsion faoliyatda mavjud risklar haqida tushuncha va unga



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   222
Суғурта иши (3)

5. Investitsion faoliyatda mavjud risklar haqida tushuncha va unga 
noqulay omillarning ta’siri. 
Sug‘urtalovchining to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun oxirgi xisobt sanasiga 
sug‘urtalovchining balans ma’lumotlari, shuningdek, xisob-kitob asosida 
aniqlanadigan ma’lumotlardan foydalaniladi. Sug‘urtalovchining to‘lov qobiliyati 
ko‘rsatkichi mazkur Nizom asosida o‘rnatilgan sug‘urtalovchi tomonidan qabul 
qilingan majburiyatlar va likvidligi xisobiga olingan aktivlar o‘rtasidagi nisbat 


123 
me’yorlarining bajarilishi xisoblanadi. To‘lov qobiliyatini sug‘urta faoliyati 
xajmlariga muvofiq ravishda ta’minlash uchun sug‘urtalovchilar yo‘l qo‘yiladigan 
aktivlarning xaqiqiy xajmi darajasini belgilangan tartibda muvofiqlashtirib borishi 
zarur. 
Respublika sug‘urta kompaniyalarida sug‘urta zaxiralarni shakllantirish 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 2006 yil 6 
mayda №1571-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan « Sug‘urtalovchilar 
tomonidan sug‘urta zaxiralarini shakllantirish xamda joylashtirish tartibi va 
shartlari to‘g‘risida nizomi»ga asosan amalga oshiriladi. 
Sug‘urta zaxiralarining shakllanishi bo‘yicha quyidagi qonun-qoidalar mavjud:
- xamma zaxiralar maxsus xisob-kitoblar asosida shakllanadi;
- zaxiralar sug‘urta olib borayotgan valyutada shakllanadi;
- sug‘urta zaxiralari xar bir aniq to‘lash muddatiga shakllanadi; 
- zaxiralar faqat sug‘urta shartnomasi bo‘yicha emas, qayta
sug‘urtalashda qabul qilingan shartnomalar bo‘yicha xam shakllanishi mumkin. 
Sug‘urtalovchilar o‘ziga qabul qilgan sug‘urta majburiyatlarini bajarish uchun 
yig‘ilgan sug‘urta mukofotlaridan kelgusida sug‘urta to‘lovlari uchun barcha 
sug‘urta turlari bo‘yicha kerakli sug‘urta zaxiralarini shakllantirishadi. Sug‘urta 
zaxiralari sug‘urtalovchining sug‘urtalanovchilar bilan tuzgan sug‘urta 
shartnomalari bo‘yicha shu vaqtdagi bajarilmagan majburiyatlarining xajmini 
ko‘rsatib turadi. 
Xorij mamlakatlarida qabul qilingan sug‘urta zaxiralarining shakllanishi 
texnikasiga ko‘ra, sug‘urta qiluvchi bo‘yniga olgan xar bir majburiyat turi 
sug‘urta zaxirasiga mos keladigan turi bilan qoplanadi. Xayot sug‘urtasi 
bo‘yicha amaldagi shartnomalar sharoitiga bog‘liq xolda matematik zaxiralar
yillik renta zaxiralari, fond zaxiralari va ishtirok etish zaxiralari shakllanadi. 
Sug‘urtaning boshqa turlari bo‘yicha -mukofot zaxiralari va zarar zaxiralari 
shakllanadi. Sug‘urta zaxiralari xajmi amaldagi shartnoma bo‘yicha to‘lanishi 
kerak bo‘lgan summani butun xolda qoplashi zarur. SHuning uchun ularning 
xajmini aniqlash uchun sug‘urta qiluvchining operatsiyalarini chuqur taxlili va 
matematik xisob kitoblar zarur. 
Texnik mablag‘lar sug‘urta qiluvchi tomonidan aloxida sug‘urta shartnomasi 
va butun sug‘urta portfeli bo‘yicha bir muddatga xisob-kitob qilingan sug‘urta 
to‘lovlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni bajarish kerak bo‘lgan mablag‘lar 
yig‘indisi. Ular sug‘urta zaxiralarining qismi bo‘lib xayot sug‘urtasidan tashqari 
sug‘urta turlari buyicha xisob-kitob qilinadi. 
«Sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralarini shakllantirish 
xamda joylashtirish tartibi va shartlari to‘g‘risida nizomi»ga muvofiq 
sug‘urtalovchi o‘zining balansida majburiyat yoki aktiv(sharoitdan kelib chiqib) 
sifatida aks ettiriladigan quyidagi texnik zaxiralarni shakllantirishga majburdir: 
-
ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi (umumiy sug‘urta soxasida faoliyat 
amalga 
oshirilganda); 
-
mukofotlar zaxirasi (xayot sug‘urtasi soxasida faoliyat amalga oshirilganda); 


124 
- zararlar zaxirasi. Sug‘urta xodisasi oqibatida yuzaga kelgan va 
sug‘urta shartnomasining shartlari bo‘yicha qoplanishi lozim bo‘lgan zararlar 
xajmiga muvofiq ravishda aniqlanadi va quyidagilardan tashkil topadi: 

xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi; 

sodir bo‘lgan lekin, xabar qilinmgan zararlar zaxirasi;

Sug‘urtalovchi Davsug‘urtanazorat bilan kelishgan xolda qo‘shimcha ravishda, 
quyidagi zaxiralarni tashkil etishi mumkin: 

oldini-olish chora-tadbirlari zaxirasi; 

xalokatlar zaxirasi; 

zararlilikning tebranishi zaxirasi ; 

aktivlarning nomuvofiqlik zaxirasi ; 

boshqa zaxira turlari. 
Investitsilarni ularni turli xil belgilari bo‘yicha turkumlash yoki tasniflash 
mumkin. Ularni tasniflashda turli maqsadlar qo‘yiladi. Masalan, investitsiyalarni 
kelajak natijalarini baholashda, ular bo‘yicha kutiladigan samaralarni aniqlashda, 
ularni ishlab chiqarishda ishtirokida, ularni soha va yo‘nalishlarini aniqlashda va. 
h.k. shunga o‘xshash belgilari bo‘yicha ularni batafsil turkimini belgilash amalda 
qo‘laniladi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin