196
1) Sug’urtalanuvchi quyidagi qaysi huquqga ega?
A) sug’urta mukofotini o’z vaqtida to’lash.
B) sug’urtalash qoidalari bilan tanishish.
C) sug’urta qoplamasini olishdan voz kechish.
D) yuqorida aralash javoblar ko’rsatilgan.
2) O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonuni
qachon qabul qilingan?
A) 1993 yilning 6 mayida.
B) 1994 yilning 12 dekabrida.
C) 2001 yilning 8 dekabrida.
D) 2002 yilning 5 aprelida.
3) Sug’urta agenti –bu:
A) sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi vositachidir.
B) sug’urtalovchining topshirig’iga va u bergan vakolatlar
doirasida faoliyat
yurituvchi shaxs.
C) har qanday yuridik va jismoniy shaxs.
D) sug’urtalovchining shtatida turadigan va kelib tushgan sug’urta mukofotlarining
bir qismini olish huquqiga ega yuridik shaxs.
4) Sug’urta shartnomasi qachon yuridik kuchga kiradi?
A) shartnoma ishtirokchilar tomonidan imzolanganidan so’ng.
B) sug’urtalanuvchiga sug’urta polisi berilgandan so’ng.
C) shartnoma tuzish uchun hamma hujjatlar tayyor bo’lgandan so’ng.
D) yuqorida to’g’ri javoblar ko’rsatilmagan.
5) Sug’urtalovchining majburiyatini ko’rsating?
A) sug’urta mukofotini o’z vaqtida tushishini ta’minlash.
B) sug’urtalanayotgan ob’ektni tekshirish.
C) sug’urta shartnomasini bekor qilish.
D) sug’urta qoplamasini to’lash.
6) «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi qachon qayta
tashkil etilgan?
A) 1994 yilda.
B) 1995 yilda.
C) 1997 yilda.
D) 2001 yilda.
7) Sug’urta tashkiloti quyidagi qaysi tashkiliy-huquqiy shakllarda tuzilishi
mumkin (aniq javobni ko’rsating)?
A) aktsiyadorlik jamiyati shaklida.
197
B) mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida.
C) xususiy tadbirkorlik shaklida.
D) har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda.
Dostları ilə paylaş: