“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-28, Issue-1, February - 2023
41
RAQAMLI IQTISODIYOTIDA RESPUBLIKA BANK TIZIMINI
FAOLIYATINI NAZORAT QILISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Erkinov Farrux Rustam o'g'li
O'zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi tinglovchisi,
ATB Kapitalbank, Bosh mutaxasis.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotida respublika bank tizimini
faoliyatini nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari,
barcha mamlakatlar
rivojlanishining asosi bo'lgan - iqtisodiyot va tijorat banklarining iqtisodiyotda tutgan
o'rni va ahamiyati to'g'risidagi bir qator fikr-mulohazalar tahlillarga asoslangan holda
bayon etilgan.
Kalit so'zlar:
Iqtisodiyot , tijorat banklari , xo'jalik subyektlari , bank
operatsiyalari, bank xizmatlari , mablag' , bozor munosabatlari , bo'sh pul mablag'lari,
ishlab chiqarish jarayoni , xalqaro bank amaliyoti .
Abstract:
This article holds a number of opinions on the role and importance of
economic and commercial banks in the economy, which is the basis of development of
all countries, based on analysis.
Keywords:
Economy, commercial banks, business entities, banking operations,
banking services, funds, market relations, free cash, production process, international
banking practice.
Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y
bergan
jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va
platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari
bilan shaxsiy muloqotni
minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni
qisqartirishga yordam berdi,
shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga
qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan,
raqamli yoki
elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi.«Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib,
innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini,
buning samarasi o‘laroq esa internet buyumlardan tortib,
elektron hukumatgacha
bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda
tutadi.Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion
sektorning o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan
ortiq miqdorni tashkil etib,
davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat
ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini
(kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va
dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar