131
vakolatli organi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.
31
Cug‘urta tashkilotlarida asosiy daromad va xarajatlar hisobi o‘ziga xosligi
bilan farq qiladi. Sug‘urtani amalga oshirish,
qonunchilikda man etilmagan
boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish natijasida hisob raqamiga kelib tushgan pul
mablag‘larining jami uning daromadi hisoblanadi.
Sug‘urta tashkiloti daromadlarini guruhlashning turli variantlari mavjud.
Ular ichida manbalarga ko‘ra, olingan daromadlarni uch guruhga bo‘lishga
asoslangan variant keng qo‘llaniladi (1-chizma):
a) sug‘urta faoliyatidan olingan daromadlar. Sug‘urta operatsiyalarini
amalga oshirishdan olingan daromadlar sug‘urtachi daromadlarining asosiy manbai
hisoblanadi.Bu daromadlarning asosiy qismi sug‘urta shartnomalari bo‘yicha
undirilgan mukofotlar hisobiga shakllantiriladi. Sug‘urta
tashkilotining mukofot
tushumlari hajmiga sug‘urta majburiyatlari portfelining tarkibi va tuzilishi,
tarif
siyosati, marketing strategiyasi hamda boshqa qator omillar o‘zaro bog‘liqlikda
ta’sir etadi.
31
Insurance: Principies and Practice.
Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institut, Great
Britain,1993, 350 pg
132
1-chizma
Sug‘urta tashkilotlari daromadlarining
manbalari va tarkibi
Masalan, ishlab chiqilgan marketing strategiyasini unga mos bo‘lgan tarif
siyosatisiz amalga oshirib bo‘lmaydi, o‘z navbatida, muvaffaqiyatli amalga
oshirilgan marketing strategiyasi sug‘urta portfeli balanslashuvini ta’minlaydi va
aksincha.
Sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlariga bozor kon’yunkturasi,
inflyasiya sur’ati, me’yoriy
qonunchilik bazasi, amaldagi soliqqa tortish tizimi,
sug‘urta bozorining monopollashganlik darajasi,
kredit foizi dinamikasi,
mamlakatdagi ijtimoiy himoyaning holati va boshqa qator omillar ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
YUqorida sanab o‘tilgan omillar ta’sirining qandayligidan qat’iy nazar
amaliyotda sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlari oqimi ortishi yoki
kamayishi hodisasi kuzatiladi.
O‘zaro kelishuv shartnomasiga muvofiq sug‘urta tashkiloti sug‘urta
riskining ma’lum ulushi bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu jarayonda
u sug‘urta operatsiyalarini birgalikda sug‘urtalash mexanizmi orqali sug‘urta
mukofotining mos bo‘lgan qismi o‘z hisobiga o‘tkazilishidan ham daromad olishi
mumkin.
Sug‘urta tashkilotining yana bir daromad manbai qayta sug‘urta
tizimida
qatnashish orqali mukofotlar ulushini undirishdir. Bu ulushning qanday kattalikda
bo‘lishi qayta sug‘urtalashning rivojlanganlik darajasi, unga bo‘lgan talab, qayta
sug‘urtalovchilarning kasbiy etukligi kabi omillar hamda birlamchi sug‘urta
Dostları ilə paylaş: