1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja


-MAVZU:  SUG’URTA TASHKILOTI FAOLIYATINI



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   222
Суғурта иши (3)

16-MAVZU: 
SUG’URTA TASHKILOTI FAOLIYATINI 
BYUDJETLASHTIRISH
 
REJA: 
 
1. Sug‘urta faoliyatini byudjetlashtirishda anderrayterning roli 
2. Anderraytingda riskni boshqarish 
3. Sug‘urtada anderrayting siyosati 
Anderrayter –
turli risklarni sug‘urtalash vakolatiga ega, sug‘urta 
kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug‘urta kompaniyasini sug‘urta 
portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug‘urta shartnomalarini tuzish, 
risklarni baholash va sug‘urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli 
malakaga ega bo‘lishi zarur; potensial mijozlarga sug‘urta polisini sotish bilan 
shug‘ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug‘urta sohasi bo‘yicha yuqori 
darajada maslahat xizmatlarni ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. 
Anderrayter siyosati- sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi takliflarni ko‘rib 
chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida xulosalar 
chiqarishga qaratilgan siyosat. 
Sug‘urta haqidagi ariza shakli sug‘urtalanuvchini sug‘urta qoplamalari taqdim 
etilishi shartlari haqida qaror qabul qilishi uchun zarur axborotlar bilan 
ta’minlanishida muhim rol o‘ynaydi. 
Agar sug‘urtaga hamma risklarni qabul qilish jarayoni oddiy va to‘siqlarsiz 
bo‘lganda edi, ariza shakllarini to‘ldirish uchun, ehtimol ehtiyoj ham qolmas edi. 
Binobarin, ariza va polis orasidagi oraliq bo‘g‘in ham mavjud va biz uni 
“anderrayting”- sug‘urtaga qabul qilish deb ataymiz. Anderraytingning vazifalari 
quyidagilar hisoblanadi: 


125 
-sug‘urtaga ilova qilinadigan hamma risklarni baholash; 
-ushbu riskni sug‘urta qilish maqbulmi yo‘qligini hal qilish; 
-qoplashning muddatlari, shartlari va miqdorini belgilash; 
-mukofot miqdorini hisoblab chiqish. 
Biz shu erda anderrayting prinsiplari borasida to‘xtalamiz va uning sug‘urta 
biznesining turli sohalarida qo‘llanishi bilan bog‘liq amaliy tafsilotlarni 
chuqurlashtirmaymiz. 
Xavflari. Sug‘urtaning birinchi vazifasi sug‘urlanuvchi sug‘urta qildirmoqchi 
bo‘lgan riskni baholash hisoblanadi. Risk xavfi va ta’sir etuvchi omillar farqlanadi. 
Xavf-bu bevosita yo‘qotishlarga olib keluvchi hodisa, masalan, to‘qnashuv, 
yong‘in, o‘g‘irlik. Ta’sir etuvchi omil esa-bu risklarning boshlanishi (kirib kelish) 
chastotasiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yoki aniq risk oqibatidagi og‘irlik 
bo‘lgan omildir. 
SHu tarzda, biz anderraytar risk xavfini baholash zarur deya olamiz. Ta’sir 
etuvchi omillarning ikki turini hisobga olish zarur: moddiy va nomoddiy omillar 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin