1-jadval
Dunyoning turli mamlakatlari qurolli kuchlarida harbiy xizmatchilar
hayotini sug‘urta qilish
22
(ming AQSH doll.)
Mamlakat
Sug‘urta turi
shakli
Sug‘urta hodisasi
Sug‘urta to‘lovi
miqdori
AQSH
Shaxsiy
(imtiyozli)
O‘lim (halok bo‘lish)
10-250
Italiya
Davlat
Harbiy xizmatchining
Fors ko‘rfazida halok
bo‘lishi (1991 y.)
Uchuvchilar tarkibi -
450
Polkovnik - 300
Oddiy askar - 120
Shvetsiya
Davlat
100%lk
nogironlik
yoki o‘lim
100 dan
Rossiya
Majburiy
davlat
Harbiy xizmatchining
o‘limi (halok bo‘lishi)
5 - 18
Harbiy xizmatchilarni davlat tomonidan sug‘urta qilish elementlari Shvetsiya
va Italiyada ham mavjud (3.1.1-jadval). Xususan, Shvetsiyada «risk to‘lovi»
maksimal hajmi hozirgi paytda 796,4 ming shved kroniga teng (100 ming
dollardan ko‘p.). Ushbu summa harbiy xizmatchi 100% nogironlikka uchragan
yoki halok bo‘lgan hollarda Davlat sug‘urta kengashi tomonidan to‘lanadi. Fors
ko‘rfazi hududida «ko‘pmillatli tinchlik o‘rnatish kuchlari» tarkibida janogovar
harakatlarda ishtirok etgan italyan harbiy xizmatchilari uchun mamlakat parlamenti
harbiy xizmatchi halok bo‘lgan hollarda 200-750 mln. italyan lirasi (120 ming doll.
- 450 ming doll.) miqdorida maxsus sug‘urta to‘lovlari joriy qilgan. SHunga
alohida e’tibor qaratish kerakki, bu ikki mamlakatda harbiy xizmatchilarni ijtimoiy
himoya qilish mexanizmi masalan, AQSHdagi an’anaviy sug‘urtadan ko‘ra
ko‘proq davlat ijtimoiy ta’minotini
eslatib yuboradi.
Germaniyada chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar kasallik,
mehnat layoqatini yo‘qotish va ishsizlikdan majburiy sug‘urta qilinishi lozim.
Oddiy (fuqaro) aholidan farqli ravishda, ular uchun sug‘urta badallarini to‘liq
hajmda davlat to‘laydi, bu esa askarlarga ertangi kundan ishonch bilan xizmat
qilishga imkon beradi.
Tadqiqot maqsadlarida Fransiyada harbiy xizmatchilarga taqdim etiladigan
ijtimoiy kafolatlar tizimi alohida qiziqish uyg‘otadi. Uning alohida xususiyatlari
qatoriga ijtimoiy ta’minot milliy kassalari faoliyat ko‘rsatishini kiritish mumkin
bo‘lib, bu kassalarga a’zolik majburiy hisoblanadi.
22
Gavrilova S. Straxovanie: Uchebnoe posobie. –M.: «Eksmo», 2010 g
98
Mazkur institut faoliyatining maqsadi sug‘urta qilinganlarni kasallik holatida
sug‘urta nafaqasi bilan, ayol harbiy xizmatchilarni esa – onalik bo‘yicha nafaqa
bilan ta’minlash hisoblanadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan, harbiy xizmatchilarni
ijtimoiy himoya qilish tizimi emerital kassalar tamoyili bo‘yicha tashkil etilgan.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining hayoti va
salomatligi majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha munosabatlar vujudga kelishi
uchun asos bo‘lib 1998 yil 28 martda qabul qilingan va 1998 yil 1 iyuldan boshlab
kuchga kirgan "Harbiy xizmatchilar, harbiy yig‘inga chaqirilga fuqarolar, Rossiya
Federatsiyasi ichki ishlar organlari, Davlat yong‘inga qarshi xizmati, giyohvand
vositalar va psixotrop moddalar aylanmasi ustidan nazorat bo‘yicha organlarning
oddiy askarlar va boshliqlar tarkibi, jazoni ijro etish tizimi muassasalari xodimlari
va soliq politsiyasi federal organlari xodimlarining hayoti va salomatligi majburiy
davlat sug‘urtasi to‘g‘risida"gi Federal qonun (bundan keyin - 52-FZ sonli Federal
qonun) asosida sug‘urta qildiruvchi (Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi) va
sug‘urta qiluvchi (sug‘urta kompaniyasi) o‘rtasida tuzilgan shartnoma xizmat
qiladi;
1) sug‘urta qiluvchi sifatida konkurs o‘tkazish natijasida tanlab olingan
sug‘urta tashkiloti ishtirok etadi;
2) sug‘urta qiluvchiga to‘lanadigan sug‘urta mukofoti hajmi federal
qonunning o‘zida belgilab beriladi;
3) harbiy xizmatchilar hayoti va saloamatligi majburiy davlat sug‘urtasi
uchun RF FK 48-moddasining qoidalari subsidiar ravishda, ya’ni faqat qonunlar,
boshqa huquqiy hujjatlarda o‘zgacha holat ko‘zda tutilmagan yoki mos keluvchi
munosabatlardan kelib chiqmaydigan hollarda qo‘llanadi.
Harbiy xizmatchilar hayoti va saloamatligi majburiy davlat sug‘urtasi
tushunchasi tor, sug‘urta ma’nosida ham, keng – konstitutsion-huquqiy ma’noda
ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tor, sug‘urta ma’nosida bu – qonun kuchi bilan va sug‘urta qildiruvchi
(Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi) bilan sug‘urta qiluvchi (sug‘urta
kompaniyasi) o‘rtasida tuzilgan Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy
xizmatchilarining hayoti va salomatligini sug‘urta qilish shartnomasi asosida,
belgilangan hodisalar (sug‘urta holatlari) ro‘y berganda sug‘urta qiluvchi sug‘urta
qildiruvchining sug‘urta qildiruvchiga federal byudjetdan ajratiladigan sug‘urta
badallaridan (sug‘urta mukofotlaridan) shakllantiriladigan pul fondi hisobiga
amalga oshiriladigan sug‘urtadir
Keng, konstitutsion-huquqiy ma’noda bu – Rossiya Federatsiyasi Qurolli
kuchlarining harbiy xizmatchilariga sug‘urta holati ro‘y berishi oqibatida sug‘urta
qilingan shaxsning moddiy va (yoki) ijtimoiy holati o‘zgarishi oqibatlarini o‘rnini
to‘ldirishi, jumladan, etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashi ko‘zda
tutilgan boshqa to‘lovlar bilan birga davlat tomonidan kafolatlangan etkazilgan
ziyonning o‘rnini to‘ldirish uchun to‘lovlar hajmidir.
«Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Rossiya
Federatsiyasi Qonuni 6-moddasi 1-bandiga muvofiq Rossiya Federatsiyasi
qonunchiligida ko‘zda tutilgan, sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil
99
etilgan va belgilangan tartibda Rossiya Federatsiyasi hududida sug‘urta faoliyatini
amalga oshirish litsunziyasini olgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi
yuridik shaxslar (sug‘urta tashkilotlari va o‘zaro sug‘urta jamiyatlari) tan olinadi.
Sug‘urta qiluvchining Rossiya Federatsiyasi hududida majburiy davlat sug‘urtasini
amalga oshirishi uchun asosiy shart ushbu sug‘urta turini amalga oshirish huquqini
beradigan maxsus davlat litsenziyasi olish hisoblanadi (52-FZ Federal qonunning
3-moddasi 2-bandi).
«Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Federal
qonunning 5-moddasiga muvofiq, sug‘urta qildiruvchi deb sug‘urta qiluvchilar
bilan sug‘urta shartnomasi tuzgan yoki qonun kuchi bilan sug‘urta qildiruvchi
hisoblangan yuridik shaxslar va yuridik salohiyatga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar
tan olinadi. Sug‘urta qildiruvchilar sug‘urta qiluvchilar bilan uchinchi shaxslarni
ularning (sug‘urta qilingan shaxslarning) foydasiga sug‘urta qilish haqida
shartnoma tuzishga haqli.
52-FZ sonli Federal qonun sug‘urta qildiruvchini ta’riflashga iddiyroq
yondoshgan. Agar ilgari Rossiya Federatsiyasi hukumatining 1993 yil 5 apreldagi
295-sonli qaroriga muvofiq manfaatdor vazirliklar va idoralar sug‘urta qildiruvchi
bo‘lishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda yuqorida aytib o‘tilgan qonunga
muvofiq majburiy davlat sug‘urtasini amalga oshirishda faqat qonunchilik bilan
ularda harbiy xizmat (xizmat, harbiy yig‘in o‘tash) ko‘zda tutlgan ijroiya hukumati
federal organlari sug‘urta qildiruvchi bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta qilingan shaxs bu – uning hayotida bevosita shaxs yoki uning
hayotidagi voqea-hodisalar bilan bog‘liq sug‘urta holati ro‘y berishi lozim bo‘lgan
shaxsdir (Shaxsiy sug‘urta). Hayot va salomatlik majburiy davlat sug‘urtasida
sug‘urta qilingan shaxslar sifatida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy
xizmatchilari ishtirok etadi.
Foyda oluvchi bu – sug‘urta holati ro‘y berganda sug‘urta summasi olish
uchun tayinlangan jismoniy shaxsdir.
1992 yilning 27 noyabrida qabul qilingan 4015-1 sonli «Rossiya
Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Federal qonunning 5-
modda 3-bandiga muvofiq sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchilar
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari olish uchun yuridik yoki
jismoniy shaxslar (foyda oluvchilar) tayinlash huquqiga ega.
Sug‘urtada ko‘pincha uchinchi shaxs foydasiga shartnoma konstruksiyasi
foydalaniladi, bunda sug‘urta summasi to‘lash haqida sug‘urta qiluvchiga talab
shartnoma tomoni sanalgan sug‘urta qildiruvchida emas, balki uchinchi shaxsda
foyda oluvchida vujudga keladi. Aynan shunday shartnomalar mavudligi «Rossiya
Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Federal qonunning 6-
moddasi 1-bandida ko‘rsatilgan.
«Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Federal
qonunning 2-modda 4-bandida majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha foyda
oluvchilar ro‘yxati keltirilgan va ular bunday bo‘lishi va mos keluvchi sug‘urta
summasini olish huquqiga ega bo‘lishi shartlari belgilab berilgan: sug‘urta qilingan
shaxs halok bo‘lgan kunda u bilan qonuniy qayd qilingan nikohda bo‘lgan turmush
100
o‘rtog‘i, sug‘urta qilingan shaxsning ota-onasi (farzand qilib olgan shaxslar),
bobosi va buvisi – uning ota-onasi bo‘lmagan, ular tomonidan kamida 3 yil
tarbiyalangan va qaralgan hollarda, sug‘urta qilingan shaxsning o‘gay otasi yoki
o‘gay onasi – agarda ular kamida besh yil tarbiyalagan va qaragan hollarda, 18
yoshga etmagan bolalari yoki 18 yoshdan katta bo‘lgan nogiron bolalari,
shuningdek, mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar ta’lim
muassasalarida tahsil olayotganlar, ularning o‘qishi tugagunga yoki 23 yoshga
to‘lgunga qadar.
Ta’kidlash joizki, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ijtimoiy
himoyasini takomillashtirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi hukumatining 1993
yil 5 apreldagi 295-sonli qarori bilan foyda oluvchilar ro‘yxati ilgari amal qilgan
me’yorlarga nisbatan ancha kengaytirilgan.
Sug‘urta to‘lovlari tartibi va hajmi. «Sug‘urta holati» tushunchasiga «Rossiya
Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Federal qonunning 9-
modda 2-bandida berilgan. Sug‘urta shartnomasida yoki qonunda ko‘zda tutilgan,
uning ro‘y berishi bilan sug‘urta qluvchining sug‘urta qildiruvchiga, sug‘urta
qilingan shaxsga, foyda oluvchiga yoki boshqa uchinchi shaxslarga sug‘urta to‘lovi
to‘lash majburiyati yuzaga keladigan ro‘y bergan hodisa sug‘urta holati
hisoblanadi.
Harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha
sug‘urta holatlari «Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil qilish
to‘g‘risida»gi Federal qonunda belgilab qo‘yilgan:
-
sug‘urta qilingan shaxsning harbiy xizmatni o‘tash, xizmat, harbiy yig‘inlar
davrida yoki harbiy xizmatdan, xizmatdan bo‘shatilganidan, harbiy yig‘inlar
yakunlanganidan so‘ng bir yil davomida xizmatni o‘tash, xizmat, harbiy yig‘inlar
davrida shikastlanish (yaralanish, jarohat, kontuziya) yoki kasalliklar oqibatida
halok bo‘lishi (o‘limi);
-
sug‘urta qilingan shaxsga harbiy xizmatni o‘tash, xizmat, harbiy yig‘inlar
davrida yoki harbiy xizmatdan, xizmatdan bo‘shatilganidan, harbiy yig‘inlar
yakunlanganidan so‘ng bir yil davomida xizmatni o‘tash, xizmat, harbiy yig‘inlar
davrida shikastlanish (yaralanish, jarohat, kontuziya) yoki kasalliklar oqibatida
nogironlik belgilanishi;
-
sug‘urta qilingan shaxsning harbiy xizmatni o‘tash, xizmat, harbiy yig‘inlar
davrida og‘ir yoki engil shiskastlanishi (yaradorlik, jarohat, kontuziya);
-
chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxsning, harbiy yig‘inga
harbiy qism lavozimlar shtatida starshinagacha bo‘lgan lavozim ko‘zda tutilgan
harbiy lavozimga chaqirilgan fuqaroning, jumladan, harbiy xizmatni o‘tash
muddati davomida olingan shikastlar (yaradorlik, jarohat, kontuziya) yoki kasallik
oqibatida harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan harbiy xizmatga cheklangan
tarzda yaroqli deb topilgan shaxslarning harbiy xizmatdan muddatidan oldin
bo‘shatilishi.
Afrim toifadagi fuqarolarga nisbatan ham o‘z ishining xususiyatlari,
qiyinchiliklari va xavfliligi tufayli Rossiya Federatsiyasining hayot va
salomatlikning davlat majburiy sug‘urtasi ko‘zda tutilgan boshqa qonunlari va
101
me’yoriy hujjatlari amal qilishi mumkin. Majburiy davlat shaxsi sug‘urta
sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunchilik bazasini tahlil
qilish ham buni tasdiqlaydi. Masalan, harbiy sudlar sudyalariga nisbatan majburiy
davlat Shaxsiy sug‘urtasi belglangan ikkita federal qonun amal qilishi mumkin.
Xuddi harbiy xizmatchilar kabi ularga nisbatan ham 52-FZ sonli Federal qonunga
muvofiq hayoti va salomatligi majburiy davlat sug‘urtasi amal qiladi. Sudya
sifatida ular 1992 yil 26 iyunda qabul qilingan 3132-1 sonli «Rossiya
Federatsiyasida sudlar huquqiy holati to‘g‘risida»gi va 1995 yil 20 aprelda qabul
qilingan 45-FZ sonli «Sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari va nazorat
qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining davlat himoyasi to‘g‘risida»gi qonun
ta’siri ostida bo‘lib, bu qonunlar sudyalarning majburiy davlat Shaxsiy sug‘urtaini
tartibga soladigan me’yorlardan iborat. Bunday vaziyatda ikkala qonun ta’siri
ostida bo‘lgan sug‘urta holati ro‘y berganda sug‘urta qilinganlarning o‘zi (ularning
oila a’zolari, merosxo‘rlari) qonunlardan faqat bittasi bo‘yicha sug‘urta summasi
olishni tanlashi mumkin. Sug‘urta summasi hajmi sug‘urta shartnomasining
muhim shartlaridan biri hisoblanadi va sug‘urta shartnomasi tomonlari – sug‘urta
qiluvchi va sug‘urta qildiruvchining kelishuviga ko‘ra belgilanadi.
Sug‘urta summasi – sug‘urta qildiruvchiga yoki uni olish huquqiga ega
bo‘lgan uchinchi shaxsga to‘lanadigan sug‘urta to‘lovi bo‘yicha sug‘urta
qiluvchining majburiyatlari maksimal hajmining puldagi bahosidir. Bunda sug‘urta
shartnomasida sug‘urta summasi sug‘urta qilishga qabul qilingan har bir risk
bo‘yicha alohida yoki sug‘urta qiluvchining maksimal majburiyatlarini aniqlash
uchun har bir sug‘urta holati bo‘yicha belgilanishi mumkin. Majburiy sug‘urtada
sug‘urta summasi hajmi federal qonun bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |