180
2)
ikkinchi sug‘urtalovchi to‘laydigan sug‘urta qoplamasi:
W = (15 mln. : (12 mln. + 15 mln.)) x 21 mln. = 11 mln. 665 ming so‘m
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1) Sug’urta shartnomasi kimlar o’rtasida tuziladi?
A) sug’urta brokeri va mijoz o’rtasida.
B) sug’urtalanuvchi va sug’urta nazorati o’rtasida.
C) sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida.
D) yuqoridagi javoblarni hammasi noto’g’ri.
2) Hayotni sug’urtalashda sug’urta mukofoti qaysi muddatlarda to’lanishi
mumkin?
A) sug’urta shartnomasi tuzilmasdan oldin.
B) sug’urta shartnomasi tuzilgandan keyin to shartnoma muddati tugagunga qadar.
C) sug’urta hodisasi ro’y bergandan so’ng.
D) sug’urta shartnomasi bekor etilgandan so’ng.
3) Sug’urta mukofoti qaysi usulda to’lanmaydi?
A) natura hisobida.
B) naqd pulsiz hisob-kitob yo’li bilan.
C) naqd pul bilan.
D) omonat daftarchasi orqali pul o’tkazish yo’li bilan.
4) Quyidagi toifadagi qaysi fuqarolar bilan hayotni sug’urtalash bo’yicha
shartnomalar tuzilmaydi?
A) 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan fuqarolar bilan.
B) ishlamaydigan 1- guruh nogironlari bilan.
C) maktab o’quvchilari bilan.
D) yuqoridagi javoblarning hammasi noto’g’ri.
Dostları ilə paylaş: