Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix26.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#161561
  1   2   3   4   5
2-MSVZUбух баланси




MAVZU: “BUXGALTERIYA BALANSI, UNING TUZILISHI VA MAZMUNI” 
Maqsad:
Balans to’g’risida tushuncha, uning tuzilishi va moddalari mazmuni hamda 
xo’jalik muomalalarining balansga ta’siri haqida talabalarda bilim va ko’nikmalarini 
boyitish, shakllantirish. 
 
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
15-sonli BHMS – Buxgalteriya balansi – Toshkent – 2002y.
2.
Prikaz Ministerstva finansov R.U. Ob utverjdenii form finansovoy otchetnosti i pravil 
po ix zapolneniyu. Zaregistrirovan Min.yust. R.U. 24 yanvarya 2003 g., №1209.
3.
A.S.Sotvoldiev. Kolxoz va sovxozlarda asosiy ishlab chiqarish moliyaviy muomalalari 
bo’yicha buxgalteriya balansidagi schyotlar korrespondentsiyasi. Toshkent – 1972 y.

Ishning mazmuni: 
1.
Balans to’g’risida tushuncha
2.
Balans tuzilishi va uning moddalari mazmuni
3.
Xo’jalik muomalalarining balansga ta’siri
 
2.1. BALANS TO’G’RISIDA TUSHUNCHA 
Parijda Luvr muzeyida bir erkak kishiga haykal o’rnatilgan. Uning yagona ikki 
qalamdan iborat bo’lib bittasi qulog’iga qistirilgan, ikkinchisi qo’lida. Bu eramizdan 
1000 yil oldin katta mulkdor qo’lida mirza (kotib) lavozimida ishlagan kishiga qo’yilgan 
haykal edi. Uning asosiy vazifasi xo’jayini tomonidan bozorga qancha mol olib borib 
sotgani, ya’ni qancha g’alla, em, xashak va boshqa narsalarni sotgani yoki sotib olgani 
to’g’risidagi ma’lumotlarni yozib borib vaqti vaqti bilan xo’jayinning qanday va qancha 
mablag’lari, boshqlardan oladigan va ularga beradigan mol-mulki qanchaligi to’g’risida 
natura ko’rsatkichida axborot berib turar edi. Bu o’sha vaqtning o’ziga xos balansini 
anglatar edi. Savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida pul o’lchovi vujudga kelishi va pul 
birligining standartlashishi natijasida mirza (kotib) o’z xo’jayiniga tegishli bo’lgan turli 
mablag’lari, uning olishga tegishli va boshqalarga berishga tegishli qarzlarini qancha 
ekanligini va ma’lum bir davr oxiriga qancha mablag’ga ega ekanligini pulda ifodalash 
imkoniyatiga ega bo’lgan.
Demak, buxgalteriya balansi sub’ektning resurslari (aktivlari), resurslarga bo’lgan 
da’volar (majburiyatlar) va mulk egasiga tegishli ulush (o’z) mablag’lari to’g’risidagi 
iqtisodiy axborot bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik sub’ektlarini boshqarish uchun eng avvalo ulardagi mablag’lar haqidagi 
ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Shu bilan birga ular, mablag’larning qanday turlariga 
ega va bu mablag’lar qanday manbaalardan tashkil topganligini bilish kerak bo’ladi. 
Bunday ma’lumotlar umumlashtirilgan holda pul ko’rsatkichlarida ma’lum bir sanaga 
berilishi kerak. Mablag’lar tarkibi va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini o’rganish 
uchun ularni iqtisodiy jihatdan guruhlash zarur. Mana shu ma’lumotlar buxgalteriya 
balansi yordamida olinadi.



Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish 
manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks ettirish
iqtisodiy guruhlash usulidir.
Mablag’lar turlari va ularning manbaalarini ajratib ko’rsatish maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 7 fevralda 30-sonli buyrug’i 
bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning 
chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb 
nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va 
ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin