1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   222
Суғурта иши (3)

 
 
 
 
4-MAVZU :
SUG’URTANING NAZARIY ASOSLARI VA 
IQTISODIY MOHIYATI
 
REJA: 
1.
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
2. Sug‘urtaning turkumlanishi 
1.
 
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

Sug‘urtaning tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi, uning aniq yuzaga kelish 
sanasini aytish judayam qiyin. 
O‘tmish tamaddunlaridan qolgan binolar qoldiqlari, san’at asarlari va boshqa 
moddiy alomatlarni topish nisbatan oson bo‘lsa, ilk shaharlar aholisi iqtisodiyot 
sohasidagi xizmatlarni qanday tashkil qilganligini tiklash qiyindir. Biroq miloddan 
avvalgi, qadimgi, o‘rta asrlarga oid va ilk yangi davr tamaddunlariga oid bino va 
inshootlar qoldiqlari orasida odamlar oziq-ovqat mahsulotlarining tegib 
bo‘lmaydigan zaxiralarini saqlagan omborlar aniqlangan. Misr shohi, fir’avn 
tushlariga ta’bir bergan YUsuf haqidagi Bibliya tarixi bu zaxiralar ular bo‘yicha 
tashkil qilingan va foydalanilgan tamoyillarni namoyish etadi. 
Tajribaning ko‘rsatishicha, vaqti-vaqti bilan hosilsizlik yoki dushmanlar 
hujumi ro‘y bergan bo‘lib, bunda shaharliklar yaqin-atrofda etishtirilgan hosildan 
foydalanish imkoni bo‘lmagan. Har bir shaharlikka bunday vaziyatlarda o‘zini 
ta’minlash topshirilishi mumkin edi, lekin eng qadimiy shaharlar aholisi ham 


22 
umumiy zaxira shakllantirish samaraliroq ekanligini tushunib etgan. Hosildorlik 
yuqori bo‘lgan, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari past bo‘lgan yillarda 
imkoniyati bo‘lgan har bir kishidan kichik miqdorda soliq olish mumkin bo‘lgan. 
Uzoq vaqt saqlanishi mumkin bo‘lgan ekinlar, masalan, bug‘doyni zaxira uchun 
pulga sotib olish mumkin bo‘lgan: zaxira uchun oziq-ovqat mahsulotlarini 
markazlashtirilgan tarzda xarid qilish amalga oshirilmagan hollarda fermerlar ular 
sotgan miqdordan ko‘proq miqdorda (va qimmatroqqa) mahsulot sotish 
imkoniyatidan albatta xursand bo‘lgan bo‘lardi. 
Agar hosilsizlik kuzatiladigan yoki shahar qamal qilinadigan bo‘lsa, zaxira 
qilingan oziq-ovqat mahsulotlari shahar ahlini qutqarish uchun foydalanilishi 
mumkin bo‘lgan. SHu sababli umumiy fond tushunchasi (ushbu holatda oziq-ovqat 
mahsulotlari) insoniyat ongidan mustahkam o‘rin olgan. G‘oya o‘z samaradorligi 
yuqori ekanligini ko‘rsatdi, ayniqsa, risk tushunchasining joriy qilinishi bilan. 
XII asrning oxirlarida Evropaliklar Osiyo va Amerikaga yirik sayohatlarni 
amalga oshira boshlagan paytda «shahar inqilobi» (sanoat inqilobidan oldin 
kelgan) ro‘y berdi, «risk» va «umumiy fond» tushunchalari birlashib ketdi. 
Agar kichik kemalardan iborat bo‘lgan kichik bir flotiliya Evropadan aytayliq, 
Indoneziyaga savdo qilish va u erdan qimmatabho va noyob ekzotik yuklar bilan 
qaytish uchun chiqishning uddasidan chiqqan bo‘lsa, kemalarning hammasi ham 
safardan qaytib kelmasligi riski bo‘lgan. Dengiz shtormi kemalarni cho‘ktirib 
yuborishi, kemalarda oziq-ovqat zaxirasi tugab qolishi (yoki kema jamoasi bironta 
epidemiyadan halok bo‘lishi), ayrim kemalar adashib qolishi, boshka kemalar 
ortiqcha yuk yuklab yuborilganligi yoki texnik nosozliklar tufayli cho‘kib ketishi 
mumkin bo‘lgan. Bunday riskli faoliyatga pul tikkan kishilar investorlardan 
birontasi uning kemasi safardan qaytib kelmagan yagona kema ekanligi sababli bor 
pulini yo‘qotmasligi uchun riskni o‘zaro taqsimlash maqsadga muvofiq bo‘lgan. 
Buning uchun ikkita usul ishlab chiqilgan. 
Birinchi usul qo‘shma korxona tashkil qilishdan iborat bo‘lib, u orqali 
investorlar barcha risklar va olish mumkin bo‘lgan foydani o‘zaro taqsimlagan 
hold umumiy yuk bilan bir nechta kemaga pul kiritgan. 
Ikkinchi yo‘l bu – sug‘urta bo‘lib, bunda kema va(yoki) yuk egasi (yakka 
tartibdagi 
shaxs 
yoki 
kompaniya) 
agarda 
kema 
mazkur 
reysda 
muvaffaqiyatsizlikka 
uchraydigan 
bo‘lsa, unga yo‘qotishlarning o‘rnini 
to‘ldirishga rozi bo‘lgan odamlarga pul mablag‘lari taklif qiladi. SHunday qilib, 
qo‘shma korxonalar (aksiyadorlik jamiyatlari) va sug‘urta bir-biri bilan raqobatda 
rivojlanmasdan, bir-birini to‘ldira boshladi. Odamlar guruhi yoki kompaniyalar 
kema yo‘qotilgan taqdirda kema egasiga tovon (indemnity) to‘lash evaziga pul 
mukofotlari (premium) to‘play boshladi. Bu sug‘urta qiluvchilar risk holati ro‘y 
berganda sug‘urta qildiruvchilarga to‘lovlar uchun foydalanishni va’da qilgan 
umumiy fond tashkil qilgan. 
Bu jarayonning ilk bosqichlarida, agarda risk ro‘y beradigan bo‘lsa, sug‘urta 
qiluvchi u sug‘urta qildiruvchiga to‘lashi lozim bo‘lgan to‘lovni amalga oshirish 
uchun bironta mulkni sotishga (yoki bankdagi hisobraqamidan pul olishga) majbur 
bo‘lgan. Bu tamoyil hozirgacha xuddi shu to‘lov va’dasi shartnomaning asosini 


23 
tashkil qiladigan Lloyd korporatsiyasi tomonidan qo‘llanib kelmoqda. «Lloyd 
a’zolari» maqomiga ega bo‘lgan kishilar «imzolangan» (underwritten) risk ro‘y 
bergan holatda o‘zining shaxsiy mablag‘laridan pul to‘lashga majbur bo‘ladi. 
«Imzolash» (ingl. to underwrite) atamasi qanday yangraydigan bo‘lsa, aynan shuni 
anglatadi: riskni (sug‘urta predmeti, sug‘urta qilingan muddat va shartlar) belgilab 
beradigan hujjat tuziladi va uni sug‘urta qiladigan shaxs (yoki uning vakili) 
qog‘ozning pastki qismiga u to‘lashga tayyor bo‘lgan risk ulushini yozadi. 
Ayrim ishbilarmonlarning ko‘plab jamiyat a’zolari Lloyd korporatsiyasida 
qabul qilingani kabi individual asosda katta risklarni qabul qilish istagida 
emasligini tushunishga ko‘p vaqt talab qilinmadi. SHu sababli aksiyadorlik 
jamiyati konsepsiyasi yangi shartlarda qo‘llana boshladi. Odamlarga sug‘urta 
kompaniyalarining aksiyalarini xarid qilish taklif etildi. Kompaniya riskni qabul 
qiluvchi mutaxassislar –anderrayterlarni ishga yolladi va agarda risk ro‘y 
beradigan bo‘lsa, u investitsiyalar kabi tasarruf qilinadigan umumiy fonddan 
sug‘urta qildiruvchiga pul to‘lagan. Fond kompaniyaning o‘z aksiyalarini 
sotishidan tushgan mablag‘, fond mablag‘larini investitsiya qilishdan olingan 
daromad va sug‘urta qildiruvchilardan to‘plangan mablag‘lar hisobiga 
shakllantirilgan. 
Ko‘zda tutilganki, professional anderrayterlar, qaysi risk ulushini va qanday 
mukofot evaziga qabul qilishni belgilagan holda, fondga doimo risk ro‘y bergan 
hollarda sug‘urta qildiruvchilarga pul to‘lashga, shuningdek, aksiyadorlarga 
ularning kiritgan mablag‘lard kutadigan natijani oqlaydigan darajada jalb etuvchan 
dividendlar to‘lashga qodir bo‘lishga imkon beradi. 
YOng‘indan sug‘urta qildirish sug‘urta kompaniyalari faoliyat yurita 
boshlagan ilk soha bo‘ldi. XVIII asrda aholi gavjum bo‘lgan shaharlarda aksariyat 
uylar yog‘ochdan qurilgan edi. Olov uylarni isitish va ovqat tayyorlashni 
ta’minlagan, uyni yoritish uchun shamlardan foydalanilgan. SHu sababli shahar 
uylarida yong‘in riski juda yuqori bo‘lgan. Urbanizatsiyadan chetda qolgan qishloq 
joylarda hamma qo‘shnilar yong‘inga uchragan uyni tiklashga yordam berish 
uchun to‘planishgan. U erda o‘zaro yordam tamoyili amal qilgan. Bundan farqli 
ravishda, shahar ko‘chalarida masalan, to‘qimachilar, etikdo‘zlar, klerklar yoki 
baliqchilar yong‘in oqibatida uysiz qolgan kishilarning qo‘shnisi bo‘lishi mumkin 
bo‘lib, ularda qo‘shnilarga uyini tiklashga yordam berish uchun vaqti ham 
bo‘lmaydi, amaliy jihatdan yordam ham ko‘rsata olmaydi. Buning o‘rniga ular 
ikkita narsa – yong‘inga qarshi kurash jamoasi xizmatlarini taqdim etish (ya’ni 
yong‘inning qo‘shni binolarga o‘tib ketishining oldini olish va yangi yong‘inlarni 
minimallashtirish) va sug‘urta qildirgan shaxsga zarur mutaxassislar (quruvchi, 
duradgor va h.k.) yollash uchun etarli miqdorda pul to‘lashni va’da qilgan sug‘urta 
kompaniyasiga sug‘urta mukofoti to‘lashga tayyor bo‘lgan. 
Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir 
tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy
majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish 
negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga 
oladi. 


24 
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, 
ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini 
qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. SHunday 
anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari 
yuzaga keldi.
Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, 
sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, 
sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy 
munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit 
majmuasi mavjudligi ham muhimdir.
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish uchun ilmiy 
adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish maqsadga 
muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish industriyasi»
9
ekanligi qayd 
etilgan, shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda 
«xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.
Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat» 
tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan 
«xizmat» o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat 
«va’dani sotadi». SHu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan 
faoliyat»
1
deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini 
tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»
2
beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida 
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining 
ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) 
ta’minlanishi nazarda tutiladi. SHartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan 
ma’lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi. 
Soda qilib aytganda sug‘urtalovchilar hech qanday moddiy mahsulot, 
masalan, sovun, turshak kabilarni sotmaydi. Xalqaro savdo tushunchalarda 
ularning maxsulotini «ko‘rinmaydigan faoliyat» deb ta’riflasa bo‘ladi. 
Sug‘urtalovchiga hujjat – polis beriladi. Polis sug‘urtalovchi va sug‘urtachi 
o‘rtasida shartnoma tuzilganligini isbotlovchi hujjat hisoblanadi. SHartnoma zarar 
qiymatiga muqobil pul to‘lovini yoki oldindan belgilangan miqdorni (hayot 
sug‘urtasida) ta’minlaydi yoki ba’zida mulkni taqdim etadi). 
Sug‘urta kompaniyasi sug‘urtalash risk holati yuzaga kelganda har bir mijoz 
oldidagi majburiyatni ta’minlashda o‘zining zaxira jamg‘armasida yoki aktivida 
alohida ulush ajratmaydi. Haqiqatan, har qanday real sug‘urtalangan risk kelganda 
to‘lovni amalga oshirish umumiy jamg‘armaning yagona maqsadi hisoblanadi.
Bu holatda har bir sug‘urtalanuvchiga sug‘urtalovchi risk yuzaga kelganda 
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish va tayyor bo‘lish qobiliyatiga ishonch 
hosil qilish kerakligini bildiradi. 
9
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. 
p. 1 b. 3.
1
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. 
p.1 b. 4. 
2
Қаранг: Ефимов С.Л. Энциклопедический словарь. Экономика и страхование. М.: Церих -ПЭЛ, 1996. I-Х, с. 347. 
3
Ўзбекистон Республикасининг «Суғурта фаолияти тўғрисида»ги Қонуни, 3-модда
.


25 
Ba’zi bir mualliflar «xizmat» tushunchasining moddiy bo‘lmagan maxsulot 
(tovar) deb talqin qiladi
10

«Xizmat» tushunchasi sug‘urtada fundamental hisoblanadi. sug‘urtalovchi 
sug‘urtalanuvchiga va’dani sotadi. SHartnomaning bajarilishi vaqt o‘tib 
isbotlanishi mumkin. Sug‘urtalovchi to‘lovni amalga oshirayotgan paytda 
sug‘urtalovchi yuzaga kelgan voqeylik sababli (noxush voqea, o‘g‘irlik, zilzila va 
boshqa yomon ruhiy ahvolda bo‘lishi mumkin. Hayot sug‘urtasi bilan bog‘liq 
holatda, ya’ni sug‘urtalangan shaxs olmadan o‘tgan bo‘lsa, uning qarindosh-
urug‘lari bu o‘limdan chuqur qayg‘uga tushib qoladi. Polis to‘lovi to‘langan 
taqdirda ularning ko‘ngli biroz taskin topadi. 
Boshqa bir tomondan, agar sug‘urtachi to‘lov arizasining asoslanganligiga 
qandaydir e’tiroz bildirsa, u tekshirish tugamaguncha to‘lovni to‘xtatib turishi 
mumkin. Bunday sug‘urtalovchi norozi bo‘lishi mumkin. (nohak ayiblanganligi 
yoki yolg‘onchi bo‘lib chiqqanligi yoki e’tiroz ortiqcha bo‘lganligi sababli). Har 
qanday holatda sug‘urta shartnoma bo‘yicha e’tiroz bildirilsa sug‘urtalovchi 
yomon kayfiyatda bo‘ladi. Boshqa har qanday davrda e
’tiroz bildirilmasa 
sug‘urtalovchi himoyalangan bo‘ladi. U ana shuning uchun o‘z pulini 
to‘lashga tayyor bo‘ladi. 
Sug‘urtalanuvchi agar to‘lovga ariza berilsa, sug‘urtalovchilarni 
sug‘urtaga polisini sotib olish kerakligiga ishontirish ular yaxshi bitimga qo‘l 
urganligiga va ular mukofot to‘lab to‘lov bilan bog‘liq arizalarni 
rasmiylashtirmasligiga ishontirish lozim. Bu holat sug‘urta biznesida 
xizmatlar bilan bog‘liq masalada muhim ahamiyatga ega. SHartnoma 
tuzishning har bir bos
q
ichida va sug‘urta shartnomasining harakati davomida 
mijoz o‘zini betakror ekanligiga ishonch hosil qilishi, o‘z puli evaziga 
munosib narxda himoya olayotganligiga, shuningdek sug‘urtalovchi 
kompaniya rahbariyati kompaniyani samarali boshqarayotganligiga va mijoz 
manfaatini doimo birinchi o‘ringa qo‘yganligiga ishonch hosil qilish kerak. 
Ba’zi bir mualliflar bu jihatni yanada to‘liq ochib berish uchun 
«madaniyat» tushunchasini qo‘llashadi. Ko‘zga ko‘rinmaydigan maxsulotni 
ishlab chiqaruvchilari sifatida sug‘urtalovchilar mijozlarga yuqori sifatli 
xizmat kafolatlanishini ta’minlash kerak. Buning eng yaxshi yo‘li shundan 
iboratki, personal xodimlarida muamola madaniyatini shakllantirish lozim. 
Mijoz doimo haq va uning manfaati doimo birinchi o‘rinda turadi degan 
tamoyili mijoz bilan muomala qilishda asos bo‘ladi
11
.
Sug‘urtachining sa’y-harakati o‘z mijozlarini sug‘urta polisini sotib olishlari 
orqali foydali kelishuvni amalga oshirganliklariga ishontirishga yo‘naltirilgan 
bo‘lishi muhimdir. 
Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va 
rivojlanishi, iqtisodiyot sub’ektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi
10
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993.
11
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993.


26 
erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi 
kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy 
takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus 
xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi. 
«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta 
mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta 
hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta 
tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish 
tushuniladi»
3


Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin