Imi
— i-shartnoma bo‘yicha ishlab topilmagan mukofot;
Bmi
— i-shartnoma bo‘yicha bazaviy sug‘urta mukofoti;
Ti
— i-shartnomaning kunlardagi amal qilish muddati;
Mi
— i-shartnomaning kuchga kirishidan boshlab hisobot sanasigacha
bo‘lgan kunlar soni.
Butun hisob guruhi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofot zaxirasi har bir
shartnoma bo‘yicha «pro rata temporis» usuli orqali hisoblangan ishlab topilmagan
mukofotlarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Birinchi hisob guruhi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofot zaxirasi «1/24»
usuli bo‘yicha ham hisoblanishi mumkin.
Ishlab topilmagan mukofotni (ishlab topilmagan mukofot zaxirasini) «1/24»
usuli orqali hisoblash uchun bitta hisob guruhiga taalluqli bo‘lgan shartnomalar
146
kichik guruhlarga ajratiladi. Kichik guruhlarga amal qilish muddati (oylarda) bir
xil bo‘lgan va amal qilishining boshlanish sanasi bir xil oylarga to‘g‘ri keluvchi
shartnomalar kiritiladi.
Kichik guruhga kiruvchi shartnomalar bo‘yicha
bazaviy
sug‘urta
mukofotining umumiy summasi kichik guruhga kiruvchi har bir shartnoma
bo‘yicha hisoblangan bazaviy sug‘urta mukofotlarini qo‘shish yo‘li bilan
aniqlanadi.
Ishlab topilmagan mukofot (ishlab topilmagan mukofot zaxirasi) «1/24» usuli
bo‘yicha hisoblanganda, quyidagi shartlar qo‘llaniladi:
sug‘urta shartnomasi amal qilishining boshlanish sanasi deb oyning o‘rtasi
qabul qilinadi;
sug‘urta shartnomasining oylarning butun sonlariga teng bo‘lmagan amal
qilish muddati oylarning eng yaqin katta butun soniga teng deb qabul qilinadi.
Ishlab topilmagan mukofot (ishlab topilmagan mukofot zaxirasi) har bir
kichik guruh bo‘yicha bazaviy sug‘urta mukofotlari umumiy summasini ishlab
topilmagan mukofot zaxirasi miqdorini hisoblash koeffitsientlariga ko‘paytirish
orqali aniqlanadi.
Har bir kichik guruh uchun koeffitsient kichik guruhlarga kiruvchi
shartnomalarning hisobot sanasiga tugamagan amal qilish muddatining (yarim
oylarda) kichik guruhga kiruvchi shartnomalar amal qilishining umumiy
muddatiga (yarim oylarda) nisbati sifatida aniqlanadi.
Butun hisob guruhi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofot zaxirasi «1/24» usuli
orqali har bir kichik guruh bo‘yicha hisoblangan ishlab topilmagan mukofotlarni
(ishlab topilmagan mukofot zaxiralarni) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ikkinchi hisob guruhi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofot sug‘urta
shartnomasining amal qilish muddati to‘liq tugagunga qadar bazaviy sug‘urta
mukofoti miqdorida har bir shartnoma bo‘yicha aniqlanadi.
Uchinchi hisob guruhi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofot hisobot sanasiga
bazaviy sug‘urta mukofotining 40 foizi miqdorida har bir sug‘urta shartnomasi
bo‘yicha aniqlanadi.
To‘rtinchi hisob guruhi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofot sug‘urta
shartnomasining amal qilish muddati to‘liq tugagunga qadar bazaviy sug‘urta
mukofotining 75 foizi miqdorida har bir shartnoma bo‘yicha aniqlanadi.
Hayotni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha kelgusidagi to‘lovlarni
ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarish va sug‘urta polisining kafolati asosida
qarz berish uchun mo‘ljallangan. Mukofotlar zaxirasi quyidagilardan iborat:
hayotni sug‘urta qilishning jamg‘arilib boruvchi turlari bo‘yicha zaxira
(HJZ);
hayotni sug‘urta qilishning boshqa turlari (jamg‘arilib boruvchi turlaridan
tashqari) bo‘yicha zaxira (HZ).
Mukofotlar zaxirasi hayotni sug‘urta qilishning jamg‘arilib boruvchi turlari
bo‘yicha zaxira va hayotni sug‘urta qilishning boshqa turlari (jamg‘arilib boruvchi
turlaridan tashqari) bo‘yicha zaxirani qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
147
Hayotni sug‘urta qilishning jamg‘arilib boruvchi turlari bo‘yicha zaxira
sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati to‘liq tugagunga qadar yoki sug‘urta
hodisasi yuz bergunga qadar bazaviy sug‘urta mukofotining 92 foizidan va uni
joylashtirishdan
(unga
hisoblangan
foizlardan)
olinadigan
investitsiya
daromadining 50 foizidan kam bo‘lmagan hajmda har bir sug‘urta shartnomasi
bo‘yicha hisoblanadi. Bunda HJZning olingan hajmi sug‘urta shartnomasi bilan
belgilangan qaytarib sotib olish summasidan (sug‘urta shartnomasini muddatidan
oldin bekor qilinganda kafolatlangan) kam bo‘lmasligi lozim.
Umumiy holda HJZ har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha hisoblangan
HJZlarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Hayotni sug‘urta qilishning boshqa turlari (jamg‘arilib boruvchi turlaridan
tashqari) bo‘yicha zaxira har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha «pro rata temporis»
yoki «1/24» usuli bilan hisoblanadi.
Umumiy holda HZ har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha hisoblangan HZlarni
qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Zararlar zaxirasi o‘z ichiga xabar qilingan, lekin
bartaraf etilmagan zararlar zaxirasini va sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan
zararlar zaxirasini oladi.
Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi sug‘urta to‘lovlarini
amalga oshirish, jumladan hisobot davrida yoki unga qadar bo‘lgan davrlarda sodir
bo‘lganligi haqida qonun yoki shartnomada belgilangan tartibda sug‘urtalovchiga
xabar qilingan sug‘urta hodisalari munosabati bilan yuzaga kelgan sug‘urta
qildiruvchining mulkiy manfaatlariga etkazilgan zararni (ziyonni) miqdorini
baholash va kamaytirish bilan bog‘liq ekspert, maslahat yoki boshqa xizmatlarga
haq to‘lash uchun sug‘urtalovchiga zarur bo‘lgan pul mablag‘lari summasini
to‘lash bo‘yicha sug‘urtalovchining hisobot sanasiga bajarilmagan yoki to‘liq
bajarilmagan majburiyatlarining baholanishi hisoblanadi.
XZZ har bir bartaraf etilmagan da’vo bo‘yicha aniqlanadi. Agarda zarar
to‘g‘risida xabar qilingan bo‘lib, uning miqdori aniqlanmagan bo‘lsa, hisob-kitob
uchun sug‘urta pulidan katta bo‘lmagan eng yuqori ehtimoli kutilgan zarar miqdori
olinadi.
XZZ xabar qilingan zararlarni hisobga olish jurnalida ro‘yxatga olingan
hisobot davridagi xabar qilingan zararlar summasining hisobot davridan oldingi
davrlarda bartaraf etilmagan zararlar summasiga qo‘shilgan va hisobot davrida
to‘langan zararlar summasiga kamaytirilgan, hamda hisobot davrida bartaraf
etilmagan da’volar summasidan uch foizgacha miqdorda zararni bartaraf etish
bo‘yicha xarajatlar qo‘shilgan summaga mos keladi.
Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi sug‘urta to‘lovlarini
amalga oshirish, jumladan hisobot davrida yoki unga qadar bo‘lgan davrlarda sodir
bo‘lganligi haqida qonun yoki shartnomada belgilangan tartibda sug‘urtalovchiga
hisobot davrida yoki unga qadar bo‘lgan davrlarda xabar qilinmagan sug‘urta
hodisalari munosabati bilan yuzaga kelgan, o‘z ichiga zararlarni bartaraf etish
bo‘yicha xarajatlarni olgan, sug‘urtalovchining hisobot sanasiga majburiyatlarining
baholanishi hisoblanadi.
148
Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi har bir sug‘urta turi
bo‘yicha alohida, sug‘urtalovchining ushbu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta
to‘lovlarini amalga oshirish yuzasidan yig‘ilgan statistikani inobatga olgan holda,
hisoblanadi.
Umumiy holda, SXZZ har bir sug‘urta turi bo‘yicha hisoblangan SXZZlarni
qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Biroq ushbu summa umumiy sug‘urtada (qayta
sug‘urta qilishda) har qanday holda hisobot davriga qadar o‘n ikki oy mobaynida
umumiy sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari bo‘yicha bazaviy sug‘urta
mukofoti summasining 10 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish bo‘yicha barqarorlashtirish zaxirasi (FJMS BZ) keyingi yillarda sug‘urtaning
mazkur turi bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash
uchun mo‘ljallangan.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish
bo‘yicha
barqarorlashtirish
zaxirasining
hisob-kitobi
quyidagi
ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish bo‘yicha hisobot davrida hisoblangan sug‘urta brutto-mukofoti;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish bo‘yicha hisobot davrida amalga oshirilgan sug‘urta to‘lovlari;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilishni hisobot davrida amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sug‘urta
hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha ogohlantirish
chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
sug‘urtalovchilarning
transport
vositalari
egalarining
fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha To‘lovlarni kafolatlash
jamg‘armasiga to‘laydigan majburiy badallari;
boshqa ko‘rsatkichlar.
FJMS BZni hisoblash maqsadida transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish xarajatlari miqdori (shu
jumladan, sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish va ogohlantirish
bo‘yicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) hisobot davrida
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
shartnomalari bo‘yicha hisoblangan sug‘urta brutto-mukofotining 25 foizi
miqdorida o‘rnatiladi.
FJMS BZning hisob-kitobi brutto-sug‘urtalash ko‘rsatkichlaridan kelib
chiqqan holda (qayta sug‘urtalovchilar ishtirokini (ulushini) hisobga olmagan
holda) amalga oshiriladi.
Sug‘urtalovchi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha barqarorlashtirish zaxirasini quyidagi tartibda
hisoblaydi.
FJMS BZ miqdorini hisob-kitob qilish bazasi sifatida transport vositalari
egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishdan
hosil bo‘lgan moliyaviy natija miqdori qabul qilinadi.
149
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilishni amalga oshirishdan hosil bo‘lgan moliyaviy natija hisobot davridagi
sug‘urtaning mazkur turi bo‘yicha daromadlar miqdori va hisobot davridagi
sug‘urtaning mazkur turi bo‘yicha xarajatlar miqdori o‘rtasidagi farq sifatida
aniqlanadi.
Hisobot davrida transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish bo‘yicha daromadlar quyidagilarning yig‘indisi sifatida aniqlanadi:
hisobot davrida hisoblangan sug‘urta brutto-mukofotlari;
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan
zararlar zaxirasi va sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining
hisobot davrida kamayish tomonga o‘zgarishi.
Hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlar quyidagilarning yig‘indisi sifatida
aniqlanadi:
hisobot davrida sug‘urta shartnomalarining muddatidan oldin tugatilishi
(shartlarining
o‘zgartirilishi) munosabati bilan sug‘urta qildiruvchilarga
qaytarilgan sug‘urta mukofotlari (badallari);
hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sug‘urta
hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha ogohlantirish
chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
quyidagilardan iborat bo‘lgan hisobot davrida transport vositalari egalarining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha joriy sug‘urta
to‘lovlarini ta’minlash xarajatlari:
a) sug‘urtalovchilarning To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga hisobot davri
uchun to‘laydigan majburiy badallari;
b) ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf
etilmagan zararlar zaxirasi va sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar
zaxirasining hisobot davrida ko‘payish tomonga o‘zgarishi;
v) hisobot davrida amalga oshirilgan sug‘urta to‘lovlari.
Agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish bo‘yicha daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi farq ko‘rsatilgan
daromadlarning 5 foizidan ortiq bo‘lsa, transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot
davri oxiriga ko‘rsatilgan ortiq summaga ko‘payadi.
Agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlar summasi daromadlar summasidan ortib ketsa,
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
bo‘yicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot davri oxiriga xarajatlarning
daromadlardan ortgan summasiga kamaytiriladi.
Agar sug‘urtalovchi hisobot davri boshiga qadar transport vositalari
egalarining
fuqarolik
javobgarligini
majburiy
sug‘urta
qilish
bo‘yicha
barqarorlashtirish zaxirasini hisoblamagan bo‘lsa, mazkur zaxira hisobot davri
boshiga nolga teng deb qabul qilinadi.
150
Agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish bo‘yicha barqarorlashtirish zaxirasi hisob-kitoblar natijasida manfiy
qiymatga ega bo‘lsa, mazkur zaxira nolga teng deb qabul qilinadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ) keyingi yillarda sug‘urtaning mazkur turi
bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun
mo‘ljallangan.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
barqarorlashtirish zaxirasining hisob-kitobi quyidagi ko‘rsatkichlardan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi:
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
hisobot davrida hisoblangan sug‘urta brutto-mukofoti;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
hisobot davrida amalga oshirilgan sug‘urta to‘lovlari;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni hisobot
davrida amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sug‘urta hodisalari sodir
bo‘lishining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha ogohlantirish chora-tadbirlari
zaxirasiga ajratmalar);
boshqa ko‘rsatkichlar.
IFJMS BZni hisoblash maqsadida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish xarajatlari miqdori (shu jumladan,
sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha
ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) hisobot davrida ish
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari
bo‘yicha hisoblangan sug‘urta brutto-mukofotining 30 foizi miqdorida o‘rnatiladi.
IFJMS BZning hisob-kitobi brutto-sug‘urtalash ko‘rsatkichlaridan kelib
chiqqan holda (qayta sug‘urtalovchilar ishtirokini (ulushini) hisobga olmagan
holda) amalga oshiriladi.
Sug‘urtalovchi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish bo‘yicha barqarorlashtirish zaxirasini quyidagi tartibda hisoblaydi.
IFJMS BZ miqdorini hisob-kitob qilish bazasi sifatida ish beruvchining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishdan hosil
bo‘lgan moliyaviy natija miqdori qabul qilinadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga
oshirishdan hosil bo‘lgan moliyaviy natija hisobot davridagi sug‘urtaning mazkur
turi bo‘yicha daromadlar miqdori va hisobot davridagi sug‘urtaning mazkur turi
bo‘yicha xarajatlar miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |