3. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi me’zonlar.
Iqtisodiy adabiyotda Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Massachusets texnologiya universiteti professori Stenli Fisherning fikriga ko'ra, Markaziy bank mustaqilligining 2 turi mavjud:
Iqtisodiy adabiyotda Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Massachusets texnologiya universiteti professori Stenli Fisherning fikriga ko'ra, Markaziy bank mustaqilligining 2 turi mavjud:
1991-yilda V. Grilli fanga Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi tushunchasini kiritdi. Uning fikriga ko'ra, Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi – bu Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonini hukumatdan mustaqilligidir. Ammo hozirgi davrda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi nafaqat Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonidagi mustaqillikni, balki pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqillikni ham o'z ichiga oladi.
Ko'pchilik iqtisodchi olimlar – (Maskiandaro, Tabellini, Sukerman, Eyffinger, Shennaev va boshq.) tomonidan Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligini mavjudligi e'tirof etilgan. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi – bu Markaziy bankning o'z ixtiyoridagi mablag'lar va instrumentlardan foydalanishda hukumatdan va davlat boshqaruv organlaridan mustaqilligidir.
Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar:
Sukerman indeksi;
GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar tomonidan asos solingan) indeksi;
Eyffinger–Shaling indeksi;
Sukerman indeksi mustaqillikni tavsiflovchi 4 ta guruhga bo'lingan 16 ta ko'rsatkichlarni o'zida mujassamlashtiradi. Kadrlar siyosatini mustaqilligi pul-kredit siyosatini ishlab chiqish Uning maqsadlari va davlat byudjetini moliyalashtirishni chegaralash. Har bir 16 ta ko'rsatkich 0 dan 1 gacha belgilanishi mumkin. GMT indeksi 2 qismdan iborat bo'lib, MBning siyosiy va iqtisodiy mustaqilliligini belgilaydi. Har bir qism o'zida indekslarni aks ettirib faqat 2 ta ko'rsatkich bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda GMT indeksi MBning mustaqililigini baholash uchun ko'plab ishlatilayotgan indeksdir, chunki uni hisoblash uchun etarli ma'lumotlarni olish mumkin bo'ladi