2. Sug‘urta zahiralarining turlari va ularini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari Kompaniya balansda majburiyat sifatida hisobga olinadigan quyidagi texnik
zaxiralarni shakllantiradi:
Ishlab topilmagan mukofot zaxirasi (IMZ) - bu sug‘urta (qayta sug‘urta
qilish) shartnomasi bo‘yicha hisoblangan, keyingi hisobot davrlarida amalga
oshirilishi mumkin bo‘lgan, kelgusi to‘lovlarni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni
bajarish uchun mo‘ljallangan hisobot davrining chegaralaridan chiquvchi
shartnomaning amal qilish davriga tegishli sug‘urta mukofotining qismi.
Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi (XZZ) sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish, jumladan hisobot davrida yoki unga qadar
bo‘lgan davrlarda sodir bo‘lganligi haqida qonun yoki shartnomada belgilangan
tartibda sug‘urtalovchiga xabar qilingan sug‘urta hodisalari munosabati bilan
yuzaga kelgan sug‘urta qildiruvchining mulkiy manfaatlariga etkazilgan zararni
(ziyonni) miqdorini baholash va kamaytirish bilan bog‘liq ekspert, maslahat yoki
boshqa xizmatlarga haq to‘lash uchun sug‘urtalovchiga zarur bo‘lgan pul
mablag‘lari summasini to‘lash bo‘yicha sug‘urtalovchining hisobot sanasiga
bajarilmagan yoki to‘liq bajarilmagan majburiyatlarining baholanishi hisoblanadi.
XZZ har bir bartaraf etilmagan da’vo bo‘yicha aniqlanadi. Agarda zarar
to‘g‘risida xabar qilingan bo‘lib, uning miqdori aniqlanmagan bo‘lsa, hisob-kitob
uchun sug‘urta pulidan katta bo‘lmagan eng yuqori ehtimoli kutilgan zarar miqdori
olinadi.
Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi (SXZZ) sug‘urta
to‘lovlarini amalga oshirish, jumladan hisobot davrida yoki unga qadar bo‘lgan
davrlarda sodir bo‘lganligi haqida qonun yoki shartnomada belgilangan tartibda
sug‘urtalovchiga hisobot davrida yoki unga qadar bo‘lgan davrlarda xabar
qilinmagan sug‘urta hodisalari munosabati bilan yuzaga kelgan, o‘z ichiga
zararlarni bartaraf etish bo‘yicha xarajatlarni olgan, sug‘urtalovchining hisobot
sanasiga majburiyatlarining baholanishi hisoblanadi.
Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi har bir sug‘urta turi
bo‘yicha alohida, sug‘urtalovchining ushbu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta
to‘lovlarini amalga oshirish yuzasidan yig‘ilgan statistikani inobatga olgan holda,
hisoblanadi.
Umumiy holda, SXZZ har bir sug‘urta turi bo‘yicha hisoblangan SXZZlarni
qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Biroq ushbu summa umumiy sug‘urtada (qayta
sug‘urta qilishda) har qanday holda hisobot davriga qadar o‘n ikki oy mobaynida
umumiy sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari bo‘yicha bazaviy sug‘urta
mukofoti summasining 10 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish bo‘yicha