143
sug‘urtaning mazkur turi bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish
xarajatlarini qoplash uchun mo‘ljallangan.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ)
keyingi yillarda sug‘urtaning
mazkur
turi bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun
mo‘ljallangan.
Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi (OCHZ
)
baxtsiz hodisalarni,
sug‘urta qilingan mulkni yo‘qotish yoki shikastlanishini ogohlantirish chora-
tadbirlarini
moliyalashtirish, shuningdek sug‘urta hodisalarining sodir bo‘lishini
ogohlantirish
va
oldini
olishga
yo‘naltirilgan
boshqa
chora-tadbirlarni
moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan.
OCHZdan moliyalashtiriladigan ogohlantirish chora-tadbirlarining aniq
ro‘yxati, shuningdek OCHZni shakllantirish va
undan foydalanish tartibi
sug‘urtalovchi tomonidan ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi to‘g‘risidagi
nizomda belgilanadi.
Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi to‘g‘risidagi nizom sug‘urtalovchi
tomonidan tasdiqlanadi va Davsug‘urtanazorat bilan kelishilishi lozim.
OCHZ sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisobot davrida hisoblangan sug‘urta
brutto-mukofotlaridan ajratmalar yo‘li bilan shakllantiriladi.
Falokatlar zaxirasi (FZ),
ko‘p sonli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta
to‘lovlarini amalga oshirish zaruratini keltirib chiqargan engib bo‘lmas kuch yoki
yirik miqyosdagi avariya oqibati hisoblangan, favqulodda
etkazilgan ziyonni
qoplashga mo‘ljallangan. FZ shartlarida engib bo‘lmas kuch yoki yirik miqyosdagi
avariya oqibatida etkazilgan ziyonni qoplash munosabati bilan sug‘urtalovchining
sug‘urta to‘lovini amalga oshirishi majburiyatini ko‘zda tutuvchi sug‘urta turlari
bo‘yicha shakllantiriladi.
Falokatlar zaxirasini shakllantirish
va undan foydalanish tartibi, shartlari
sug‘urtalovchi tomonidan belgilanadi va Davsug‘urtanazorat bilan kelishiladi.
Dostları ilə paylaş: