Iqtisodiy adabiyotlarda Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Massachusets texnologiya universiteti professori Stenli Fisherning fikriga koVa, Markaziy bank mustaqilligining 2 turi mavjud: - instrumentlami tanlashdagi mustaqillik; - maqsadlami tanlashdagi mustaqillik. V.Grilli 1991 yilda fanga Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi tushunchasini kiritdi. Uning fikriga koYa, Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi - bu Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonini hukumatdan mustaqilligidir. Ammo hozirgi davrda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi nafaqat Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonidagi mustaqillikni, balki pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqillikni ham o'z ichiga oladi. Ko‘pchilik iqtisodchi olimlar - (Maskiandaro, Tabellini, Tsukerman, Eyffinger, Shennaev va boshq.) tomonidan Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligini mayjudligi e’tirof etilgan. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi - bu Markaziy bankning o'z ixtiyoridagi mablaglar va instrumentlardan foydalanishda hukumatdan va davlat boshqaruv organlaridan mustaqilligidir. Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar: