1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   222
Суғурта иши (3)

 
19-MAVZU: 
SUG’URTA TASHKILOTLARINING INVESTITSIYA 
FAOLIYATI
 
 
REJA: 
1.
Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati va uni amalga oshirishning 
nazariy va huquqiy asoslari 
2.
Sug‘urtalovchining investitsion jarayonlarda ishtirok etish shart-sharoitlari 
3.
Pay fondiga va umumiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta zahiralarini 
investitsiyalash
1.
 
Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati va uni amalga 
oshirishning nazariy va huquqiy asoslari 
Investitsiya 
bozorlari 
rivojlangan 
mamlakatlarda ushbu 
faoliyatdan 
sug‘urtachining olgan daromadlari ayrim sug‘urtalash turlari bo‘yicha sug‘urta 
operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga kelgan zararlarni qoplash imkoniyatini 
bermoqda. 
SHu nuqtai nazardan sug‘urta tashkiloti investitsiya faoliyatini samarali olib 
borishi uning daromad manbalari tarkibida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Sug‘urtachi sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishi va investitsiya 


152 
joylashtiriluvidan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad olishi mumkin
32

Bunday daromadning manbalari: 
- depo mukofotlar hisobiga o‘tkazilgan foiz summalari; 
- regress tartibida olingan summalar; 
- asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan 
foyda; 
- ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar; 
- sug‘urta zaxiralarining qaytim summalari; 
- o‘qitish, maslahat ishlarini olib borish bo‘yicha undirilgan to‘lovlar 
hisoblanadi. 
Sug‘urtachining sug‘urta xizmatlarini sotuvidan tashqari olgan daromadlari 
asosan o‘z filiallariga ish qog‘ozlarini (hisobot blanklari va shu kabilarni) 
tayyorlab berish, ularning yangi «mahsulot»ini reklama qilish kabilar hisobiga 
olinadi. Ayrim hollarda ular ijara munosabatlari orqali ham shakllantiriladi. 
Sug‘urtachining sotuvdan tashqari daromadlarini hajmi sug‘urta tashkilotining 
kattaligiga bog‘liqdir. 
Sotuvdan tashqari daromadlarni olish uchun amalga oshirilgan xarajatlarni 
sug‘urta faoliyatiga yoki sug‘urtadan boshqa faoliyatga taalluqli ekanligini 
aniqlash murakkab kechadi. SHuningdek, sug‘urta tashkiloti ma’lum bir sug‘urta 
turi bo‘yicha sug‘urtalashni amalga oshirmayotgan bo‘lsa-da, uni yo‘lga qo‘yish 
yuzasidan xarajatlarni sotuvdan tashqari daromadlari hisobiga bajaradi.
Ma’lumki, sug‘urtada risklar transformatsiyasi jarayonida hamda bosh 
tashkilot va filiallar (yakuniy moliyaviy natija balansi yoki hisob raqamiga 
egaligiga ko‘ra) o‘rtasida mas’uliyat taqsimotining mexanizmi turlichadir.
Sug‘urta 
faoliyati 
– 
sug‘urta 
hodisasi 
yuz 
berishi 
oqibatida 
sug‘urtalanuvchining zararini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos iqtisodiy 
faoliyat turidir. Sug‘urta hodisasi yuz berishi yoki bermasligiga ko‘ra qoplama 
to‘lashning ilmiy asoslanganlik (o‘rganilgan, hisoblangan, aniqlangan) me’yorini 
belgilash va ko‘rilgan zararni sug‘urta tashkilotining zaxira fondidan to‘lash 
maqsadga muvofiqdir.
Sug‘urta hodisasining yillar bo‘yicha yuz berishi ehtimolligi turlichadir. 
Ayrim aniq bir yilda bu hodisalarning soni ko‘p bo‘lishi ham mumkin. Aynan shu 
yil bo‘yicha sug‘urta tashkilotining faoliyati zarar bilan tugashi mumkin. Zaxira 
fondining mablag‘i etishmasligi holatida sug‘urta tashkilotida qolgan daromad 
hisobidan uning har yilgi zaxira fondiga ajratma me’yorini qayta ko‘rib chiqish 
zarur. Statistik ma’lumotlarga asoslanib, qayd etish kerakki, sug‘urtaning ko‘p 
turlari bo‘yicha amalga oshirilgan sug‘urta qoplamasi undirilgan mukofotlari 
summasiga nisbatan past foizlarni tashkil etadi. SHunga asoslanib, tariflarni 
oshirish emas, balki uning tarkibini o‘zgartirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzishda qayta sug‘urtalovchi (xalqaro 
terminda «sedent») qayta sug‘urtalash mukofotining ma’lum qismini yoki 
hammasini deponentga o‘tkazishi nazarda tutilishi mumkin. U shartnoma davri 
32
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993.


153 
tugashi hamda sug‘urta hodisasi yuz bermagan taqdirda mazkur mukofotlar 
hisobidan olingan depo foizlari bilan birgalikda qayta sug‘urtalovchi hisobiga 
o‘tkaziladi. Uning hajmi (foizda) shartnomada qayd etilgan bo‘ladi
33

SHunday kafolat berilishi qayta sug‘urtalash mukofotlarini moliyaviy zaxira 
sifatida ishlatish imkoniyatini oshiradi.
Fuqarolik qonunchiligiga binoan sug‘urta tashkiloti o‘z mijozi manfaatlarini 
himoya qiluvchi vakil sifatida sug‘urta hodisasiga sababchi bo‘lgan aybdor 
shaxsga regress da’vo qilish huquqiga ham egadir. Odatda regress tartibidagi 
summa sug‘urtachi o‘z kafilligini bajarib bo‘lganidan keyin undiriladi. Bunday 
faoliyat natijasida undirilgan summa sug‘urta tashkilotining sug‘urta ta’minoti 
to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun manba hisoblanadi.

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin