1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   222
Суғурта иши (3)

 
13-MAVZU: 
MAJBURIY SUG‘URTA
 
 
REJA: 
1.
Majburiy davlat sug’urtasining zarurligi va ahamiyati 
2.
Majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirish tartibi 
3.
Majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirishda xorij tajribasi 
 
1. 
Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash hozirgi vaqtda sug‘urta 
amaliyotda ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 922-moddasida majburiy sug‘urta haqida 
alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, unda shunday deyiladi: «Qonunda 
quyidagilarni sug‘urta qilish majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin: 
- qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulki 
ularning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi ehtimolini nazarda 
tutib; 


81 
- boshqa shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi 
yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan o‘zining fuqaroviy javobgarligi xavfi». 
Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan 
shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy sug‘urtaning boshqa turlari ham 
belgilanishi mumkin. Fuqaroga o‘z hayoti yoki sog‘ligini sug‘urtalash majburiyati 
qonun bilan yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki 
unda belgilangan tartibda xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida davlatga 
qarashli mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslarga bu mulkni sug‘urtalash 
majburiyati yuklanishi mumkin. 
Majburiy sug‘urta bunday sug‘urta qilish majburiyati yuklangan shaxs 
(sug‘urta qildiruvchi) sug‘urtalovchi bilan sug‘urta shartnomasi tuzishi vositasida 
amalga oshiriladi. Majburiy sug‘urta sug‘urta qildiruvchi hisobidan amalga 
oshiriladi, yo‘lovchilarni majburiy sug‘urtalash bundan mustasno bo‘lib, bu 
sug‘urta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning o‘z hisobidan amalga 
oshirilishi mumkin. Majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar, ular 
sug‘urtalanishga sabab bo‘ladigan xavflar va sug‘urta pulining eng kam miqdorlari 
qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Fuqarolik kodeksining 924-moddasida majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi 
qoidalarni buzish oqibatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Qonun bo‘yicha foydasiga majburiy 
sug‘urta amalga oshirilishi lozim bo‘lgan shaxs, agar sug‘urta amalga 
oshirilmagani unga ma’lum bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi sifatida zimmasiga 
sug‘urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab 
qilishga haqli. Agar sug‘urta qildiruvchi sifatida sug‘urtalash majburiyati 
zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan bo‘lsa yoki sug‘urta 
shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan 
yomonlashtiradigan shartlarda buzgan bo‘lsa, u sug‘urta hodisasi yuz berganida 
basharti tegishlicha sug‘urtalangan taqdirda sug‘urta tovoni to‘lashga asos bo‘lishi 
kerak bo‘lgan shartlarda javobgar bo‘ladi. 
Shu erda ta’kidlash lozimki, majburiy sug‘urta turlari hukumat qarorlari 
asosida joriy etilgan. Unda sug‘urtalanuvchilar guruhi, sug‘urta qilish shartlari, 
sug‘urta tarifi stavkalari va sug‘urta qoplamalari miqdorlari ko‘rsatilgan.
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta’minlash 
maqsadida qonunda hayot, sog‘lik va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi 
belgilab qo‘yilishi mumkin. 
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 
ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa 
tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi. 
Fuqarolik kodeksining qoidalari, agar sug‘urta to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa va sug‘urta bo‘yicha 
mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sug‘urtasiga 
nisbatan qo‘llaniladi. 


82 
Bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta sohasida baxtsiz hodisalardan ehtiyot 
shart sug‘urtalashning majburiy turlariga quyidagilar kiradi: 

soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi; 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy 
xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi. 
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning ushbu majburiy turi majburiy davlat 
sug‘urtasi deb yuritiladi. Majburiy davlat sug‘urtasida davlat xizmatichlari va kasb 
xatarliligi bilan bog‘liq xodimlarning hayoti va salomatligi davlat tomonidan 
ijtimoiy himoyaga olinadi. 
Ijtimoiy himoya – keng ma’noda mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy 
muxofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy chora - tadbirlar majmui, tor ma’noda davlat va jamiyatning yoshi, 
salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan etarli ta’minlanmagani 
tufayli yordamga, ko‘makka muxtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amhurligi. Uning 
asosiy maqsadi aholini farovonligining to‘xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, 
aholini qatlamlarini ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin 
tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini 
va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, hamda 
harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar 
tarkibiga kiruvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida 
Vazirlar Mahkamasi 1994 yil 26 yanvarda 38-sonli “Harbiy xizmatchilar va harbiy 
majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi 
shaxslarning davlat majburiy Shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi. 
1994 yilning 1 yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy 
majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi 
shaxslarning xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lish (vafot etish), jarohatlanish 
(kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sug‘urtasi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy 
xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Favqulodda vaziyatlar 
vazirligi xodimlarini sug‘urtalash davlat byudjeti tomonidan ajratiladigan 
mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta 
tarifi bir sug‘urtalanuvchiga bir yilga eng kam oylik ish haqining 20 foizi 
miqdorida belgilangan. 
"Kafolat" davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (vakil qilingan 
sug‘urtalovchi) belgilangan tartibda majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni 2002 yil 
31 dekabrgacha davom ettirdi. 
"O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (vakil qilingan 
sug‘urtalovchi) majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni belgilangan tartibda 2003 yil 
1 yanvardan boshladi. 
"Kafolat" davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi 2003 yil 1 fevralgacha 
harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburiyatli shaxslarning, oddiy va 
boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning majburiy davlat sug‘urtasiga tegishli 


83 
hujjatlar ro‘yxati va sug‘urta zaxiralari vositalari "O‘zbekinvest" eksport-import 
milliy sug‘urta kompaniyasiga berilishini ta’minlagan.
"O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi hujjatlar ro‘yxati 
va sug‘urta zaxiralari vositalarini qabul qildi va keyingi har bir yil boshlangunga 
qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy 
xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan 
zarur sug‘urta shartnomalari tuzildi. 
Moliya Vazirligining 18.07.2003 yildagi 63-sonli, Mudofaa Vazirligining 
1/228-sonli, Ichki Ishlar Vazirligining 2-sonli, Milliy Xavfsizlik Xizmatining 
12/988-sonli, Davlat Bojxona Qo‘mitasining 01.02/5-24sonli, Favqulotda 
Vaziyatlar Vazirligining 1/5-430-sonli va Davlat Chegaralarni Qo‘riqlash 
Qo‘mitasining 1-sonli Qarori bilan Adliya vazirligi tomonidan 29.08.2003 da 
1266-son bilan ro‘yxatga olingan “Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va 
qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat 
tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” nizom qabul qilingan. 
Majburiy Davlat sug‘urtasi shartnomasini tuzishda qo‘yidagi tomonlar 
ishtirok etadilar:

sug‘urtalovchi – O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga 
muvofiq davlat majburiy sug‘urtasini amalga oshiruvchi vakolatli sug‘urta 
tashkiloti;
 

sug‘urta qildiruvchi - sug‘urtalovchi bilan sug‘urta qilish shartnomasini 
tuzuvchi va sug‘urtalovchi bilan sug‘urta munosabatlariga kirishuvchi hamda 
sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi, 
O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining 
Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasi, 
O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi;
 

sug‘urtalanuvchi - foydasiga sug‘urta amalga oshirilgan va sug‘urta badali 
to‘langan harbiy xizmatchilar, yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur oddiy 
askar va qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi shaxslar; 

naf oluvchilar – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq 
sug‘urtalangan shaxs o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda halok 
bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan 
sug‘urtalanuvchi shaxsning merosxo‘rlari. 
Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi va 
sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuziladgigan yozma bitim bo‘lib, u taraflar 
o‘rtasidagi majburiy davlat sug‘urtalashga oid huquqiy munosabatlarni tartibga 
solib turadi. 
Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urta summasi davlat sud ekspertlarining 
hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi 
bo‘yicha sug‘urtalovchi uning doirasida sug‘urta tovoni to‘lash majburiyatini olgan 
pul mablag‘lari summasi hisoblanadi.
 
Sug‘urta summasi O‘zbekiston Resupblikasi 
qonunchiligi bilan belgilangan minimal ish haqining to‘lov kuniga nisbatan 


84 
olingan va sug‘urtalovchining har bir sug‘urtalanuvchi oldidigi majburiyatining 
cheklangan miqdorini ifodalanadi.
 
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub 
harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda 
sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchilarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda 
ularning har biri uchun sug‘urta qilidiruvchi tomonidan O‘zbekiston Resupblikasi 
qonunchiligi bilan belgilangan minimal ish haqining to‘lov kuniga nisbatan 20 
foizi hisobidan olingan sug‘urtalovchiga har yili to‘lanishi shart bo‘lgan pul 
mablag‘lari summasi hisoblanadi
 
Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini quyidagi 
holatlarda amalga oshiradi: 
a) Sug‘urtalangan shaxs xizmat (yig‘in) davrida yoki xizmatdan (yig‘indan) 
bo‘shagandan keyin bir yil ichida xizmat burchini o‘tash vaqtida jarohatlanishi 
(kontuziya), oqibatida halok bo‘lgan (vafot etgan)da naf oluvchilarga (meros 
huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etish sharti bilan) sug‘urta 
summasining to‘liq miqdorida, eng kam ish hqining etti yillik hajmida – 9945600 
so‘m miqdorida;
b) Sug‘urtalangan shaxsga o‘z xizmat (yig‘in) burchini o‘tash bilan bog‘liq 
holda xizmatdan (yig‘indan) bo‘shagandan keyin bir yil ichida nogironlik berilgan 
bo‘lsa:

I guruh nogironiga - sug‘urta summasining 75 foizi – 7459200 so‘m 
miqdorida; 

II guruh nogironiga - sug‘urta summasining 50 foizi - 4972800 so‘m 
miqdorida; 

III guruh nogironiga - sug‘urta summasining 30 foizi – 2983680 so‘m 
miqdorida; 
v) sug‘urtalnuvchi xizmat burchini o‘tash (yig‘in) davrida og‘ir yaralangan 
holatda – sug‘urta tovoni summasidan 20 foiz – 1989120 so‘m, engil yaralangan 
holatda – 10 foiz – 994560 so‘m; 
g) muddatli harbiy xizmatchini, harbiy xizmatga majbur shaxslarning 
yig‘inlar davrida salomatligiga ko‘ra bunday keyin harbiy xizmatga (yig‘inga) 
yaroqsiz deb topilsa - sug‘urta tovoni summasidan 10 foiz – 994560 so‘m 
miqdorida. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan summalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan aniqlanadi. 
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub 
harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda 
sug‘urta shartnomasi bir kalendar yili davomida amal qiladi. 
Sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati tugashidan 30 kalendar kuni 
avval taraflardan birontasi ham yozma ravishda Sug‘urta shartnomasining amal 
qilishini to‘xtatishi to‘g‘risida ma’lum qilmagan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasi 
keyinga keyingi kalendar yiliga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub 
harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda 


85 
Sug‘urta mukofoti to‘lovlari har chorakda sug‘urta mukofoti umumiy miqdorining 
¼ qismi miqdorida Sug‘urtalovchining hisob raqamiga chorak boshlanganidan 
keyin 15 kalendar kuni ichida amalga oshiriladi.
Sug‘uta tovoni to‘lovi Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urtalanuvchining yoki 
oluvchi hisobidan Naf oluvchilarning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini 
o‘tkazib berish, chek yozib berish, pochta jo‘natmasi va boshqa qonunchilikda yo‘l 
qo‘yilgan usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Balog‘at yoshiga etmagan Naf oluvchiga sug‘urta tovoni to‘lovi faqat uning 
nomiga bankda ochilgan Shaxsiy hisobvaraqqa o‘tkazib berish va ayni vaqtda bu 
haqda vasiylik organlarini xabardor etish orqali amalga oshiriladi.
Sug‘urta tovoni to‘lovi Sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlarni olganidan 
keyin, agar Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta mukofotlarini o‘z vaqtida to‘lab turgan 
bo‘lsa, 5 bank kuni ichida amalga oshiriladi. 
Sug‘urta tovoni to‘lovini rad etgan holda, Sug‘urtalovchi barcha zarur 
hujjatlar topshirilganidan keyin 15 kalendar kuni ichida Sug‘urtalanuvchiga (Naf 
oluvchilarga) bu haqda rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabar beradi.
Sug‘urta tovonini to‘lab to‘g‘risidagi arizalar sug‘urta hodisasi sodir 
bo‘lganidan uch yil o‘tganidan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul 
qilinmaydi.
Muddatli xizmat harbiy xizmatchisi harbiy xizmatni o‘tash (yig‘in) chog‘ida 
salomatligiga ko‘ra bundan keyingi xizmatga (yitg‘ingpa) yaroqsiz deb topilsa, u 
o‘z yashash joyga qaytib ketayotgan paytda harbiy qism yoki harbiy-davolash 
muassasasi tomionidan uning qo‘liga kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma 
vakolatli idoralarga taqdim etish uchun beriladi.
Sug‘urtalanuvchi xizmatni o‘tash (yig‘in) chog‘ida olgan jarohat, kontuziya, 
mayiblik va majruhlik olsa, va buning oqibatida u kassaligig yoki sadomatligining 
cheklanganligi sababli xizmatdan (yig‘indan) bo‘shatilishi zarur bo‘lmasa, 
xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlovchi tegishli HVK tomonidan jarohat, 
kontuziya, mayiblik va majruhlik oliishining shart-sharoitlari to‘g‘risidagi 
daolatnoma (ma’lumotnoma) asosida uni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazgandan keyin, 
olingan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik to‘g‘risida ma’lumotnoma 
taqdim etiladi (mazkur Nizomga 1-sonli ilova). 
Mazkur ma’lumotnoma o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va 
ma’lumotnomaning nushasi HVK da 25 yil davomida saqlanadi. 
Sug‘urtalanuvchi olgan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik 
to‘g‘risdagi ma’lumotni yo‘qotib qo‘ysa, u HVK murojaat qilgan holda unga ana 
shu ma’lumotnomaning dublikati beriladi va uning o‘ng yuqori burchagida 
“Yo‘qotilgani o‘rniga berilgan dublikat” deb yozib qo‘yiladi.
Olingan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik darajasi HVK tomonidan 
Og‘ir va engil darajaga kiruvchi jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik ro‘yxati 
asosida aniqlanadi
Sug‘urta tovoni to‘lovi hisob-kitob qiymati miqdorida, sodir bo‘lgan 
sug‘urta hodisasiga bog‘liq ravishda, avval ham xudii shu turdagi hodisa uchun 
to‘langan summani chegrib tashlash orqali, ammo har bir sug‘urtalanuvchi uchun 


86 
belgilangan sug‘urta summasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Barcha 
holatlarda ham Sug‘urtalanuvchiga sug‘urta SHartnomasi amal qilib turgan davr 
ichida to‘lab berilgan barcha sug‘urta tovoni to‘lovlari summasi sug‘urta tovoni 
summasidan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘urtalanuvchi yoki Naf oluvchilar sug‘urta tovoni to‘lovini o‘z vaqtida 
olishlari uchun ularning yashash joylaridagi Vakolatli tizimlar ularga sug‘urta 
to‘lovini talab qqiilib olishlarida va sug‘urta tovoni to‘lovini olish uchun 
haqdorldikni isbotlovchi zarur hujjatlarni rasmiylashtrishda yordam ko‘rsatadailar.
To‘lov haqidagi arizani qabul qilib olish va ko‘rib chiqish bilan 
Sug‘urtalovchining 
mintaqaviy 
bo‘linmalari, shuningdek 
Sug‘urtalovchi 
tomonidan vakolat berilgan Sug‘urtalanuvchining yashash joyidagi boshqa 
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urtalanuvchi halok bo‘lgan (vafot etgan) holda Naf oluvchilar 
tomonidan notarial idoradan meros huquqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun 
Sug‘urtaldanuvchining yashash joyidagi Vakolatli tizimlar notarial taqdim etish 
uchun murojjaat etgan Naf oluvchilarga ma’lumotnoma beradilar. 
Sug‘urta tovoni to‘lovini olish huquqini aniqlash uchun Sug‘urtalanuvchi 
yoki meros huquqi to‘g‘risda ma’lumotnomani olgan Naf oluvchilar Vakolatli 
tizimlarda rasmiylashtirilgan quyidagi hujjatlarni Sug‘urtalovchiga topshiradilar: 
a) Sug‘urtalanuvchi xizmat (yig‘in) vaqtida halok bo‘lgan (vafot etgan) 
taqdirda: 
1.
ariza; 
2.
sug‘urtalanuvchining vafoti to‘g‘risdagi guvohnomaning notarial 
tasdiqdangan nushasi; 
3.
meros huquqi to‘g‘risdagi guvohnoma; 
4.
shaxsni tasdiqlovchi hujjat. 
Xizmatdan (yig‘indan) bo‘shatilganidan keyin bir yilgacha muddat ichida 
xizmatni o‘tash vaqtida olgan jarohatlanishi, kontuziya, mayiblik yoki kassallik 
oqibatida halok bo‘lgan (vafot etgan) Sug‘urtalanuvchi uchun yuqoridagilardan 
tashqari qo‘shimcha ravishda VTEK ning mazkur holatni tasdiqlovchi 
ma’lumotnomasi topshiriladi; 
b) sug‘urtalanuvchiga nogironlik belgilanganda: 
1.
ariza; 
2.
nogironlik belgilanganligi to‘g‘risda VTEK ma’lumotnomasining 
nogironlik guruhini, nogironlik belgilanish sababi va joyini ko‘rsatgan holda 
berilgan, notarial tartibda tasdiqlangan nushasi; 
3.
shaxsni tasdiqlovchi hujjat; 
4.
harbiy guvohnoma – harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majbur 
shaxslar uchun; 
5.
mehnat daftarchasining nushasi – oddiy askar va qo‘mondanlik tarkibidagi 
shaxslar uchun; 
v) Sug‘urtalanuvchi xizmatni o‘tash (yig‘in) vaqtida og‘ir yoki engil toifadagi 
jarohat olgan taqdirda: 
1.
ariza; 


87 
2.
HVK ning jarohatning og‘ir-ekngilligi haqidagi o‘rnatilgan tartibdagi 
ma’lumotnomasi; 
3.
shaxsni tasdiqlovchi hujjat; 
g) muddatli xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchining, harbiy xizmatga 
majbur shaxsning xizmatni o‘tash (yig‘in) vaqtida salomatligiga ko‘ra bundan 
keyin xizmatni (yig‘inni) o‘tash uchun yaroqsiz deb topilgan holda: 
1.
ariza; 
2.
Sug‘urtalanuvchining kasalligi to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan 
guvohnoma; 
3.
shaxsni tasdiqlovchi hujjat; 
4.
harbiy guvohnoma. 
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub 
harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda 
sug‘urtalanuvchi (Naf oluvchilar) sug‘urta hodisasiga bog‘liq ravishda yuqoridagi 
ro‘yxat asosida hujjatlarni topshiradilar. Mazkur hujjatlar to‘liq hajmda (butlangan 
holda) topshirilmasa Sug‘urtalovchi yozma ravishda etishmayotgan hujjatlarni 
talab qilib olishi shart. 
Sug‘urtalanuvchi yoki Naf oluvchilar sug‘rta tovoni to‘lovini olish 
to‘g‘risdagi arziani topshirganda Sug‘urtalovchi arizalarni va harbiy xizmatchilar, 
yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur oddiy askar va qo‘mondonlik 
tarkibiga kiruvchi shaxslarga majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovonini 
to‘lanishini ro‘yxatga olish daftarida qayd etishi, tegishli hujjatlarning to‘liqligi va 
to‘g‘riligini tekshirishi shart. 
Vakolatli tizimlar Sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra sug‘urta tovoni 
to‘lovini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta hodisasining vujudga kelish 
holatlari to‘g‘risdagi hujjatlarni zudlik bilan taqdim etishlari shart. 
Vakolatli tizimlarning sug‘urta tovoni to‘lovlarini amalga oshirish huquqini 
belgilovchi hujjatlarning rasmiylashtirish bo‘yicha ishlari hamda ularni o‘z vaqtida 
taqdim etilishi ustidan nazorat Sug‘urtalovchining tegishli tekshiruvchi idoralari va 
bo‘linmalariga yuklatiladi.
Sug‘urtalovchining tibbiy boshqarmalari HVK tomonidan olingan 
jarohat to‘g‘risidagi berilgan ma’lumotnomalarning qonuniyligi va olingan 
jarohatning og‘ir-engilligi ular tomonidan to‘g‘ri belgilanganligi ustidan nazorat 
olib boradilar. 
Vakolatli tizimlarda harbiy xizmatchilar, yig‘inga chaqirilgan harbiy 
xizmatga majbur oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi shaxslarning 
majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘lovlari uchun 
rasmiylashtirilgan hujjatlarni ro‘yxatga olish uchun maxsus daftar yuritiladi. 
Sug‘urta qldiruvchi va Sug‘urtalovchi o‘rtasida Sug‘urtalovchi har chorakda
sug‘urta qildiruvchiga amalga oshirilgan sug‘urta tovoni to‘lovlari to‘g‘risida 
viloyatlar qirqimida hisobot topshirishi to‘g‘risda o‘zaro kelishuv tuzishlari 
mumkin. 
Og‘ir darajaga kiruvchi jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik, yaqqol 
anatomik o‘zgarishlarni va sezilarli funksional nosozliklarni keltirib chiqaradi va 


88 
harbiy xizmatga yaroqliligi cheklanishiga yoki yaroqsiz bo‘lib qolishiga sabab 
bo‘ladi. Unga quyidagilar kiritiladi: 

bosh chanog‘iga, shu jumladan miyani shikastlamasdan teshib kirgan 
jarohat; 

bosh chanoq bo‘g‘ini va asosi suyagining ochiq va yopiq turda sinishi; 

bosh miyaning o‘rta va og‘ir darajada miyaning ezilishi bilan va miyani 
eziltirmasdan shikastlanishi; 

epidural, subdural va subaraxnoidal bosh chanoq ichiga qon quyilishi; 

umurtqa pog‘onasining va orqa miyaning ochiq va yopiq shikastlanishi; 

bo‘g‘iz, xalqum, traxeya va qizilo‘ngachni o‘yib o‘tgan jarohat; 

bo‘g‘iz va traxeya tog‘aylarining yopiq sinishi; 

ko‘krak qafasining o‘pka pardasiga, yurak qopchig‘iga yoki oraliq 
devorga yaqin kirib boruvchi, shu jumladan ichki a’zolarni shikastlamagan holdagi 
jarohatlari; 

qorinning qorin bshlig‘iga kirib boruvchi, shu jumladan ichki a’zolarni 
shikastlamagan holdagi jarohatlari; qorin bshlig‘i orqa tomoni (buyrak, buyrak 
ustki a’zolari, oshqozin ostki bezlari va h.k.) jarohatlari; 

ko‘krak va oshqozin bo‘shlig‘ining, tos suyagi bo‘shlig‘ining, shuningdek 
qorin bo‘shlig‘i ortidagi a’zolarning yopiq shikastlanishlari; 

uzun ilikli suyaklarning sinishi – elka, son suyagi, katta kurak, ikkala elka 
oldi suyaklarining; 

tos suyaklarining ko‘p miqdordagi sinishi; 

siydik chiqarish-jinsiy a’zolariga shikast etkazuvchi jarohatlar va 
yaralanishlar; 

badanning 40 foizidan ortiq qismidagi maydonga shikast etkazgan 1-
darajali termik kuyish; 

II-III darajali kuyish - badanning 10 foiz qismiga shikast etkazgan bo‘lsa; 

IV darajada kuyish, shuningdek badanning kichik maydonining shok bilan 
kechadigan holda kuyishi; 

nafas yo‘llarining kuyishi yallig‘lanish va ovoz naychasining torayishi 
bilan birga kechishi; 

kimyoviy birikmalar (konsentratli kislotalar, o‘yuvchi ishqorlar, raketa 
yonilg‘isi komponentlari) bilan zaharlanish, mahalliy ta’sirdan tashqari umumiy 
zaharlanish ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lsa; 

III-IV darajali sovuq oldirish; 

ko‘zning ichiga qobiqlarni yirtib kiruvchi va ko‘rish layoqatini 
yo‘qotuvchi jarohatlanishi; ko‘zning II-IV darajali kuyishi; bir yoki ikkala 
ko‘zning to‘liq barqaror ko‘rligi yoki barmoqlarni 2 m. yoki undan kamroq 
masofadan sanay olmaslik (ko‘zning o‘tkirligi 0,04 va undan past); eshitish 
a’zolarining ikkala quloqning barqaror karligiga olib keluvchi va vestibulyar 
buzilganlik yaqqol namoyon bo‘luvchi jarohatlanishi va yaralanishi; 

yuzning yumshoq to‘qimalarining, yuz skeleti suyaklarining barqaror 
badbasharalikka olib keluvchi jarohatlanishi va shikastlanishi; 


89 

qo‘l-oyoqlar funksiyasining barqaror buzilishiga olib kelgan qo‘l-oyoqlar 
yumshoq to‘qimalari va mushaklari jarohatlanishi; 

shok holati, ko‘p qon yo‘qotilishi, yog‘ yoki gaz emboliyasi hamda 
buyrak etishmovchiligini keltirib chiqargan jarohat toksikozi bilan kuzatiladigan 
jarohatlanish va yaralanishlar; 

yirik bo‘g‘inlarning, yirik nerv tarmoqlarining magistral qon aylanish 
tomirlarining jarohatlanishi va yopiq tarzda shikastlanishi; 

biron-bir a’zoning yo‘qotilishi yoki a’zoning o‘z funsiyasini bajarolmay 
qolishi (tilning yoki nutq qobiliyatining yo‘qotilishi, qo‘l yoki oyoqning yoxud 
uning funsiyasining yo‘qotilishi, ishlash layoqatining yo‘qotilishi); 

xizmat faoliyatiga oid kasbiy omillar ta’siri bilan bog‘liq jarohatlar. 
Barqaror anatomik o‘zgarishlarni keltirib chiqarmagan, funksiyalarining 
kam darajada buzilishiga olib kelgan jarohatlar, kontuziyalar va yaralanishlar engil 
darajaga mansub deb baholanadi. Unga quyidagilar kiritiladi: 

bo‘shliqlarga yorib kirmagan jarohatlar va ichki a’zolarni, bo‘g‘inlarni, 
paylarni, yirik nerv tarmoqlarini va magiatral qon tomirlarini shikastlamagan 
yaralanishlar; 

bo‘g‘in bog‘lamlarining qisman yirtilishi; 

bo‘g‘inlarning beasorat chiqib ketishi; 

III, IV yoki V barmoqlardan birining travmatik amputatsiya qilinishi; 

kaftning IV yoki V barmoqlarining kontrakturasi; 

bitta oyoqning barcha yoki alohida barmoqlarining amputatsiya qilinishi; 

alohida tos suyaklarining tos xalqasiga, ichki a’zolarga, yirik bo‘g‘inlar va 
nervlarga ta’sir ko‘rtsatmasdan yopiq shikastlanishi; 

oyoq va kaft suyaklarining, bitta-ikkita qobirg‘aning, bitta o‘mrovning,
bitta elka oldi suyagining yopiq sinishi; 

I-II darajali sovuq oldirish; 

tananing 40 foizdan ortiq bo‘lmagan I darajali kuyish, 10 foizdan ortiq 
bo‘lmagan II-III darajali kuyish; 

ko‘zning shohpardasida, kon’yuktivida o‘zga jismlarning mavjudligi, 
ko‘zga yirti kirmagan ko‘rish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotilishi bilan bog‘liq 
jarohatlar, ko‘zning I darajali kuyishi; 

bosh chanog‘ining miya chayqalishi bilan birgalikdagi yopiq yaralanishi; 

yuzning yumshoq to‘qimalarining tishlarning sinishi, burun suyaklarining 
yopiq sinishi. Burun qanotining qisman uzilib ketishi, quloq suprasining qisman 
uzilib ketishi, jag‘ning yopiq sinishi. 
Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalashning majburiy turi 
davlat 
majburiy sug‘urtasida sug‘urta qildiruvchining sug‘urta manfaatlarini sug‘urta 
qilishda namoyon bo‘ladi va mazkur sug‘urta turida shartnoma shartlari va tartibi 
tegishli Qaror bilan belgilab beriladi. 
2. 
Harbiy xizmatchilarni, qurolli kuchlar va harbiy flot faxriylarini, ularning 
oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish har qanday davlatning ijtimoiy siyosatida 
ajralmas qismlardan biri hisoblanadi. U harbiy kiyim kiygan shaxslarning ayrim 


90 
konstitutsion huquqlari chegaralanishi o‘rnini qoplashga yo‘naltirilgan chora-
tadbirlar tizimini ifodalaydi. Vatanni himoya qilish harbiy xizmatchilar hayoti va 
salomatligi uchun risk darajasining yuqori ekanligi bilan bog‘liq. Shu sababli 
dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ijtimoiy himoyaning sug‘urta kabi turi ko‘zda 
tutiladi. 
Harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligining davlat majburiy sug‘urtasi 
majburiy sug‘urta shakllaridan biri hisoblanadi. Sug‘urta qildiruvchining sug‘urta 
manfaatlari muayn sug‘urta turi ob’ektlaridan birini sug‘urta qilishda namoyon 
bo‘ladi. 
Qonun kuchi bilan amalga oshiriladigan sug‘urta majburiy hisoblanadi. 
Majburiy sug‘urta turlari, shartlari va tartibi mos keluvchi qonunlar bilan belgilab 
beriladi. 
Majburiy sug‘urtada aynan davlat, u yoki bu organlar timsolida, belgilangan 
fuqarolar toifalarining mulkiy manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha 
ishlarni tashkillashtiradi. Mazkur umumiy asoslarda sug‘urta ishining u yoki bu 
tarmog‘ida majburiylik tamoyiliga xizmat qiladigan qo‘shimcha maxsus omillar 
ham amal qiladi. Xususan, hayot va salomatlik majburiy davlat sug‘urtasida 
majburiylik tamoyili muhim ijtimoiy rol ham o‘ynaydi. Sug‘urta shartnomalarining 
katta qismi tomonlarning erkin xohish bildirishi asosida tuziladi: sug‘urta 
qildiruvchi sug‘urta shartnomasi tuzishga majbur emas, xuddi shuningdek, sug‘urta 
qiluvchi esa sug‘urta qildiruvchining risklarini qabul qilishni rad etish huquqiga 
ega. Biroq etkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash va bunda sug‘urta tashkilotining 
ishtirok etishi jamiyat manfaatlari ifodalaydigan hollarda tomonlarning erkinlik 
darajasi jiddiy cheklanishi mumkin. Bunda shartnoma tuzish huquqi o‘rniga 
sug‘urta qildiruvchida bu shartnomani imzolash majburiyati vujudga keladi.
Bu turdagi majburiyat paydo bo‘lishi faqat majburiy sug‘urta qilish tartibi va 
shartlarini belgilab beradigan maxsus qonunlarda ko‘zda tutilgan hollardagina 
o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. 
Harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish harbiy xizmatchilarning har qanday 
sharoitlarda, jumladan, ularning hayoti va salomatligi uchun risk yuqori bo‘lgan 
sharoitlarda barcha vazifalarni so‘zsiz bajarishi zarurligi bilan bog‘liq. Harbiy 
xizmatchilarga yuklatilgan vazifalarning oshkora xarakteri, shuningdek, xususiy va 
ommaviy manfaatlar muvozanati ta’minlash kabi konstitutsion tamoyilga rioya 
qilish zarurati shuni talab qiladiki, imtiyoz va kompensatsiyalarni kafolatlangan 
tarzda olish harbiy xizmatchilar huquqiy holatining tarkibiy qismi bo‘lishi lozim. 
Harbiy xizmatchilar hayoti va saloamatligi majburiy davlat sug‘urtasi 
tushunchasi tor, sug‘urta ma’nosida ham, keng – konstitutsion-huquqiy ma’noda 
ham ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Tor, sug‘urta ma’nosida bu – qonun kuchi bilan va sug‘urta qildiruvchi bilan 
sug‘urta qiluvchi (sug‘urta kompaniyasi) o‘rtasida tuzilgan O‘zbekiston Qurolli 
kuchlari harbiy xizmatchilarining hayoti va salomatligini sug‘urta qilish 
shartnomasi asosida, belgilangan hodisalar (sug‘urta holatlari) ro‘y berganda 
sug‘urta qiluvchi sug‘urta qildiruvchining sug‘urta qildiruvchiga federal 


91 
byudjetdan ajratiladigan sug‘urta badallaridan (sug‘urta mukofotlaridan) 
shakllantiriladigan pul fondi hisobiga amalga oshiriladigan sug‘urtadir 
Keng, konstitutsion-huquqiy ma’noda bu – O‘zbekiston Qurolli kuchlarining 
harbiy xizmatchilariga sug‘urta holati ro‘y berishi oqibatida sug‘urta qilingan 
shaxsning moddiy va (yoki) ijtimoiy holati o‘zgarishi oqibatlarini o‘rnini 
to‘ldirishi, jumladan, etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashi ko‘zda 
tutilgan boshqa to‘lovlar bilan birga davlat tomonidan kafolatlangan etkazilgan 
ziyonning o‘rnini to‘ldirish uchun to‘lovlar hajmidir. 
Sug‘urta munosabatlari sub’ektlari. Sug‘urta huquqiy munosabatlarining 
asosiy sub’ektlari sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi. Sug‘urta 
qiluvchi sug‘urta shartnomasida belgilab qo‘yilgan hodisalar ro‘y berganda 
sug‘urta qildiruvchi tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga sug‘urta to‘lovini amalga 
oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. 
Harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi majburiy davlat sug‘urtasi bilan 
shug‘ullanadigan sug‘urta qiluvchi sug‘urta faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha 
davlat organi tomonidan belgilangan olingan sug‘urta majburiyatlari moliyaviy 
ta’minlanganligini kafolatlaydigan moliyaviy ishonchlilik ko‘rsatkichlariga ega 
bo‘lishi lozim.
Sug‘urta qilingan shaxs bu – uning hayotida bevosita shaxs yoki uning 
hayotidagi voqea-hodisalar bilan bog‘liq sug‘urta holati ro‘y berishi lozim bo‘lgan 
shaxsdir (Shaxsiy sug‘urta). Hayot va salomatlik majburiy davlat sug‘urtasida 
sug‘urta qilingan shaxslar sifatida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy 
xizmatchilari ishtirok etadi. 
Foyda oluvchi bu – sug‘urta holati ro‘y berganda sug‘urta summasi olish 
uchun tayinlangan jismoniy shaxsdir. 
Sug‘urta summasi – sug‘urta qildiruvchiga yoki uni olish huquqiga ega 
bo‘lgan uchinchi shaxsga to‘lanadigan sug‘urta to‘lovi bo‘yicha sug‘urta 
qiluvchining majburiyatlari maksimal hajmining puldagi bahosidir. Bunda sug‘urta 
shartnomasida sug‘urta summasi sug‘urta qilishga qabul qilingan har bir risk 
bo‘yicha alohida yoki sug‘urta qiluvchining maksimal majburiyatlarini aniqlash 
uchun har bir sug‘urta holati bo‘yicha belgilanishi mumkin. Majburiy sug‘urtada 
sug‘urta summasi hajmi qonun bilan belgilanadi. 
Majburiy davlat sug‘urtasida Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Soliq 
Boshqarmasi xodimlari ham sug‘urtaga olinadi, ularga nisbatan ham xuddi harbiy 
xizmatchilar kabi har yili davlat byudjetidan 20 foiz miqdorida sug‘urta 
mukofotlari to‘lash orqali ijtimoiy himoyaga olinadilar. Sug‘urta hodisasi yuzaga 
kelganda Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Soliq Boshqarmasi xodimlari 
“O‘zbekinvest” EIMSK Toshkent shahar filialiga murojat etadilar hamda N1 – 
shakldagi 
anketani 
rasmiylashtiradilar. 
Ushbu 
shakldagi 
anketaning 
rasmiylashtirilishiga sabab sug‘urta kompaniyasi voqea sodir joyda 
qatnashmaganligi sababli, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Soliq Boshqarmasi 
xodimlari keltirilgan savollarga javob berish orqali sug‘urta hodisasining nima 
sababdan kelib chiqqanligini ifodalaydilar. 


92 
3. 
Hozirgi paytda harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish dunyoning ko‘plab 
mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lsada, turli shakllarga va qo‘llanish 
chegaralariga ega. NATO tashkilotiga a’zo bo‘lgan aksariyat mamlakatlari harbiy-
siyosiy rahbariyati harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-huquqiy mavqeiga va 
kafolatlariga rioya qilishni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishning nufuzi va jalb 
etuvchanligini saqlash, shuningdek, Shaxsiy tarkibning professional mahoratni 
oshirish va harbiy karerani davom ettirishdan manfaatdorligini rag‘batlantirishning 
majburiy sharti sifatida ko‘rib chiqadi. Xorijda harbiy xizmatchilarni ijtimoiy 
himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqishda, ayniqsa, salomatlikka ziyon etkazilgan 
hollarda jangovar vazifalarni bajarishda, jumladan, aksilterror faoliyatini amalga 
oshirishda salomatligiga ziyon etkazilgan harbiy xizmatchilarning muammolarini 
hal qilish ustuvor hisoblanadi. 
Shu nuqtai nazardan AQSH qurolli kuchlarida harbiy xizmatchilar hayoti va 
salomatligini sug‘urta qilishni tashkil qilish masalasi qiziqish uyg‘otadi. Rossiya 
uchun zamonaviy bosqichda erishish imkoni bo‘lmagan qo‘shinlar moddiy 
ta’minoti darajasini hisobga olgan holda harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi 
ijtimoiy himoya qilishni tashkil qilish va amalga oshirishga bu ikki xil 
yondashuvni taqqoslash foydadan xoli bo‘lmaydi. 
AQSH harbiy xizmatchilari hayoti va salomatligini sug‘urta qilishni tashkil 
qilish tamoyillarini ko‘rib chiqishda Rossiya harbiy xizmatchilarini sug‘urta 
qilishdan farqlab turadigan bir qator muhim xususiyatlarni aratib ko‘rsatish lozim. 
Amerika harbiylarini sug‘urta qilish AQSH Kongressi tomonidan qabul 
qilinadigan muayyan sug‘urta dasturlari doirasida amalga oshiriladi. 1919 yildan 
boshlab hozirgi kungacha AQSHda 8 ta sug‘urta dasturi mavjud bo‘lgan: 
- United States Government Life Insurance (USGLI) - 1919-1951 yy.; 
- National Service Life Insurance (NSLI) - 1940-1951 yy.; 
- Veterans’ Special Life Insurance (VSLI) - 1951-1956 yy.; 
- Veterans’ Reopened Insurance (VRS) - 1965-1966 yy.; 
- Service-Disabled Veterans Insurance (SDVI) - 1951 yildan boshlab hozirgi 
paytgacha; 
- Servicemembers’ Group Life Insurance (SGLI) - 1965 yildan boshlab 
hozirgi paytgacha; 
- Veterans’ Mortgage Life Insurance (VMLI) - 1971 yildan boshlab hozirgi 
paytgacha; 
- Veterans’ Group Life Insurance (VGLI) - 1974 yildan boshlab hozirgi 
paytgacha. 
Rossiyadan farqli ravishda, AQSHda harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish 
majburiy emas va doim ham davlat sug‘urtasi qo‘llanmaydi. Tadqiqot maqsadida 
yuqorida aytib o‘tilgan sug‘urta dasturlari o‘tkazishning retrospektiv tahlilini 
amalga oshiramiz. 
AQSH hukumati harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilishda ishtirok etish 
zaruratiga ilk bora birinchi jahon urushi davrida duch kelgan bo‘lib, o‘shanda 
davlatning harbiy harakatlar tufayli yuzaga keladigan sug‘urta risklarini qoplash 
zarurati vujudga kelgandi. AQSH Prezidenti Dj.Vilson AQSH neytraliteti haqida 


93 
e’lon qildi, lekin amerikalik tijorat savdo kemalari Germaniyaga qarshi urush olib 
borayotgan evropalik ittifoqchilarni harbiy texnika bilan ta’minlashda faol ishtirok 
etgan. Bu savdo kemalari egalari kemalarning halok bo‘lish riski juda yuqori 
bo‘lgan urush sharoitlarida katta riskni o‘z zimmasiga olishni istamagan ijorat 
sug‘urta kompaniyalari bilan dengiz sug‘urta shartnomalari tuza olmasdi. Bunday 
sharoitlarda AQSH Hukumati sug‘urta bilan o‘zi shug‘ullanishga majbur edi. 
AQSH Kongressi 1914 yilning 2 sentyabrida maxsus sug‘urta dasturi – harbiy 
harakatlar riskini sug‘urta qilish (War Risk Insurance Act) dasturini qabul qilgan 
bo‘lib, ushbu dastur ittifoqchilarni ta’minlayotgan savdo kemalari uchun dengiz 
risklaridan sug‘urta qilishni ta’minlagan. Hukumat AQSHda eng faol sug‘urta 
qildiruvchiga aylandi. 
1917 yil Amerika Germaniyaga qarshi urushga kirishdi. Tez orada, 1917 
yilning 12 iyunida AQSH Kongressi Hukumat sug‘urta dasturiga o‘zgarishlar 
kiritgan bo‘lib, ularga ko‘ra harbiy ta’minotni amalga oshirishda ishtirok etadigan 
savdo floti dengizchilarining barchasini Shaxsiy sug‘urta qilish joriy qilingan. 
1917 yilning 6 oktyabrida unga harbiy xizmatchilarni ham sug‘urta qilish bilan 
bog‘liq o‘zgarishlar kiritildi. Birinchi jahon urushi yillari davomida 4 mln. dan 
ortiq sug‘urta polisi berildi. 
1919 yil AQSH Kongressi Qo‘shma SHtatlar Hukumatining hayotni sug‘urta 
qilish haqida Dasturini (United States Government Life Insurance - USGLI) qabul 
qildi. Ushbu dastur birinchi jahon urushi davomida berilgan polislar bo‘yicha va 
urushdan keyin berilgan polislar bo‘yicha sug‘urtani ta’minlagan. Ushbu Dastur 
1951 yilning 25 apreligacha amal qilgan. USGLI Dasturi sug‘urta polislari 
sohiblari ushbu Dastur yakunlangan va ular harbiy xizmatdan ketganidan so‘ng 
ham sug‘urta hmioyasi huquqini saqlab qoldi. Bugungi kunda bunday sug‘urta 
polislaridan hali 20000 tasi amal qilmoqda, ular bo‘yicha sug‘urta qilinganlarning 
o‘rtacha yoshi esa 81 yoshni tashkil qiladi. USGLI sug‘urta polislari bo‘yicha 
sug‘urta qoplami maksimal summasi – 10 ming doll. 
Hayotni sug‘urta qilish milliy servis dasturi (The National Service Life 
Insurance - NSLI) AQSH Kongressi tomonidan 1940 yil 8 oktyabrda qabul qilindi. 
Uning maqsadi Qo‘shma Shtatlar tomonida harakat qilgan ikkinchi jahon urushi 
faxriylari va fuqaro qatnashchilari uchun sug‘urta himoyasini ta’minlash 
hisoblangan. Dasturni amalga oshirish davrida, 1940 yildan 1951 yilgacha, to 1951 
yil 25 aprelda dastur yopilgunga qadar 22 mln. dona NSLI polisi chiqarildi. 
Hozirgi kunda 1 mln. 900 dona polis amal qilayotgan bo‘lib, ular bo‘yicha sug‘urta 
qilinganlarning o‘rtacha yoshi 74 yoshni tashkil qiladi. Polislar bo‘yicha maksimal 
sug‘urta qoplami – 10 ming doll. Biroq bu sug‘urta qilinganlarga, ayniqsa, yillik 
dividendlar bilan taklif etilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha sug‘urtani o‘z ichiga 
olmaydi. 
1951 yil Koreya urushi qatnashchilari – harbiy xizmatchilar va xizmat 
ko‘rsatuvchi fuqaro personalni sug‘urta qilish dasturi. Bu urushda ishtirok etgan 
harbiy xizmatchilar Shaxsiy xarajatlarsiz, AQSH Hukumati hisobiga butun xizmat 
davriga sug‘urta qilindi. Amalga oshirilgan maxsus sug‘urta dasturi Servicemen's 
Indemnity – xizmatchilarni ko‘rgan zararni qoplash (kompensatsiyalash) nomini 


94 
oldi va 10 ming doll. miqdorida maksimal sug‘urta qoplamini taqdim etdi. U 
qurolli kuchlar safidan chiqqandan so‘ng 120 kun davomida sug‘urta himoyasini 
ko‘zda tutgan. Xizmatdan yaqinda bo‘shatilgan faxriylar (necha yoshdagi 
ekanligidan qat’i nazar AQSHda barcha xizmatdan ketgan harbiy xizmatchilar 
faxriylar deb ataladi - B.C.) hukumat hisobiga sug‘urta muddatini uzaytirib 
beradigan Faxriylar hayotini sug‘urta qilish maxsus Dasturi (Veterans Special Life 
Insurance - VSLI) bo‘yicha ham shartnoma tuzilari mumkin bo‘lgan. 
50-yillarning boshlarida tijorat sug‘urta kompaniyalari AQSH Huumatini 
uning faxriylar hayoti uchun sug‘urta dasturlari bilan birgalikda sug‘urta bozorida 
jiddiy raqobatchi sifatida ko‘rib chiqa boshladilar va hayotni sug‘urta qilish 
bo‘yicha hukumat dasturlarini chegaralaydigan qonun loyihalarini Kongressda 
ilgari surish va himya qilishga kirishdilar. Natijada 1956 yilning oxiriga kelib 
VSLI dasturi yopildi. 
1964 yil AQSH Kongressi 1940 yildan 1956 yilgacha bo‘lgan davrda olingan 
NSLI va VSLI sug‘urta polislariga ega bo‘lgan faxriylar uchun takroran, 1965 yil 1 
maydon 1966 yil 2 maygacha – bir yil davomida hayotni sug‘urta qilish Hukumat 
dasturi bo‘yicha sug‘urta qildirish huquqini ko‘zda tutadigan qonun qabul qildi. 
228 mingga yaqin polis berildi. Bugungi kunda takroriy sug‘urta polislariga ega 
bo‘lgan faxriylar soni 90 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Takroriy sug‘urta polislari 
bo‘yicha sug‘urta maksimal qoplami – 10 ming doll. 
1965 yil berilgan Xizmatchilar hayotini sug‘urta qilish Dasturi (SGLI) 
amaldagi harbiy xizmatchilar va zaxiradagilar hayotini sug‘urta qilish bo‘yicha 
sug‘urta mukofoti maqbul keladigan hajmi bilan tavsiflanadi. Ushbu dasturning 
amal qilishi Vetnam urushi qatnashchilarini Shaxsiy sug‘urta qilishni tashkil qilish 
bilan boshlandi. Ushbu dasturga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri shundaki, uning 
asosida birgalikda sug‘urta qilish yotadi. AQSH Hukumati harbiy xizmatchilarni 
sug‘urta qilishda xususiy sug‘urta tizimi bilan birgalikda ishtirok eta boshladi. 
Bunday birgalikda sug‘urta qilishdan maqsad – tijorat sug‘urta kompaniyasida 
sug‘urta polisi xarid qilishda ochiqroq, osonroq olish mumkin bo‘lgan sug‘urta 
taklif qilishir. Ushbu polis bo‘yicha AQSH hukumati sug‘urta kompaniyasiga 
harbiy xizmat bilan bog‘liq risklar bo‘yicha sug‘urta badallarining bir qismini 
to‘alydi. Qolgan barcha risklar harbiy xizmatchilarning maoshidan ushlab 
qolinadigan sug‘urta badallari bilan to‘lanadi. 
AQSHda harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilardan tashqari qurolli 
kuchlar faxriylariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Maxsus ular uchun ikkita 
sug‘urta dasturi ishlab chiqildi: 1971 yil – Faxriy hayotini sug‘urta qilish garovi 
Dasturi - Veterans’ Mortgage Life Insurance (VMLI), va 1974 yil – Faxriylar 
guruhi hayotini sug‘urta qilish - Veterans’ Group Life Insurance (VGLI). Faxriylar 
uchun sug‘urta dasturlari o‘ziga xos qolgan umrni sug‘urta qilish bo‘lib, bunda 
muayyan yoshga (masalan, 65 yosh) etgach yoki layoqatsizlik holatida sug‘urta 
summasi yillik dividendlar ko‘rinishida to‘lab boriladi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, 
AQSHda harbiy xizmatchilarni Shaxsiy sug‘urta qilish klassik sug‘urta turiga 
mansub. Harbiy xizmatchi xususiy sug‘urta kompaniyalardan birida sug‘urta polisi 


95 
xarid qilib, kelishilgan miqdorda o‘z hayotini sug‘urta qilishi qilishi (sug‘urta 
shartnomasi tuzishi) mumkin. Bunda uning o‘zi foyda oluvchilarni tayinlaydi va 
ushbu sug‘urta polisining bir qismini to‘laydi. Harbiy xizmatchining o‘lim holatida 
eng tarqalgan maksimal sug‘urta qoplami 10 ming dollardan 50 ming 
dollargachani tashkil qiladi. 
Qo‘shma Shtatlar sug‘urta amaliyotida harbiy xizmatchilar maoshidan 
sug‘urta kompaniyasining hisobraqamiga o‘tkaziladigan oylik sug‘urta badali 
qaror topgan. Oylik sug‘urta badali miqdori sug‘urta polisi qanchalik maksimal 
sug‘urta himoyasiga mo‘ljallangani va qaysi sug‘urta dasturi bo‘yicha amal 
qilishiga bog‘liq. Masalan, ilgari sug‘urta himoyasi maksimal summasi 50 ming 
dollar bo‘lganda AQSH Xukumatining ishtirokidagi dastur bo‘yicha harbiy 
xizmatchining sug‘urta badali 4 dollarni tashkil qilgan. 
Hozirgi paytda AQSHda 5 mln.dan ortiq harbiy xizmatchilar va qurolli 
kuchlar faxriylari sug‘urta dasturlari bilan qamrab olingan. Bu 2003 yilning 1 
iyulidan boshlab AQSH harbiy xizmatchilari uchun hayotni sug‘urta qilish asosiy 
Dasturi - Servicemembers' Group Life Insurance (SGLI) bo‘yicha asosiy oylik 
badal miqdorini kichraytirishga imkon berdi. «1000 dollar miqdorida sug‘urta 
qoplami uchun oylik badal 8 sentda 6,5 sentgacha tushirildi. Maksimal 250 ming 
doll. miqdordagi sug‘urta qoplami uchun oylik sug‘urta badali 20 dollardan 16 
dollar 25 sentgacha tushirildi». 
Rossiyalik harbiy xizmatchilar salomatlikka etkazilgan ziyonning harbiy 
xizmat majburiyatlarini bajarish bilan, harbiy xizmat omillari bilan bog‘liq yoki 
bog‘liq emasligidan qat’i nazar sug‘urta himoyasiga ega bo‘ladi. SGLI dasturida 
ishtirok etadigan amerikalik harbiy xizmatchilar uchun esa harbiy sabablar (war 
cause) bilan, ya’ni harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish bilan bog‘liq ravishda 
yuzaga kelgan hodisalar sug‘urta holati hisoblanadi. 
AQSH va Rossiya harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish tizimlarining qisman 
o‘xshashligi davlatning sug‘urta qiluvchi idoralarga sug‘urta mukofotlarini 
qoplashda ishtirok etishi bilan asoslanadi. Biroq agar rossiyalik harbiy xizmatchilar 
uchun bu ishni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi har yili amalga 
oshiradigan bo‘lsa, AQSH Mudofaa vazirligi faqat harbiy xizmatchi xizmat 
majburiyatlarini ijro etish paytida halok bo‘lgan hollarda amalga oshiradi. SHunda 
harbiy xizmatchining oila a’zolari ular o‘lim holatiga qadar to‘lab borgan sug‘urta 
badallari miqdoridan qat’i nazar to‘liq sug‘urta summasini oladi. Sug‘urta 
badallarining qolgan summasini AQSH hukumati to‘laydi. SHunga e’tibor qaratish 
kerakki, harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan har 
qanday kasallik oqibatlari sug‘urta holati hisoblanmaydi va ular bo‘yicha sug‘urta 
summasini to‘lash amalga oshirilmaydi. 
AQSH harbiy xizmatchilarni Shaxsiy sug‘urta qilish tizimida sug‘urta 
summasini to‘lashning bir necha xil varianti mavjud. Halok bo‘lgan harbiy 
xizmatchining bevasi o‘zining sug‘urta summasiga egalik huquqini ikki usul bilan 
amalga oshirishi mumkin: butun summani birdaniga olish (butun summaga chek 
daftarchasi beriladi) yoki 2 yil davomida alohida har oylik to‘lovlar bilan olish. 


96 
Sug‘urta pulini to‘lash harbiy xizmatchining halok bo‘lgani va uning foyda 
oluvchilari haqida barcha zarur hujjatlar taqim etilganidan so‘ng amalga oshiriladi. 
Hozirgi paytda AQSHda harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligini sug‘urta 
qilish dasturlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi 99 ta sug‘urta 
kompaniyalari va tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Asosiy sug‘urta kompaniyalari 
quyidagilar hisoblanadi: Metropolitan Life, The Prudential of America, 
Connecticut General Life, Northwester Mutual Life, Armed Forces Benefit 
Association (AFBA) va boshqalar. Nomi aytib o‘tilgan kompaniyalarning 
ayrimlari sug‘urta biznesida katta stajga ega bo‘lib, ko‘p sonli sug‘urta 
mahsulotlaridan tashqari boshqa moliyaviy xizmatlarni ham taklif qilgan holda 
harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish bilan o‘n yilliklar davomida shug‘ullanib 
kelmoqda. Masalan, AFBA (qurolli kuchlarga ko‘maklashish Assotsiatsiyasi) 1947 
yilning 1 fevralida AQSH mudofaa vaziri G.Patterson va qurolliy kuchlar bosh 
qo‘mondoni general A.Eyzenxauerning yordami bilan ta’sis etilgan. Assotsiatsiya 
o‘z ishini chet elda xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligini 
sug‘urta qilishdan boshlagan. Assotsiatsiyaning missiyasi harbiy xizmatchilarning 
ushbu toifasini sug‘urta himoyasini nafaqat urush paytida, balki tinchlik davrida 
ham ta’minlashdan iborat edi. 1947 va 1948 yillar davomida AFBA sug‘urtani 
barcha harbiy xizmatchilarga nisbatan joriy qildi va hozirgi paytga kelib, AFBA 
sug‘urta polisi barchamaldagi harbiy xizmatchilardan tashqari zaxiradagilar, 
faxriylar, qurolli kuchlarning fuqarolar tarkibidan bo‘lgan personali, shuningdek, 
boqimandalar uchun ham ochiqdir. 1989 yilning mart oyida AFBA moliya 
xizmatlari Kompaniyasi tashkil qilindi. Ushbu Kompaniya iste’fodagi ofitserlardan 
iborat bo‘lgan o‘zining Direktorlar Boshqarmasi tomonidan boshqariladi. 1990 yil 
AFBA moliya xizmatlari Kompaniyasining filiali sifatida AFBA Bank (Kolorado 
shtatida davlat industrial banki) ta’sis etildi. Bank mamlakatdagi eng ishonchli 
banklardan biri sifatida baholanadi. 
Hukumat sug‘urta dasturlarini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha 
barcha ishlar bilan Filadelfiyadagi sug‘urta Markazi va Faxriylar bo‘limining 
mintaqaviy ofisi shug‘ullanadi. Ular bevosita quyidagilar uchun javob beradi: 
- sug‘urta badallarini to‘plash; 
- polislar bilan ishlash (manzilni o‘zgartirish, ssuda berish, pulga 
almashtirish); 
- layoqatsizlik va o‘lim holatlarida sug‘urta to‘lovlari; 
- aktuar hisob-kitoblar; 
- sug‘urta dasturlarining bajarilishi tahlil qilish. 
Filadelfiyadagi sug‘urta xizmati shuningdek, SGLI va VGLI dasturlarini ham 
nazorat qiladi. Ushbu dasturlar bo‘yicha hayotni sug‘urta qilish polislari The 
Prudential of America sug‘urta kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Polislar 
AQSH qurolli kuchlarining barcha harbiy xizmatchilari, zaxiradagilar va 
faxriylarga nisbatan amal qiladi. sug‘urta dasturlaridan tashqari, AQSHda harbiy 
xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun boshqa ko‘plab dasturlar, chunonchi, 
tibbiy, ta’lim va madniy dasturlar ham amalga oshiriladi. 


97 
Buyuk Britaniya qurolli kuchlarida baxtsiz hodisalardan ko‘ngilli sug‘urta 
qilishdan tashqari, Shimoliy Irlandiyada terrorchilik xurujlari oqibatida jarohat 
olgan va mayib bo‘lgan harbiy xizmatchilar uchun sug‘urta to‘lovlari ham ko‘zda 
tutiladi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin