164
hajmidan farqli ravishda, sohadagi sug‘urta qoplamalari miqdori 2,7 foizga o‘sdi
va 196,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Umumiy sug‘urta sohasidagi mukofotlarning
o‘sish sur’ati bilan taqqoslaganda sug‘urta qoplamalarining bunday past o‘sish
sur’ati 2018 yilda kompaniyalarning samarali anderrayterlik faoliyatini
yuritganidan darak beradi.
Umuman olganda, sug‘urta bozorida mukofotlarni jalb qilish bo‘yicha
"O‘zagrosug‘urta" AJ (14,6%), "O‘zbekinvest" EIMSK (13,9%) va "Gross
Insurance" (12,6%) MChJ boshqa kompaniyalardan sezilarli farq bilan yetakchilik
qilgan. Sohadagi 4- va 5-o‘rinni egallagan keyingi ikkita kompaniya "Kafolat" AJ
(9,6%) va "Alfa Invest" MChJ SK (6,8%) hisoblanadi. Sohadagi barcha qolgan
kompaniyalarning ulushi 6,0% dan past. Sug‘urta bozorida ro‘y bergan
o‘zgarishlar natijasida tarmoqdagi yetakchi uchta kompaniyaning birgalikdagi
ulushi 5,7 foizga kamaydi va 38,1% ni tashkil etdi. Birinchi beshta kompaniyaga
jami mukofotlarning 57,5% i to‘g‘ri keldi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 2,4 foizga
pastdir.
Shuningdek, TOP-10 ga kiruvchi kompaniyalarning konsentratsiya darajasi
1,9 punktga kamayib, 80,9% ni tashkil etdi. Ta’kidlash kerakki, konsentratsiyali
darajaning pasayishi bozorda erkin raqobat sharoitlari mavjudligining ijobiy
natijasidir.
Dostları ilə paylaş: